Nigmatova Nigora Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish toj qismi nuqsonlarini protezlashda dioksid sirkoniy individual o‘zakli tishlarning qo‘llanilishi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1946.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituta DSc.04/30.12.2019. Tib. 59.01.
Rasmiy opponentlar: Kalbaev Abibilla Akburaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi); Xabilov Nug‘mon Luqmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tish toj qismidagi nuqsonlarni protezlashda dioksid sirkoniyali individual o‘zakli tishlardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadkikotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zakli tishlar tayyorlashda dioksid sirkoniy materiallaridan foydalanildi va parodont to‘qimasiga vertikal hamda gorizontal bosimga chidamli xom-ashyo sifatida qo‘llash imkoniyati borligi isbotlangan;
o‘zakli tishlar tayyorlashda qo‘llanilib kelingan titan qotishmasi va kompozit xom ashyosining salbiy xususiyatlari klinik, biokimyoviy va biofizik jixatdan taqqoslash asosida hozirgi kunda dioksid sirkoniy xom-ashyosining qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan;
o‘zakli tish o‘rnatish uchun klinik ko‘rsatma sifatida tabiiy tish ildizining anatomik shakli, qalinligi, yaratilgan burmalar hajmining ahamiyati aynan dioksid sirkoniy xom-ashyosidan o‘zakli sun’iy tish tayyorlashdagi ahamiyati asoslangan;
o‘zakli tishning mustahkamligi tabiiy tish ildizi devori mikrotuzilmalarning sifatli yaratilishiga, o‘zakli tish va ildiz orasidagi birikuvchanlikning bir-biriga kirishimligiga bog‘liq bo‘lib, qo‘yilayotgan sun’iy tish va og‘iz bo‘shlig‘ida turli konstruksiyali protezlarning barkarorligini kafolatlashi isbotlangan.
IV. Tadksshhot natijalarining joriy kilinishi.
O‘zakli tish konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bir ildizli tishlar uchun o‘zakli tish” bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (№ FAP 01787, 2021 yil) tishning toj qismidagi nuqsonlarni davolashda qo‘llash imkonini bergan;
yangi konstruksiyali o‘zakli tishlarni tayyorlash klinik-laborator bosqichlari va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bir ildizli tish uchun sirkoniy dioksid individual o‘zaklarining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 martdagi 8-n-r/250-son ma’lumotnomasi). Klinik tadqiqotning asosiy natijalarini amaliyotga tatbiq etish bemorlarning bir ildizli tishlari toj qismidagi nuqsonlarni ortopedik davolash usullarini amaliy stomatologiyada qo‘llash va kasallikning asoratlarini kamaytirishga yordam bergan;
o‘zakli tishlar yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oldingi tishlar uchun individual o‘zaklarni loyihalash samaradorligini oshirish va baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 10-martdagi 8 n-r/251-son ma’lumotnomasi). O‘zakli tishlar konstruksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Toshkent shahridagi “Turtinchi MChJ” stomatologiya poliklinikasi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tishga tushayotgan bosimga chidamlilik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va chaynov samaradorligini oshirish imkonini bergan.