Hakimov Sarvar Abduazimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postasfiktik holatlarning sud-tibbiy tavsifi», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1275.
Ilmiy rahbar: Giyasov  Zaynitdin  Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:  Buxoro tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi postasfiktik holatlarni sud-tibbiy baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tugallanmagan asfiksiyaning har bir holati bo‘yicha jabrlanganlarning jinsi, yoshi, gender mansublik bilan bog‘liq xususiyatlari, hodisa ro‘y bergan joyi va vaqti, gipoksik holatni yuzaga kelishida osilish va qo‘l bilan bo‘g‘ishning farqli xususiyatlari asoslangan;
noletal asfiksiya holatlarida turli klinik va morfologik belgilarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi, aksariyat holatlarda jabrlanganlarda ularning birgalikda kuzatilishi asoslangan;
postasfiktik holatlarda og‘ir darajali koma ko‘rinishidagi bosh miya faoliyatining buzilishi jabrlanganlarning hayotiga tahdid soluvchi asosiy holat ekanligi isbotlangan;
noletal asfiksiya holatlarida bosh miya faoliyatini buzilish darajasini baholashda Glazgo koma shklalasidan sud-tibbiy ekspertiza jarayonida foydalanish ilk bor asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postasfiktik holatlarni sud-tibbiy baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
postasfiktik holatlarda o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza materiallarining kompleks tahlili bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Postasfiktik holatlarni sud-tibbiy baholashni asoslash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-r/1230-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur holatlarni sud-tibbiy baholashda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarning oldini olish imkonini bergan;
noletal asfiksiya holatlarida anamnestik, klinik, morfologik o‘zgarishlarga oid ma’lumotlarning tanqidiy tahlili bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahar filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-z/06-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi postasfiktik holatlarda o‘tkaziladigan ekspertizalarning sifatini va asoslanganlik darajasini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish