Karlibaev Makset Abdibaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “XVIII-XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda islom: tarixiy, ijtimoiy, etnik va genealogik kontekstlar”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.07 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxati olingan raqam: B2020.1.DSc/Tar11.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kamalov Sabir Kamalovich, tarix fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi; Babadjanov Baxtiyar Miraimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor; Davletov Sanjarbek Radjabovich, tarix fanlari doktori, professor; Beknazarov Raxim Agibaevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom dini va diniy muassasalarning qoraqalpoqlarning ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rni, ijtimoiy kommunikatsiyaning tarixiy shakllariga ta’siri hamda individuumlarning kundalik modellarini shakllantiruvchi ijtimoiy va konfessional omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islom dinining XVIII-XX asr boshlarida ruhoniylar vakillarini jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga safarbar etgan, jamiyatning ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olgan faol ijtimoiy kuch sifatida xalqning an’anaviy munosabatlarini siqib chiqarmasdan, uning yagona identikligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etganligi ochib berilgan;
qoraqalpoqlar islom madaniyatining tarqalishi va mustahkamlanishida arxeografik ekspedisiya materiallari, arab imlosidagi qo‘lyozmalar va qadim kitoblar kolleksiyalari kabi kitobiy merosning xalq yozma madaniyatining rivojlanishidagi, savodxonlikning tarqalishidagi ijobiy roli, xalq yozma adabiyotining, uning variativligi, etnofol`klor rivoyatlar va mumtoz islom kitobiy an’analarining o‘zaro uyg‘unlashganligi ko‘rsatib berilgan;
qoraqalpoqlarda XVIII - XX asr boshlarida masjid, madrasa, mozor kabi diniy muassasalarning paydo bo‘lish jarayonida muhim o‘rin tutgan personaliya, rahnamolik, homiylik singari omillar ochib berilgan;
qoraqalpoqlar diniy (kul`t) inshootlari (uyshik, devor, sag‘ana, gumbaz)ning qurilishida qo‘llanilgan mahalliy me’moriy xususiyatlar islomgacha bo‘lgan va islomiy an’analari sintezi namunalari asosida shakllanganligi dalillangan;
qoraqalpoqlar orasida eshonlar ijtimoiy tarmoqlarining, ma’naviy-ma’rifiy markazlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishida jamiyat diniy axloqining muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII – XX asr boshlarida qoraqalpoqlarda islom: tarixiy, ijtimoiy, etnik va genealogik kontekctlar mavzusida olingan ilmiy natijalar asosida:
islom dinining XVIII-XX asr boshlarida ruhoniylar vakillarini jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga safarbar etgan, jamiyatning ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olgan faol ijtimoiy kuch sifatida xalqning an’anaviy munosabatlarini siqib chiqarmasdan, uning yagona identikligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etganligi ga oid natijalaridan PZ-20170915198 - “Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” amaliy loyihasining “XX asr boshlarida qoraqalpoq jamiyatining an’anaviy qadriyatlari va dunyoni idrok etishi”, “XX asr oxiri – XXI asr boshlarida qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy-tarixiy amaliyot va olamni etnomadaniy his etish” kabi paragraflarini yozishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 7 avgustdagi 226/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat rivojlanishining ma’naviy-ahloqiy asoslarining tarixiy-madaniy kontekstini anglash imkoniyatini bergan;
qoraqalpoqlar islom madaniyatining tarqalishi va mustahkamlanishida arxeografik ekspedisiya materiallari, arab imlosidagi qo‘lyozmalar va qadim kitoblar kolleksiyalari kabi kitobiy merosning xalq yozma madaniyatining rivojlanishidagi, savodxonlikning tarqalishidagi ijobiy roli, xalq yozma adabiyotining, uning variativligi, etnofol`klor rivoyatlar va mumtoz islom kitobiy an’analarining o‘zaro uyg‘unlashganligi yuzasidagi natijalaridan PZ-20170915198 - “Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” amaliy loyihasining “XX asr boshlarida qoraqalpoq jamiyatining an’anaviy qadriyatlari va dunyoni idrok etishi”, “XX asr oxiri – XXI asr boshlarida qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy-tarixiy amaliyot va olamni etnomadaniy his etish” kabi paragraflarini yozishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 7 avgustdagi 226/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoqlar orasida yozma meros, uning etnofol`klor variativligi (rivoyatlar va klassik adabiy asarlar), ularda o‘z davridagi madaniy kontekst to‘g‘risida tasavvur shakllantirilgan;
qoraqalpoqlarda XVIII - XX asr boshlarida masjid, madrasa, mozor kabi diniy muassasalarning paydo bo‘lish jarayonida muhim o‘rin tutgan personaliya, rahnamolik, homiylik singari omillarga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi kinodasturlari bosh tahririyati tomonidan tashkil etilgan “Sulton Vays bobo” hujjatli fil`mini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 avgustdagi 01-02/427-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tatbiqi Respublika telekanalida moddiy-madaniy merosni targ‘ib etishda, hududda ichki (ziyorat) turizmning rivojlanishida amaliy ahamiyat kasb etgan;
qoraqalpoqlar diniy (kul`t) inshootlari (uyshik, devor, sag‘ana, gumbaz)ning qurilishida qo‘llanilgan mahalliy me’moriy xususiyatlar islomgacha bo‘lgan va islomiy an’analari sintezi namunalari asosida shakllanganligiga oid yangilikdan “Eshon qal’a” tarixiy-madaniy majmuasiga asos solingan sananing aniqlanishi va boshqa tarixiy-taxliliy xulosalar asosida Kegeyli tumanidagi “Eshon qal’a” tarixiy-madaniy majmuasi xalqaro turistik yo‘nalish xaritasiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport va turizm bo‘yicha bosh boshqarmasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 02-11/04-676-son ma’lumotnomasi). Bu xalqning moddiy-madaniy merosini saqlash va undan targ‘ib qilish maqsadida foydalanish imkonini bergan;
qoraqalpoqlar orasida eshonlar ijtimoiy tarmoqlarining, ma’naviy-ma’rifiy markazlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishida jamiyat diniy axloqining muhim ahamiyat kasb etganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston tarixi» kanalida «Qoraqalpoq diyori», «Moziydan sado» ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan («O’zbekiston telekanali» davlat muassasasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 4040-1503-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar tatbiqi ko‘rsatuv ssenariysida islomning xalq madaniy-konfessional kodlarini o‘zida aks ettirishi, uning siyosiy va etnik konformizmini saqlashga yordam berishi kabi g‘oyalari aks ettirilgan.