Rahimov Muhamad Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoramollar iksodidozlari ekogenezi va qarshi kurashning samarali choralari», 03.00.06 - Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.3.PhD/V47.
Ilmiy rahbarlar: Ro‘zimurodov Ahror Ro‘zimurodovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mavlanov Sabirjan Ibadullaevich, veterinariya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Vohidova Dilbar Salimovna, veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramollar iksodidozlarining ekogenezini o‘rganish hamda ularga qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining turli bioekologik hududlarida iksod kanalarining Hyalomma, Rhipicephalus, Haemaphysalis, Dermacentor avlodlarini tarqalish darajasi ekotoplarda 70%, ekotonlarda 75% ekanligi aniqlangan; 
Samarqand viloyati hududlari bo‘yicha shaxsiy xo‘jaliklar qoramollarida parazitlik qiladigan iksod kanalaridan Hyalomma va Rhipicephalus avlodi vakillari 70%  dominantlik qilishi aniqlangan; 
Samarqand viloyatining turli bioekologik hududlarida qoramollar iksodidozlarining mavsumiy dinamikasi 80% ekanligi aniqlangan; 
sog‘in sigirlarning suti tarkibidagi insektoakarisid preparatlar qoldig‘i biologik usulda 24, 48 va 72 soat davomida tekshirilganda qoldiq bilan ifloslanmasligi aniqlangan;
qoramollarning iksodidozlariga qarshi yakka tartibdagi purkash usuli, piretroid preparatlarning qo‘llanilishi bo‘yicha monografiya va tavsiyanoma ishlab chiqilgan;
qoramollar iksodidozlariga qarshi insektoakarisid, ya’ni sumi-al`fa, del`tametrin, karatin-10 preparatlari yuqori (95-100 %) terapevtik samaraga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramollar iksodidozlari ekogenezi va qarshi kurashning samarali choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi tomonidan 2015 yil 14 oktyabrda «Mahalliy Sumi-al`fa insektoakarisidining chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga hamda xavfli transmissiv kasalliklarning “vektor” tarqatuvchilariga qarshi kurashda qo‘llanilishi» bo‘yicha tavsiyanoma va 2016 yil 15 noyabrda «Yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot va tuyalar ektoparazitlariga qarshi kurashish to‘g‘risida» yo‘riqnoma tasdiqlanib Samarqand viloyati shaxsiy chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-90-son ma’lumotnomasi). Natijada iksod kanalariga qarshi kurashda 95-100% samaradorlikga erishilgan.
Samarqand viloyatining ekotoplari (Toyloq, Urgut, Jomboy va Payariq tumanlari shaxsiy yordamchi va chorvachilik xo‘jaliklari) va ekotonlari (“Zarafshon” to‘qayzorlari) sharoitida o‘tkazilgan epizootologik tadqiqotlar natijasida qoramollarda parazitlik qiluvchi kanalarga qarshi Sumi-al`faning 0,012%, Del`tametrin 0,015%, Karatin 10% preparatining 0,006% konsentrat eritmalari yuqori terapevtik va akarisid samara ko‘rsatishi aniqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-90-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarda iksodidozlarni davolash va oldini olishga sarflangan 1 so‘m xarajatga 15,33 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan; 
O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan 2018 yil 20 aprelda «Piretroidlar. Tabiiy o‘choqli transmissiv kasalliklar muhofazasi» nomli monografiyaning II-nashri tasdiqlangan va chop etilgan. Ushbu ishlab chiqilgan ilmiy echimlar asosida dehqon, aholi qaramog‘idagi xususiy qoramollarning iksodidozlarni oldini olish va davolashda yangi, mahalliy samarador veterinariya preparatlari amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-90-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan chora-tadbirlarni joriy etilishi hisobiga qoramollarni iksodidozlardan davolash va oldini olish imkoniyatiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish