Kaypnazarov Aynazar Shernazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr oxiri-XXI asr boshida Janubiy Orolbo‘yidagi ekologik holat va uning muammolari (Qoraqalpog‘iston misolida)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar757.
Ilmiy rahbar: Saribaev Maman Qtaybekovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Davletov Sanjarbek Rajapovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri – XXI asr boshida Janubiy Orolbo‘yidagi ekologik holat va uning oqibatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida XX asrning ikkinchi yarmida o‘sib borayotgan sanoat ehtiyojlarini qoplash uchun ekstensiv yo‘lni tanlagan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda qarama-qarshilik natijasida ekologik inqirozning yuzaga kelishi asrlar davomida shakllangan iqtisodiy jarayonlarning izdan chiqishiga olib kelganligi dalillangan;
XX asrning ikkinchi yarmida mintaqada tabiiy resurslardan foydalanishda tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sir me’yorlarining ekologik nomutanosibligi, davlat me’yorining ko‘payishi natijasida tabiiy resurs va xom ashyo manbalariga bo‘lgan talablarning ortib ketganligi dalillangan;
mustaqillik yillaridagi Orol ekologik inqirozi muammosining qayta radikal o‘zgarishlar davrini, mintaqadagi ekologik tizimni yaxshilash va Orol ofati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, almashlab ekishni jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarni etishtirishda kompleks mexanizatsiya va intensiv texnologiyalarni joriy etish kabi chora-tadbirlar kompleks tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi ochib berilgan;
mintaqaga investisiyalarning jalb qilinishi, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla va ovullarda turmush sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari Janubiy Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish hamda mineral resurslarni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyat bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib:
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida XX asrning ikkinchi yarmida o‘sib borayotgan sanoat ehtiyojlarini qoplash uchun ekstensiv yo‘lni tanlagan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda qarama-qarshilik natijasida ekologik inqirozning yuzaga kelishi asrlar davomida shakllangan iqtisodiy jarayonlarning izdan chiqishiga olib kelganligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining tabiiy resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan aloqalarni va investisiyalarni kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 fevraldagi 02/18-1-297-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin bo‘lgan;
XX asrning ikkinchi yarmida mintaqada tabiiy resurslardan foydalanishda tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sir me’yorlarining ekologik nomutanosibligi, davlat me’yorining ko‘payishi natijasida tabiiy resurs va xom ashyo manbalariga bo‘lgan talablarning ortib ketganligi, mustaqillik yillaridagi Orol ekologik inqirozi muammosining qayta radikal o‘zgarishlar davrini, mintaqadagi ekologik tizimni yaxshilash va Orol ofati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, almashlab ekishni jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarni etishtirishda kompleks mexanizatsiya va intensiv texnologiyalarni joriy etish kabi chora-tadbirlar kompleks tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi bo‘yicha xulosalar  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga bag‘ishlangan tarixshunoslik bibliografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 02/03-267-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tarixiy rivojlanishning asosiy tendensiyalarini hisobga olgan holda, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida ilmiy va amaliy bilimlarni rivojlanishiga xizmat qilgan; 
mintaqaga investisiyalarning jalb qilinishi, muhandislik va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla va ovullarda turmush sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari Janubiy Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish hamda mineral resurslarni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilganligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraqalpoq teleradiokompaniyasi tomonidan hozirgi Yangilanayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi, shuningdek, keyingi Orol ofatini yumshatish va barqaror rivojlantirish masalalari mohiyati va maznunini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 dekabrdagi 01-02/638-son ma’lumotnomasi). Natijada bu munosabatlar hozirgi zamon tarixiy rivojlanishning asosiy tendensiyalarini hisobga olgan holda, kelajak avlodga ekologik bilim va madaniyat tarixini o‘rganishda ilmiy va amaliy bilimlarga hissa qo‘shish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish