Kabulov Saulat Tolibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston Respublikasida V1 darajasidagi o‘quvchilarga rus tilini o‘qitishda keys-texnologiyalaridan foydalanish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2253.
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildarxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidjalalova Sayyora Mirsadikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida V1 darajaga ega o‘quvchilar uchun rus tilini o‘qitish keys-texnologiyasini ishlab chiqish, nutq sub’ektlarining yoshi, ma’lumoti, savodxonlik darajasi bilan bog‘liq ustuvor xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarga rus tilini o‘rgatishda rus va qoraqalpoq tillaridagi sinonimik qatorlarning o‘zaro nisbati va lakunarligi, nutqda frazeologik birliklar qo‘llanilishining ekvivalentligiga erishish yo‘llari aniqlanib, rus va qoraqalpoq tillari mustaqil va xizmatchi so‘z turkumlarining paradigmalari va grammatik kategoriyalari belgilangan;
o‘quvchilarga rus tilini o‘rgatishda o‘quv dasturining faqat bir mavzusini emas, balki mavzuli bo‘limini o‘rganish maqsadida keyslarni yiriklashtirish samaradorligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining V1 darajali o‘quvchilariga rus tilini keys-texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasi besh bosqichdan iborat keyslarni echishning invariant tizimini kiritish orqali takomillashtirilgan;
V1 darajali o‘quvchilariga rus tilini o‘rgatish keys texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning nutqiy va mustaqil sermahsul fikrlash ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan tizimlilik, kommunikativlik, vaziyatlilik va onglilik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi V1 darajaga ega o‘quvchilarga rus tilini o‘qitish keys texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy, metodologik va amaliy natijalar asosida:
o‘quvchilarga rus tilini o‘rgatishda rus va qoraqalpoq tillaridagi sinonimik qatorlarning o‘zaro nisbati va lakunarligi, nutqda frazeologik birliklar qo‘llanilishining ekvivalentligiga erishish yo‘llari aniqlanib, rus va qoraqalpoq tillari mustaqil va xizmatchi so‘z turkumlarining paradigmalari va grammatik kategoriyalari belgilanganligiga oid taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 01-01/09-4694-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarining 10-11 o‘rta va katta sinf o‘quvchilarida rus tili nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni samaradorligi oshirilgan;
o‘quvchilarga rus tilini o‘rgatishda o‘quv dasturining faqat bir mavzusini emas, balki mavzuli bo‘limini o‘rganish maqsadida keyslarni yiriklashtirish samaradorligiga oid xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazidagi malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun “2.2. Rus tili va adabiyotini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Hududiy markazining 2021 yil 21 oktyabrdagi 240-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslari tinglovchilarining kasbiy kompetensiyalari takomillashtirilgan va zarur kasbiy kompetensiyalar shakllantirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining V1 darajali o‘quvchilariga rus tilini keys-texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasi besh bosqichdan iborat keyslarni echishning invariant tizimini kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid yangilik 2021 yil 9 va 23 iyul` kunlari Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Xabar” axborot dasturi, “Ta’lim va fan” radioeshittirishlarida qo‘llanililgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 01/02/492-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirish dasturlari mazmuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘qitish muammosi bo‘yicha yangi ekspert xulosalar bilan boyitilgan;
V1 darajali o‘quvchilariga rus tilini o‘rgatish keys texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning nutqiy va mustaqil sermahsul fikrlash ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan tizimlilik, kommunikativlik, vaziyatlilik va onglilik prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligi bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniy markazida kurs tinglovchilari uchun “master-klass” o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniy markazining 2021 yil 21 oktyabrdagi 06-03/21-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Rus Madaniy markazida o‘tkaziladigan rus tili kurslari tinglovchilarining rus tili bo‘yicha tayyorgarlik darajasi sezilarli darajada oshgan.