Amirova Shaxnoz Xatamovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yiilarida chet el to‘plamlari materiallari asosida O‘zbekiston madaniy va badiiy merosini o‘rganish va ommalashtirish” 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/San120.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, akademik, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxlo Kurbanburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning mamlakat madaniy va badiiy merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilish sohasidagi siyosati, xorijda o‘zbek san’ati kolleksiyalari shakllanishi tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek madaniy merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini e’tiborga olgan holda noyob artefaktlarning muzeylashtirish g‘oyasi o‘rta asrlarda sayyohlar, diplomatlar, sharqshunos olimlar tomonidan to‘plangan kolleksiyalar asosida dastlab G‘arbiy Evropada (Buyuk Britaniyaning Bodlian kutubxonasi, Kembridj universiteti kutubxonasi, Germaniyaning Berlin Davlat kutubxonasi, Fransiyaning Parij Milliy kutubxonasi, Luvr muzeyi islom san’ati bo‘limi) boshlanganligi aniqlangan;
O‘zbek madaniy merosi eksponatlari “Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari muzeyi - Osiyo muzeyi”, Rossiya Milliy kutubxonasida to‘planib, Sankt-Peterburg pedagogika institutida ochilgan “Arab va fors tili kafedrasi”da tadqiqotlarning jadallashuvi Rossiyada akademik sharqshunoslikka oid tadqiqotlar ilmiy maktabining shakllanishiga asos bo‘lganligi dalillangan;
O‘zbekiston madaniy merosi namunalari asosan G‘arbiy Evropa muzeylari va kutubxona fondlarida XIII asrda Amir Temur va temuriylar davrida Fransiya bilan olib borilgan diplomatik aloqalar, XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniya, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyaning Buxoro amirligiga qilgan safarlari asosida shakllanganligi dalillangan;  
O‘zbekistonga oid madaniy boyliklarni tadqiq etish markazlarining tashkil etilganligi, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi MDH davlatlari orasida xorijda saqlanayotgan madaniy meros namunalarini tadqiq etishda yangi infrastruktura ekanligi va milliy merosni ommalashtirishda konseptual yo‘nalishning vujudga kelishiga asos bo‘lganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida chet el to‘plamlari materiallari asosida O‘zbekiston madaniy va badiiy merosini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
O‘zbek madaniy merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini e’tiborga olgan holda noyob artefaktlarning muzeylashtirish g‘oyasi o‘rta asrlarda sayyohlar, diplomatlar, sharqshunos olimlar tomonidan to‘plangan kolleksiyalar asosida dastlab G‘arbiy Evropada (Buyuk Britaniyaning Bodlian kutubxonasi, Kembridj universiteti kutubxonasi, Germaniyaning Berlin Davlat kutubxonasi, Fransiyaning Parij Milliy kutubxonasi, Luvr muzeyi islom san’ati bo‘limi) boshlanganligi bo‘yicha olingan natijalardan Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesi doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazma ekspozisiyasi konsepsiyasini  ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 21 fevraldagi S033528601-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari biennale doirasida ochilgan ko‘rgazmalarda O‘zbekiston madaniy merosi o‘rin olishi va targ‘ib etilishining tarixiy aspektlari va zamonaviy amaliy san’at bilan bog‘liqlik jihatlarini keng yoritish imkonini bergan;
O‘zbekiston madaniy merosi namunalari asosan G‘arbiy Evropa muzeylari va kutubxona fondlarida XIII asrda Amir Temur va temuriylar davrida Fransiya bilan olib borilgan diplomatik aloqalar, XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniya, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyaning Buxoro amirligiga qilgan safarlari asosida shakllanganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining qator ko‘rsatuvlari va teleradiokanallarning ijodiy ishlab chiqarish jarayoniga tegishli teledasturlar rejalari va “Sokrovishha kul`turnogo naslediya Uzbekistana v muzeyax mira” turkum hujjatli fil`mlari, jumladan  “Sobranie Rossiyskogo etnograficheskogo muzeya”, “Sobranie Gosudarstvennoy Tret`yakovskoy galerei”, “Vishivka i kovri Uzbekistana v zarubejnix sobraniyax”, “Proizvedeniya Alishera Navoi v shedevrax knijnogo iskusstva XV-XVI vekov” kabi fil`mlar ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 9 fevraldagi 01-15/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy meros namunalarining shakllanish tarixi, badiiy va ilmiy ahamiyati haqida to‘liq ma’lumot berilishiga imkoniyat yaratgan;
O‘zbek madaniy merosi eksponatlari “Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari muzeyi - Osiyo muzeyi”, Rossiya Milliy kutubxonasida to‘planib, Sankt-Peterburg pedagogika institutida ochilgan “Arab va fors tili kafedrasi”da tadqiqotlarning jadallashuvi Rossiyada akademik sharqshunoslikka oid tadqiqotlar ilmiy maktabining shakllanishiga asos bo‘lganligi bo‘yicha olingan natijalardan Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari institutining fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlari to‘g‘risidagi “Sokrovishha kul`turnogo naslediya Uzbekistana v muzeyax mira” turkum hujjatli fil`mlari turkumidan “Sobranie Gosudarstvennogo muzeya Vostoka”, “Sobranie instituta Vostochnix rukopisey Rossiyskoy Akademii nauk” hujjatli fil`mlarining ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari institutining  2022 yil 10 fevraldagi 36-son ma’lumotnomasi).  Natijada, fil`mlarda O‘zbekiston madaniy merosi, xususan noyob qo‘lyozmalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni keng targ‘ib etish va milliy merosning to‘liq 
O‘zbekistonga oid madaniy boyliklarni tadqiq etish markazlarining tashkil etilganligi, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi MDH davlatlari orasida xorijda saqlanayotgan madaniy meros namunalarini tadqiq etishda yangi infrastruktura ekanligi va milliy merosni ommalashtirishda konseptual yo‘nalishning vujudga kelishiga asos bo‘lganligi bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanallarining qator ko‘rsatuvlari va teleradiokanallarning ijodiy ishlab chiqarish jarayoniga tegishli teledasturlar rejalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 9 fevraldagi 01-15/281-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarda xorijda saqlanayotgan O‘zbekistonga oid madaniy meros namunalarini o‘rganish, ularning nusxalarini olib kelish borasida markazlar faoliyatining o‘rni va mamlakatda olib borilayotgan tizimli ishlar yoritilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish