Musulmonova Kamola Husniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va metodlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter’ lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2 PhD/Fil.1905.
Ilmiy rahbar: Mengliev Bahtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Matluba Xamzaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Xuriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri sifatida lingvistik ekspertologiya mohiyatini asoslash hamda aynan o‘zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertiza uchun zarur bo‘lgan tilshunoslik nazariyasi va lisoniy mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertizaning siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasi, nomlanish bo‘yicha lingvistik ekspertiza, noverbal nutqiy vositalar lingvistik ekspertizasi singari turlarining lingvistik, yuridik, ekspertologik mezonlari mavjudligi dalillangan;
haqorat mazmunidagi konfliktli matnlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish jarayonida lingvist-ekspert asoslashi zarur bo‘lgan lingvistik va mutaxassis malakasiga tayaniladigan holatda ekstralingvistik huquqiy jihatlar farqlangan va ularning yaxlitligi dalillangan;
matn muallifini aniqlash bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar qo‘lyozma matnlar muallifi, muayyan intellektual mulk badiiy, ilmiy, publisistik asar muallifi, anonim hamda o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq xatlar muallifi mazmuniy umumiylikka ega ekanligi asoslangan;
o‘zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilishda mavjud muammoli vaziyat muallifni tiklash, plagiatlik holatini aniqlash, reklama va haqorat mazmunli matnlar bo‘yicha xulosa berishda lingvistik xususiyatlarga muvofiq ekspertiza qilishning metodologik asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
lingvistik va ekstralingvistik omillar qardosh turkiy tillar qatorida o‘zbek tili matnlarida lingvistik ekspertiza o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan lingvistik tadqiqotlar sirasida ilmiy-ta’limiy jarayonga tatbiq etish yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 3 avgustdagi 17-01/122-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik tadqiq obekti sifatida konfliktli matnlarni tasniflash tamoyillari takomillashtirilgan;
lingvistik ekspertizaga doir terminlarni fanga olib kirish, konfliktli matnlardagi noadabiy leksik, grammatik va fonetik unsurlarni aniqlash metodlari yuzasidan xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada to‘liqsiz gaplarning nutqiy voqelanishida pragmatik omillarning o‘rni va rolini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 04/1-1998-son ma’lumotnomasi). Natijada sud ekspertiza, lingvistik ekspertizaning matn avtorizatsiyasi bilan bog‘liq holatlarida shaxs identifikatsiyasini ifodalovchi inson fe’l-atvoriga oid terminlar loyihani boyitish uchun xizmat qilgan;
muammoli yozma matnlar muallifini aniqlashda lingvistik ekspertiza asosiy vositalardan biri ekanligini ilmiy asoslash va tasdiqlash, muallifi noma’lum yozishmalar muallifini aniqlash mezonlarini aniqlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha xulosalardan o‘zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertizaning siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasiga oid xulosalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “ Til, lison, nutq munosabati” deb nomlangan 2-paragrafida mustaqil o‘qish uchun berilgan “Tilga zo‘rovonlik yoki mashhur lingvistik jinoyatlar” nomli maqolada, “Lisoniy ziddiyat va uning turlari” deb nomlangan 6-paragrafda ziddiyatli holatlarni bayon etishda dissertatsiyaning 1- va 3-boblari xulosalaridan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 20 oktyabrdagi 04/1-1972-son ma’lumotnomasi). Natijada lisonoy ziddiyatni fniqlash va uning mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;
shaxs nutqining o‘ziga xos xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasasi 2021 yil 8 oktyabrdagi 01-13-1594-son ma’lumotnomasi). Natijada linvistik ekspertizaning mohiyati, turli konfliktlig matnlarni ekspertiza qilish, shaxs nutqini ekspertiza qilish asoslari va zarurati keng jamotchilik e`tiboriga taqdim etilgan;
matn muallifini aniqlash bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar:qo‘lyozma matnlar muallifi, muayyan intellektual mulk badiiy, ilmiy, publisistik asar muallifi, anonim hamda o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq xatlar tahlili kabi ma’lumotlardan 2021 yil 18 oktyabr` kuni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugunning gapi” ko‘rsatuvida dasturlar ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasi 2021 yil 18 oktyabrdagi 01-16/201-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy tilshunoslik va sud-huquq tizimida yangilik sifatida lingvistik ekspertizaning mohiyati, amaliy ahamiyati, vazifalari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni masalalari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka etkazilgan.