Qarshiev Komiljon Abdikarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamol Kamol she’riyatida janrlar va shakllar rang-barangligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1336.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Umurova Guzal Hotamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamol Kamol ijodining janrlar va shakllar rang-barangligi, yetakchi poetik xususiyatlari, o‘ziga xoc adabiy-ectetik tamoyillari, an’ana va novatorligi, individual uslub qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamol Kamol she’riyati aruz vaznidagi g‘azal, ruboiy, tarona, qasida, fard, masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, doston kabi barqaror qonuniyatli, barmoq va erkin vaznga mansub ijtimoiy, intim, hajviy, bag‘ishlov mazmunidagi o‘zgaruvchan qolipga ega janrlar va shakllarga aloqadorligi aniqlangan;
shoir ijodida mavzu, vazn xilma-xilligi, qofiya, radif, refren(tarje’li) misra, turoq, turkum va she’riy san’atlardagi tashbeh, talmeh, tajohuli orifona, irsolu masal kabi milliy an’analarning davomiyligi asoslangan;
Jamol Kamol she’riyatida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti va ijtimoiy davrdan oziqlanish natijasida zamzama, sakkizlik, badiha, bebokcha, muxammas kabi janrlarning vujudga kelganligi ochib berilgan;
shoir dostonlarida real voqelik va hayolot olamining uyg‘unlik kasb etganligi, lirik, epik va dramatik turlarning transformatsiyalashuvi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamol Kamol she’riyatida janrlar va shakllar rang-barangligini tadqiq etish va mazkur muammoning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish, ilmiy-amaliy natijalarini belgilash asosida:
shoir she’riyatida aruz vaznidagi g‘azal, ruboiy, tarona, qasida, fard, masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, doston kabi barqaror qonuniyatli, barmoq va erkin vaznga mansub ijtimoiy, intim, hajviy, bag‘ishlov mazmunidagi o‘zgaruvchan qolipga ega janrlar va shakllarga aloqadorligi, she’riy san’atlardagi milliy an’analarning davomiyligi, genezisi, lingvopoetik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 28 sentyabrdagi 61/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishining mumtoz adabiyot an’analarining hozirgi she’riyatga ko‘chishi, janrlar barhayotligi, universal she’r badiiyati bilan bog‘liq tomonlarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
shoir she’riyatida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti va ijtimoiy davrdan oziqlanish natijasida zamzama, sakkizlik, badiha, bebokcha muxammas kabi janrlarning vujudga kelganligi kabilarning o‘rganilishidan olingan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 9 oktyabrdagi 17-01/289-son ma’lumotnomasi). Natijada, she’riyatda milliy an’anaviylik masalasini janr tarkibi va tabiati bilan bog‘lab, qiyosiy-tipologik jihatdan ilmiy-nazariy yoritish imkoniyati yaratilgan;
Jamol Kamol dostonlaridagi real voqelik va hayolot olamining uyg‘unlik kasb etganligi, lirik, epik va dramatik turlarning transformatsiyalashuvi kabilardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limining she’riyat va adabiy tanqid kengashlarida, uyushma qoshidagi “Saodat” ijodiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 01-03-/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlar adabiy jarayon haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.