Sayidov Malikjon Temirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tekislikdagi suv omborlarining yuqori b`efida o‘zan jarayonlarini bashoratlash (Tuyamo‘yin suv ombori misolida)», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T133.

Ilmiy rahbar: Ismagilov Xamidulla Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Bozorov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor; Jonqobilov Ulug‘murot Umbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: suv omborlarining yuqori b`efida o‘zan jarayonlarini o‘rganish hamda bashoratlash va hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

suv omborida oqim sathi nishabligini hisoblash usuli suv harakatining xususiyatini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;

cho‘kindi zarrachalarining harakat traektoriyasini hisoblash usuli o‘zanning turli kesimini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;

loyqalikni hisoblash usuli o‘zanning o‘rtacha chuqurligi, eni va o‘zanda uzunlik bo‘yicha suv sathi nishabligining o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;

suv ombori yuqori b`efining o‘zan deformatsiyasi bo‘yicha ko‘milishning sonli qiymati loyqalikni hisoblash usuli asosida aniqlangan;

o‘zan jarayonlarni bashoratlash va hisoblash usuli o‘zanda uzunlik bo‘yicha cho‘kindi zarrachalarining harakat traektoriyasi va loyqalikning o‘zgarishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tekislikdagi suv omborlarining yuqori b`efida o‘zan jarayonlarini bashoratlash bo‘yicha olingan tadqiqotlar natijalari asosida:

o‘zandagi suv omborlari quyilish qismida cho‘kindilarining oqim uzunligi bo‘yicha o‘zgarishini hisoblashning takomillashtirilgan usullari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga kiruvchi Quyi-Amudaryo ITXB, Amudaryo havzasi suv xo‘jaligi birlashmasiga qarashli gidrotexnik inshootlarda joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 12 sentyabrdagi 04/30-1118-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarining quyilish qismidagi daryo o‘zanidagi loyqa cho‘kindilarning o‘zan uzunligi bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash usulini takomillashtirish orqali o‘zanning ko‘milishini aniqlash imkoni yaratilgan;

suv omborining quyilish qismida daryo o‘zani deformatsiyasini baholashni hisoblashning takomillashtirilgan usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Xorazmsuvloyiha”, “Qoramazi-Qilichboy” ITBga qarashli inshootlar va Tuyamo‘yin gidrouzelida joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 12 sentyabrdagi 04/30-1118-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida suv omborining yuqori b`efi hamda daryo qirg‘og‘i bo‘yida joylashgan aholi manzillari va er maydonlarini suv toshqinlaridan saqlashning oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish