Mirzaliev Ulug‘bek Begmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tarixiy-demografik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida, 1956-2020 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar284.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Raxbar Hamidovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Halimovich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1956–2020 yillarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yuz bergan tarixiy-demografik jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mirzacho‘lda o‘zlashtirilgan erlarga Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona vodiysidan mahalliy aholini ko‘chirib keltirish orqali ishsizlikni oldini olish rejalashtirilgani, biroq, iste’mol suvining sho‘rligi, erning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi, tomoraqada ishlash imkonining yo‘qligi, sizot suvlari yuqoriligi sababli aholi orasida o‘pka sili, onkologik, yurak - qon tomiri kabi kasalliklarning ko‘payib ketganligi yillar o‘tishi bilan ko‘chib kelgan aholini ma’lum qismini qaytib ketishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan; 
1963 yilda sotsialistik xo‘jasizlik bilan ilmiy isbotlanmagan holda ko‘p harajat sarflangan Yangi er shahrining viloyat markazi sifatida tanlanganligi, biroq bu erdan o‘tgan shamol yo‘li shahar infratuzilmasiga jiddiy ta’sir etganligi, natijada viloyat poytaxti Gulistonga ko‘chirilganligi dalillangan;
Jizzax viloyati tog‘oldi hududlarda joylashganligi sababli o‘rtacha umr ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada yuqori o‘rinda turganligi, cho‘l hududida joylashgan Sirdaryo viloyati o‘rtacha umr ko‘rsatkichi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinda turganligi natijasida aholi soni bo‘yicha ham Sirdaryo viloyati respublikada muntazam oxirgi o‘rinda bo‘lib kelganligi dalillangan; 
XX asrning oxiriga kelib mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan rus, ukrain, qozoq, qirg‘iz millat vakillarining o‘z vatanlariga ko‘chib ketishi natijasida hududda malakali mutaxassislarga, xususan muhandis, xirurg vrach, til o‘qituvchilari kabilarga ehtiyoj sezilib, bu viloyat demografik manzarasiga ta’sir etganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1956-2020 yillarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari misolida O‘zbekistondagi tarixiy–demografik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 1956–2020 yillardagi tarixiy–demografik jarayonlarga, Mirzacho‘lda o‘zlashtirilgan erlarga Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona vodiysidan mahalliy aholini ko‘chirib keltirish orqali ishsizlikni oldini olish rejalashtirilgani, biroq, iste’mol suvining sho‘rligi, erning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi, tomoraqada ishlash imkonining yo‘qligi, sizot suvlari yuqoriligi sababli aholi orasida o‘pka sili, onkologik, yurak - qon tomiri kabi kasalliklarning ko‘payib ketganligi yillar o‘tishi bilan ko‘chib kelgan aholini ma’lum qismini qaytib ketishiga sabab bo‘lganligiga oid  ma’lumotlardan Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi ekspoziyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 01–12–03–2253-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar mazkur davrni faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tarixiy demografiyasini faoliyatini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
XX asrning 60-90 yillari va mustaqillik yillarida Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga aholining ko‘chib kelishi va respublikadan tashqariga migratsiyasiga oid natijalar, shuningdek 1963 yilda sotsialistik xo‘jasizlik bilan ilmiy isbotlanmagan holda ko‘p harajat sarflangan Yangi er shahrining viloyat markazi sifatida tanlanganligi, biroq bu erdan o‘tgan shamol yo‘li shahar infratuzilmasiga jiddiy ta’sir etganligi, natijada viloyat poytaxti Gulistonga ko‘chirilganligi kabi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Mavzu” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 5 avgustdagi 02-40-748-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi tarixiy-demografik jarayonlar va iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga oid tarixiy jarayonlar, teletomoshabinlarga ta’sirli etkazilib, bugungi obod va farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining tashkil topishi va bu hududda bo‘z erlarni o‘zlashtirish natijasida aholini majburiy-ixtiyoriy ko‘chirish siyosati, shuningdek XX asrning oxiriga kelib mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridan rus, ukrain, qozoq, qirg‘iz millat vakillarining o‘z vatanlariga ko‘chib ketishi natijasida hududda malakali mutaxassislarga, xususan muhandis, xirurg vrach, til o‘qituvchilari kabilarga ehtiyoj sezilib, bu viloyat demografik manzarasiga ta’sir etganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 02-40-888-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi tarixiy-demografik o‘zgarishlar, migratsiya jarayonlarining hududiy jihatlari tahlil qilinib, bu teletomoshabinlarga bugungi kundagi islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqurroq bilish va anglashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish