Kurbanova Zemfira Ibragimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoqlarning an’anaviy kiyim-kechaklari (XIX asr oxiri - XX asr)”,  07.00.07 – Etnografiya, etnologiya, antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxati olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar40.
Ilimiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ballieva Ruza Ballievna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zununova Gul`chexra Shavkatovna, tarix fanlari doktori; Gyul` El`mira Fatxlbayanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Faxrutdinov Rail` Ravilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoqlarning XIX asr oxiri - XX asrdagi an’anaviy kiyim­kechaklarini kompleks tarzda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
iqlim sharoitlari va xo‘jalik yuritish xususiyatlariga moslashgan oldi ochiq tipdagi shapan, shekpen, ton, ishik va yopiq tipdagi dѳңgelek jag‘a kѳylek, qizlar ko‘ylagi, bolalar kiyimi: iyt kѳylek, kүrte kab kiyim-kechaklar turlari va shakllarining rivojlanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari hamda asosiy xo‘jalik tarmoqlarini yuritishning kompleks xarakteri bevosita ta’sir etganligi ochib berilgan;
qoraqalpoq ayol va erkak kiyimlari majmuasining Markaziy Osiyo xalqlarining shapan, shѳgirme, etik kabi kiyim turlari va xorazm o‘zbeklarining shunday kiyimlari, qoraqalpoq ayollar kiyimi jegde va o‘zbekcha paranji hamda turkmancha chirpi kiyim-kechaklariga o‘xshashligi va ayollar bosh kiyimi kiymeshek, ayollar to‘ni ishik, kѳk kѳylek kabi farqli jihatlari aniqlangan;
dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik faoliyatiga oid materiallarni aniqlashga yordam beradigan etnik markerlar sifatida an’anaviy kiyimlar tikishda torqa o‘simlik matosidan foydalanish, qizil-nilufar va qizil-ko‘k rangdagi chiziqli naqshli rangli matodan ustki kiyim tikishda foydalanish, yosh holatini belgilovchi marker sifatidagi qizil va ochiq rangdagi bosh kiyimlar tayyorlash kabi texnologiyalari aniqlangan;
qoraqalpoq ayollarining әrebek, xәykel kumush taqinchoqlardan foydalanishi, chaqaloqlarning bosh kiyimlariga taqiladigan turli  buyumlar, bolalarga to‘rtta tumoqli bosh kiyim kiydirish, ko‘kyo‘talni davolashda kѳk kѳylek yamog‘idan foydalanish, ayollarning farzandsizlikdan qutulishi uchush qirq ko‘ylak kiyib yurishi kabi ilohiy, magik xususiyatlari haqidagi tasavvurlari ochib berilgan;
zamonaviy kiyim namunalarida qo‘llaniladigan an’anaviy bichim tamoyillari, qo‘lda tikilgan bezaklar, kiyimlarni an’anaviy bezatish usullari, kiyimlar qismlariga naqsh solish kabi milliy kiyim-kechaklar elementlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq milliy kiyim-kechaklarini tadqiq etishdan olingan natijalardan asosida: 
XX asr mobaynida qoraqalpoqlarning an’anaviy libosidagi transformatsiya jarayonlari, qoraqalpoq ayollarining әrebek, xәykel kumush taqinchoqlardan foydalanishi, chaqaloqlarning bosh kiyimlariga taqiladigan turli  buyumlar, bolalarga to‘rtta tumoqli bosh kiyim kiydirish, ko‘kyo‘talni davolashda kѳk kѳylek yamog‘idan foydalanish, ayollarning farzandsizlikdan qutulishi uchush qirq ko‘ylak kiyib yurishi kabi ilohiy, magik xususiyatlari haqidagi tasavvurlari kabi natijalar “Qoraqalpog‘iston tarixi (1991-2015 yy.)” nomli amaliy loyiha doirasida sovet davrida xalqning madaniy hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan bo‘limlarni ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limining 2020 yil 8 iyundan 10-01/48-son ma’lumotnomasi). Natijalar an’anaviy kiyim-kechaklarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni o‘rnatish bilan bog‘liq tabiiy jarayon bo‘lib, o‘zga madaniyatlarning elementlarini kiritish, kiyimlarni yangi shakllar bilan to‘ldirish kabi jihatlarni aks ettirgan;
XIX-XX asrlarda qoraqalpoqlar libosining majmuaviy asosi, iqlim sharoitlari va xo‘jalik yuritish xususiyatlariga moslashgan oldi ochiq tipdagi shapan, shekpen, ton, ishik va yopiq tipdagi dѳңgelek jag‘a kѳylek, qizlar ko‘ylagi, bolalar kiyimi: iyt kѳylek, kүrte kab kiyim-kechaklar turlari va shakllarining rivojlanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari hamda asosiy xo‘jalik tarmoqlarini yuritishning kompleks xarakteri bevosita ta’sir etganligi aniqlangan ma’lumotlar I.V. Saviskiy nomli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyining qoraqalpoq milliy-amaliy san’ati ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (I.V. Saviskiy nomli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyining 2019 yil 20  martdagi 2-04/525-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar xalqning an’anaviy madaniyatini, qoraqalpoqlar kiyim-kechaklarini tasniflash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
qoraqalpoq ayol va erkak kiyimlari majmuasining Markaziy Osiyo xalqlarining shapan, shѳgirme, etik kabi kiyim turlari va xorazm o‘zbeklarining shunday kiyimlari, qoraqalpoq ayollar kiyimi jegde va o‘zbekcha paranji hamda turkmancha chirpi kiyim-kechaklariga o‘xshashligi va ayollar bosh kiyimi kiymeshek, ayollar to‘ni ishik, kѳk kѳylek kabi farqli jihatlari xususidagi ma’lumotlar “Durdona” ko‘rsatuvida (“Qoraqalpoq erkaklarining an’anaviy kiyimi” turkum ko‘rsatuvlarida  “Erkaklarning an’anaviy bosh kiyimlari”, “An’anaviy ayollar liboslari ko‘k ko‘ylak kѳk kѳylek”, “Qizlar bosh kiyimlari” - “Sәo‘kele”, “Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari” - “Aq jegde” nomli ko‘rsatuvlarda) hamda Qoraqalpoq televideniyasining “Assalam Qaraqalpaqstan” teleko‘rsatuvi doirasida foydalanilgan (Qoraqalpoqston Respublikasi Teleradiokompaniyasi 2021 yil 28 apreldagi 01-02/229-son  ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuvlar xalqning boy ma’naviy merosini targ‘ib etish, kiyim-kechaklar bilan bog‘liq bo‘lgan an’ana va urf-odatlarni o‘rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etgan;
an’anaviy kiyim-kechaklarni tadqiq etish bo‘yicha ma’lumotlardan Berdaq nomli Qoraqalpoq davlat akademik musiqali drama teatrida sahna manzaralari va liboslarning ishonchliligini talab qiladigan spektakllar uchun kiyim-kechaklar eskizlari yaratishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Akademik musiqali teatrining 2021 yil 3 maydagi 2-03/877-son ma’lumotnomasi). Natijalar, dekoratsiyalar, kiyim-kechaklar qahramonlarning tavsifnomasi va ularning ijtimoiy mavqeini, davrning o‘ziga xosligi va xarakterini ko‘rsatuvchi ishonchli manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish