Nurjanov Sabit Uzakbaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston davriy matbuoti tarixi (1924-1953 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxati olingan raqam: B2021.3.DSc/Tar16.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shamsutdinov Rustambek Shamsutdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaeva Yaxshibeka Atamuratovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 1924-1953 yillarda Qoraqalpog‘istonda davriy matbuotning shakllanish va rivojlanish tarixi, uning sovet hokimiyati siyosatini axborot va mafkuraviy jihatdan ta’minlashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda gazeta ishini rivojlantirish jarayoni aholining ommaviy ongi va dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazish va modellashtirish, sovet hukumatining repressiv siyosatini axborot-targ‘ibot jihatdan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishning kuchli vositasi sifatida an’anaviy qoraqalpoq jamiyatining mavjud tizimini transformatsiya qilishga qaratilgan agressiv tashviqot-targ‘ibot kompaniyani amalga oshirish amaliyoti bilan bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston davriy matbuoti kuchli senzura sababli sovet hokimiyati ideologemalarini ommaviy ongga kiritish va jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilish uchun faol foydalanilgan targ‘ibot va tashviqot vositasi sifatidagi roli ochib berilgan;
1920-1930-yillarda shakllangan mahalliy nashrlar klub-kutubxona ishini rivojlantirish, mahalliy faollarning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va dinga qarshi targ‘ibotni kuchaytirishga qaratilgan nuqtai nazar, munosabat, stereotiplar, obrazlar va xulq-atvor patternlarining axborot bosimi vositasi sifatida sovet-partiya apparati markaziy nashrlarining targ‘ibot usullarini aynan takrorlaganligi asoslangan;
1950-yillardagi Qoraqalpog‘iston matbuoti sahifalarida madaniyat va ma’naviy sohani rivojlantirishning g‘oyaviy asoslarini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy masalalar ocherk, maqola partiya va sovet rahbarlari, yetakchi madaniyat arboblarining nutqlari shaklida taqdim etilganligi, gazetalar ilmiy bilimlar va tarixiy ma’lumotlarni ommaviylashtiruvchi sifatida faoliyat yuritganligi aniqlangan;
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Qoraqalpog‘iston matbuotining respublikadagi madaniy jarayonlarning  rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan g‘oyaviy va adabiy diskurs, ya’ni adabiyotning g‘oyaviy izchilligi yo‘nalishidagi faoliyati oqibatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston davriy matbuoti tarixi va uning sovet hukumatining siyosiy-mafkuraviy kampaniyalarini amalga oshirishdagi rolini har tomonlama o‘rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ommaviy ongi va dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazish va modellashtirish, sovet hukumatining repressiv siyosatini axborot-targ‘ibot jihatdan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishning kuchli vositasiga aylanib, an’anaviy qoraqalpoq jamiyatining mavjud tizimini transformatsiya qilishga qaratilgan agressiv tashviqot-targ‘ibot kampaniyani amalga oshirish amaliyoti bilan bevosita bog‘liq ekanligi bilan bog‘liq natijalardan F1-FA-0-19794 FA-F1-G001 «Qoraqalpog‘iston jahon madaniyati kontekstida. Amudaryoning quyi oqimidagi shahar va shahar madaniyati tarixiy istiqbolda» nomli fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 17 noyabrdagi 351-son ma’lumotnomasi) Natijada Qoraqalpog‘istonda 1930-1950 yillardagi qatag‘onlar, urushdan qoraqalpoq jamiyatida transformatsiya jarayonlarining nazariy masalalari ochib berilgan;
Qoraqalpog‘iston davriy matbuotning sovet hokimiyati ideologemalarini ommaviy ongga kiritish va jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilish uchun faol foydalanilgan targ‘ibot va tashviqot vositasi sifatida rol` o‘ynaganligiga oid natijalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2012-2014 yillarda A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammolari» amaliy loyihasining amalga oshirilishi jarayonida foydalanilgan (2021 yil 15 dekabrdagi 15-sonli ma’lumot). Natijada sovet hukumatining Qoraqalpog‘istondagi ommaviy kampaniyalarini axborot-mafkuraviy qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish, uni tashviqot va targ‘ibot vositasi ochib berilgan;
1920-1930 yillarda shakllangan mahalliy nashrlar klub-kutubxona ishini rivojlantirish, mahalliy faollarning o‘zini o‘zi tarbiyalash va dinga qarshi targ‘ibotni kuchaytirishga qaratilgan nuqtai nazar, munosabat, stereotiplar, obrazlar va xulq-atvor patternlarining axborot bosimi vositasi sifatida sovet-partiya apparati markaziy nashrlarining targ‘ibot usullarini aynan takrorlaganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarix va madaniyat davlat muzeyida o‘lkaning davriy nashrlari tarixiga bag‘ishlangan ekspozisiya materiallarini tashkil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 2-03/1883-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari muzeyga tashrif buyuruvchilarda 1930-1950 yillardagi qatag‘on qurbonlarini bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
1950-yillardagi Qoraqalpog‘iston matbuoti sahifalarida madaniyat va ma’naviy sohani rivojlantirishning g‘oyaviy asoslarini shakllantirishda ijtimoiy-madaniy masalalar ocherk, maqola partiya va sovet rahbarlari, yetakchi madaniyat arboblarining nutqlari shaklida taqdim etilganligi, gazetalar ilmiy bilimlar va tarixiy ma’lumotlarni ommaviylashtiruvchi sifatida faoliyat yuritganligi xususidagi xulosadan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining ijtimoiy-siyosiy dasturlar Bosh tahririyati tomonidan tayyorlangan «Tarixiy tulg‘alar», «Әdilliktiң kayta tiklenio‘i» televizion axborot-ma’rifat ko‘rsatuvlarida, «Fan va ta’lim», «Tariyximizdi үyrenemiz» radioeshittirishlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 dekabrdagi 01-02/61-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi tomoshabinlarda matbuotning qatag‘onlik, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish, sovet hukumatining siyosiy-iqtisodiy kampaniyalarining muhim vositasi sifatida qatnashganligi bo‘yicha qarashlarini kengaytirish imkonini bergan;
Ikkinchi jahon urushdan keyingi davrda Qoraqalpog‘iston matbuotining respublikadagi madaniy jarayonlarning yanada rivojlanishiga g‘oyat salbiy ta’sir ko‘rsatgan g‘oyaviy va adabiy diskurs sifatida faoliyat ko‘rsatishining xarakteriga oid natijalaridan «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasining 95 yilligi va «Vesti Karakalpakstana» gazetasining 100 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini tashkillashtirish va nashrlarini chop etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi «Erkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti Karakalpakstana» gazetalari tahririyatining 2021 yil 14 dekabrdagi 125-son ma’lumotnomasi). Natijada 1930 yillar boshida ommaviy gazetalarning qoraqalpoq tilida paydo bo‘lishi, jurnalistlar va gazeta xodimlari faoliyatini yangicha qarashlar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish