Xamraqulov Zafarjon Yigitalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq farovonligini ta’minlashda faol investisiyalarning o‘rni (ijtimoiy-falsafiy tahlil)»: 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal398.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qambarov Abdumutal Ahadjonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq farovonligini ta’minlashda faol investisiyalarning progressiv ahamiyati va uning o‘ziga xos jihatlarini ijtimoiy-falsafiy asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholining turmush darajasi farovonlikning tashqi (moddiy ta’minlanganlik), ichki (oila, baxt, muvaffaqiyat), jismoniy (sog‘liq) kabi uch stimuli bilan o‘zaro proporsional shaklda rivojlantirish davlatning real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi pragmatik siyosatdagi ko‘p qirrali substansiyalar ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
xalq farovonligini ta’minlash ijtimoiy farovon davlat infratuzilmasining institutsional tizimlari, konstruktiv atributlari hamda determinizmini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar ekanligi isbotlangan;
xalq farovonligi va faol investisiyalar dinamikasi, ikki vektorli daromadni ortib borishi va inson salohiyatini rivojlanishining akmeologik jihatlari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishni ta’minlashning keng qamrovli vositasi ekanligi asoslangan;
investisiyalarni iqtisodiyot tizimlarida autsorsing tizimi orqali faollashtirish inson kapitali dinamikasining o‘sib borishini ta’minlashi, differensial ravishda davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining ratsionallashuviga, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning korrelyasion rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq farovonligini ta’minlashda faol investisiyalarning o‘rni bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
aholining turmush darajasi farovonlikning tashqi va ichki stimullari bilan bog‘liq holda fuqarolar turmush darajasi sifatining oshib borishiga, iqtisodiy barqarorlik, kafolatlangan ijtimoiy ta’minot hamda ijtimoiy munosabatlar bilan dialektik aloqadorligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yildagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi fundamental grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-2486-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ijtimoiy farovon turmush tarzini yuksaltirish bilan bir qatorda davlatning real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi ko‘p qirrali pragmatik siyosati samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
xalq farovonligini ta’minlashning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlari mamlakatdagi infratuzilmalarning institutsional tizimlari hamda konstruktiv atributlari determinizmini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar ekanligi asosida yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2021 yilda Yoshlar Ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashining «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturi ijrosini amaliyotga tatbiq etishga doir loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 29 martdagi 04-13/577–son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlar bilan jonli muloqotlarini kengaytirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etgan holda ijtimoiy farovon davlat infratuzilmasining institutsional tizimlari rivojlantirishga xizmat qilgan;
xalq farovonligi va faol investisiyalar dinamikasining ikki vektorli progressiv harakati funksiyalari yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirishi, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»da nazarda tutilgan xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan amalga oshirishga mo‘ljallangan rejalarning ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2898-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaratish, mehnat omillarining iqtisodiyotga ta’siri va farovonlikning ortib borishi fonida inson salohiyatini rivojlanishining akmeologik jihatlari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishni ta’minlashning keng qamrovli vositasi sifatida namoyon bo‘luvchi inson salohiyatining o‘sib borishiga xizmat qilgan;
investisiyalarni iqtisodiyot tizimlarida autsorsing tizimi orqali faollashtirish inson kapitali dinamikasining o‘sib borishini ta’minlashi, differensial ravishda davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining ratsionallashuviga, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning korrelyasion rivojlanishiga olib kelishiga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona viloyati tumanlarida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 13 apreldagi 11/03-15-2898-son ma’lumotnomasi). Natijalar tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida rivojlantirishning afzalliklari haqidagi tasavvurlari kengayishiga, aholi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning korrelyasion rivojlanishiga olib kelishiga xizmat qilgan.