Meyliev Akmal Xushvaqtovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan bug‘doyning yangi navlarini yaratish hamda boshlang‘ich urug‘chiligini tashkil etish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Qx180.
Ilmiy maslahatchi: Amanov Oybek Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: kuzgi qattiq bug‘doyning «Nasaf» navi (NAP 00299), «Zilol» navi (NAP 00298), kuzgi yumshoq bug‘doyning «Ravon» navi (NAR 00288). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 3 noyabrdagi 01-11/2745-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon koleksiyasidan turli ekologik-geografik guruhlarga mansub nav va namunalari asosida bug‘doyning zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bug‘doy navlarini yaratish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor janub mintaqalari sharoitida xalqaro IKARDA, SIMMIT tashkilotlaridan keltirilgan jahon genofondida saqlanayotgan bug‘doy navlarini zamburug‘li kasalliklarga bardoshliligi aniqlangan;
sariq, qo‘ng‘ir zang va un-shudring kasalliklariga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning Ravon navi, qattiq bug‘doyning Nasaf va Zilol navlari yaratilgan;
genetik kelib chiqishi uzoq bo‘lgan mahalliy va xorijdan keltirilgan ota-ona shakllarni tanlash, duragaylash, duragay avlodlarda qimmatli-xo‘jalik belgilarini fenotipik yuzaga chiqishi hamda belgi va xususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;
zamburug‘li kaslliklarga bardoshli hosildor, yuqori don sifatini o‘zida mujassamlashtirgan ashyolar yaratilgan;
lalmikor maydonlar uchun yangi yaratilgan yumshoq bug‘doyning «Ravon» va sug‘orildigan maydonlar uchun qattiq bug‘doyning «Nasaf» va «Zilol» navlarining birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamburug‘li sariq zang (Puccinia striiformis), qo‘ng‘ir zang (Pucinia triticina) va un-shudring (Erysiphe graminis Dc.) kasalliklariga bardoshli, sug‘oriladigan va lalmikor maydonlarda etishtirish uchun yumshoq va qattiq bug‘doyning yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
cug‘oriladigan maydonlar uchun zamburug‘li kasalliklarga bardoshli va 1000 dona don vazni 41,6-42,5 g, don hajm og‘irligi 805-820 g/l, oqsil miqdori 14,4-14,5%, kleykovina miqdori 28,0-29,3 %, yaltiroqligi 73,3% hamda hosildorligi yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doyning “Nasaf” navi yaratilgan. Rayonlashtirilgan “Nasaf” navi Qashqadaryo viloyatida 164,5 gektar maydonga joriy etilgan. Nasaf naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00299) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 iyundagi 02/021-2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan “Nasaf” navi ekilgan maydonlardan o‘rtacha 43,3-55,1 s/ga don hosili olinib, 23,3-45,1% rentabellikka erishilgan;
cug‘oriladigan maydonlar uchun qattiq bug‘doyning zamburug‘li kasalliklarga bardoshli va 1000 dona don vazni 42-44 g, don hajm og‘irligi 805-815 g/l, oqsil miqdori 14,9%, kleykovina miqdori 28,7%, yaltiroqligi 81,6% hosildorligi yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doyning “Zilol” navi yaratilgan. Rayonlashtirilgan “Zilol” navi Qashqadaryo viloyatida 142,9 gektar maydonga joriy etilgan. Zilol naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00298) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 iyundagi 02/021-2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan “Zilol” navi ekilgan maydonlardan o‘rtacha 43,3-55,1 s/ga don hosili olinib, 23,3-45,1% rentabellikka erishilgan;
lalmikor maydonlar uchun yumshoq bug‘doyning zamburug‘li kasalliklarga bardoshli va 1000 dona don vazni 38,0-45,0 g, don hajm og‘irligi 812 g/l, oqsil miqdori 14,5%, kleykovina miqdori 29,5%, yaltiroqligi 56,5% hosildorligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning “Ravon” navi yaratilgan. Rayonlashtirilgan “Ravon” navi Qashqadaryo viloyatida 65,5 gektar, Samarqand viloyatida 73 gektar maydonga joriy etilgan. Ravon naviga IMA tomonidan patent berilgan (NAP 00288) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 4 iyundagi 02/021-2371-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamburug‘li kasalliklarga bardoshli, hosildor va don sifati yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doyning “Ravon” navi ekilgan maydonlardan o‘rtacha 15,7-17,9 s/ga don hosili olinib, ishlab chiqarish sharoitida etishtirilayotgan navlarning hosildorligidan 2,3-10,1 s/ga yuqori don hosili olingan hamda 23,3-45,1% rentabellikka erishilgan.