Qalandarova Maftuna Majitovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say.)ning entomopatogen zamburug‘lari va ularni qo‘llash usullarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – «O‘simliklarni himoya qilish» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx386.
Ilmiy rahbar: Anorbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Haytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Xoldorov Mirxalil O‘razbekovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent va Samarqand viloyatlari sharoitida kartoshka ekinining xavfli zararkunandasi kolorado qo‘ng‘izining kasallik qo‘zg‘atuvchi entomopatogen zamburug‘larini aniqlash va ularni kolorado qo‘ng‘iziga qarshi qo‘llash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent va Samarqand viloyatlarining kartoshka agrobiotsenozida kolorado qo‘ng‘izidan 13 ta entomopatogen zamburug‘ shtammlari ajratib olingan;
sof kul`turalari ajratib olingan entomopatogen zamburug‘larning kolorado qo‘ng‘iziga nisbatan patogenlik hamda virulentlik xususiyatlari baholangan;
ajratib olingan zamburug‘ turlari kartoshkali agar oziqa muhitida yuqori darajada, Chapek-agar va suslo-agar oziqa muhitlarida yaxshi o‘sganligi aniqlangan;
entomopatogen zamburug‘lardan kolorado qo‘ng‘iziga qarshi virulentlik xususiyati yuqori bo‘lgan Beauveria bassiana VTq-28 shtammi tanlab olingan;
virulentligi yuqori bo‘lgan Beauveria bassiana VTq-28 shtammini kolorado qo‘ng‘iziga qarshi 2×108 ml titr maqbul me’yori etib belgilangan;
Bioslip BV 3,0 l/ga va Bioslip BT 1,5 kg/ga mikrobiologik preparatlarini kolorado qo‘ng‘izining etuk zotlariga qarshi qo‘llanilganda 60,5; 63,6% , lichinkalariga 78,7; 82,7% biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshka ekilgan maydonlarda kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say.)ning entomopatogen zamburug‘lari va ularni qo‘llash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
entomopatogen zamburug‘larning kolorado qo‘ng‘iziga qarshi yuqori samarador Beauveria bassiana VTq-28 shtammi tanlangan va Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Faradis xirmoni” fermer xo‘jaligining 2,5 ga kartoshka maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 02 noyabrdagi 02/025-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka ekinida kolorado qo‘ng‘iziga qarshi biologik usulning samaradorligi 75,9 % ni tashkil etgan;
kolorado qo‘ng‘iziga qarshi Samarqand viloyati Jomboy tumanida 44,5 ga maydonga «Bioslip BT» va «Bioslip BV» biopreparatlari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 02 noyabrdagi 02/025-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bioslip BT» (Bacillus thuringiensis) 82,7% va «Bioslip BV» (Beauveria bassiana) 78,7 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan va o‘rtacha 1,0 ga maydondan qo‘shimcha 4,0 tonna va 3,2 tonna kartoshka hosili olishga erishilgan;
kartoshka ekinida kolorado qo‘ng‘izi lichinkalariga qarshi «Bioslip BT» va «Bioslip BV» preparatlari Samarqand va Toshkent viloyati kartoshka ekilgan maydonlarida jami 76,0 ga maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 02 noyabrdagi 02/025-3582-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bioslip BT» preparati qo‘llanilganda rentabellik 280,0 % ni, «Bioslip BV» preparati qo‘llanilganda 270,0 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish