Kurbaniyazova Zamira Kalbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped275.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Musurmonova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqova Shohida Marhaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi maktab, oila, mikrosotsium, turli toifadagi bolalar bilan ishlashga doir ijtimoiy-pedagogik funksiyalarning integrativlik darajasini qat’iy belgilash, diagnostik, kommunikativ, tashkiliy kabi malakalar doirasini an’anaviy va aralash ta’lim sharoitida kengaytirib borishning taksonomik arxitektonikasini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
psixologik-pedagogik bilimlarning fundamentalligi tamoyiliga ustuvorlik berish asosida “Ijtimoiy pedagogika” submodulining bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir mantiqiy, semantik, gnoseologik imkoniyatlari ijtimoiy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning asosiy sohalarining (oila, ijtimoiy ta’lim va tarbiya, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya, ijtimoiy himoya) determinantligini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir kommunikativ vaziyatlarni yaratish mexanizmi ob’ektivlik (idrok etish, tushunish, faoliyatni tahlil etish) va sub’ektivlikka (o‘z-o‘zini idrok etish, o‘z-o‘zini tushunish, shaxsiy tajribasini tahlil qilish) yo‘naltirilgan situativ ta’limning aralash o‘qitish bilan identivligini riskologik tayyorgarlik bilan ichki integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonlar kvazikasbiy faoliyatning formal va informal shakllarini nazariy-amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi elektron-metodik ta’minotni yaratish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning didaktik modeli o‘quv materiallarini yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish (Replacement), elektron resurslardan foydalanish orqali an’anaviy ta’limni tashkil etish (Supplemental), elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish (Emporium), individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va elektron o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish (Buffet) modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini maktab, oila, mikrosotsium, turli toifadagi bolalar bilan ishlashga doir ijtimoiy-pedagogik funksiyalarning integrativlik darajasini qat’iy belgilash, diagnostik, kommunikativ, tashkiliy kabi malakalar doirasini an’anaviy va aralash ta’lim sharoitida kengaytirib borishning taksonomik arxitektonikasini loyihalash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish hamda 5110900 – Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 89-03-5181-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
psixologik-pedagogik bilimlarning fundamentalligi tamoyiliga ustuvorlik berish asosida “Ijtimoiy pedagogika” submodulining bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir mantiqiy, semantik, gnoseologik imkoniyatlarini ijtimoiy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning asosiy sohalarining determinantligini empirik baholash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Pedagogika teoriyası” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-045-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy tarbiyani tashkil etishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga doir kommunikativ vaziyatlarni yaratish mexanizmini ob’ektivlik va sub’ektivlikka yo‘naltirilgan situativ ta’limning aralash o‘qitish bilan identivligini riskologik tayyorgarlik bilan ichki integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5A111701 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik kompetentlik” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son bo‘yrug‘i, 237-160-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning kommunikativ komponentini takomillashtirishga xizmat qilgan;
aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik jarayonlarni kvazikasbiy faoliyatning formal va informal shakllarini nazariy-amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi elektron-metodik ta’minotini yaratishning pedagogik algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Baslawısh tálim pedagogikası, innovaciya hám integraciyası” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-161-raqamli guvohnoma). Natijada, aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning didaktik modelini o‘quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish, elektron resurslardan foydalanish orqali an’anaviy ta’limni tashkil etish, elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida auditoriyada va elektron o‘qitishga doir mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish modellarini milliy kredit-modul` tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5A111701 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi uchun “Pedagogik kompetentlik” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son bo‘yrug‘i, 237-160-raqamli guvohnoma). Natijada, aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga xizmat qilgan