Xasanova Muxarrama Almaredanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sud tibbiyoti amaliyotida fitagglyutininlarni olish va qo‘llash» 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib576.
Ilmiy maslahatchi: Ruziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Masharipov Azamat Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori; Ibragimova Mareta Muxarbekovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samaqanda davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi xududida o‘suvchi ayrim o‘simliklarni urug‘i ekstraktlaridan spesifik lektinlar olish va sud tibbiyoti amaliyotida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘simliklar urug‘larida («Nimrang» uzum, «Saphora japonica L» safora, «Phaseolus vulgaris Savi» loviya, «Sambucus ebulus L» buzina o‘ti mevasi va «Chamaecytisus ruthenicus» rakitnik)  AV0 tizimi eritrotsitlariga mos fitagglyutininlar mavjudligi aniqlangan;
jinoyat sodir bo‘lgan joydan olingan inson sochlari va qon dog‘larida guruhiy mansublikni «Nimrang» uzum va «Phaseolus vulgaris Savi» loviya urug‘i ekstraktlari bilan A antigenni, safora «Saphora japonica L» urug‘i ekstrakti bilan V antigenni, buzina o‘ti mevasi «Sambucus ebulus L» va rakitnik «Chamaecytisus ruthenicus» urug‘lari ekstraktlari bilan esa 0(N) antigenni baholashda qo‘llanilishi isbotlangan; 
«Nimrang» uzum  va «Phaseolus vulgaris Savi» loviya urug‘i ekstraktlari bilan qon dog‘larida A antigenni, safora «Saphora japonica L» urug‘i ekstrakti bilan V antigenni, buzina o‘ti mevasi «Sambucus ebulus L» va rakitnik «Chamaecytisus ruthenicus» urug‘lari ekstraktlari bilan esa 0(N) antigenni baholash uslubi ishlab chiqilgan;
A, V va 0(N) antigenlariga fitagglyutininlarning spesifik ta’siri miqdoriy absorbsiya reaksiyasi, qon dog‘larining eng kichik miqdorida A va V antigenlari affin xromatografiyasi hamda absorbsiya - elyusiya usullari bilan aniqlanishi isbotlangan; 
anti-A, anti-V, anti-N fitagglyutininlar al`fa va beta izozardoblarga nisbatan yuqori titrga va spesifik ta’siriga egaligi, hamda o‘simlik ekstraktlaridan ishlab-chiqarish qulayligi va iqtisodiy samaradorligi tufayli ularning afzalligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sud tibbiy amaliyotida fitagglyutininlarni olish va qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sud tibbiy amaliyotida fitagglyutininlarni olish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Sud tibbiyoti amaliyotida anti-N fitagglyutininni olish va qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-r/1103-son ma’lumotnomasi). Natijada al`fa va beta izogemagglyutinatsiyalovchi zardoblar yuqori harorat (37;480S) ta’sirida, izozardoblarning agglyutinatsilash qobiliyati ortishi, ularning titri 1:128 ga teng bo‘lishi, harorat 30dan 480S gacha o‘zgarganda fitagglyutininlar faolligi ham ortishi va ularning titri 1:128-1:256 ga teng bo‘lishi, olingan   spesifik lektinlar ashyoviy dalillarni sud tibbiyoti amaliyotida keng qo‘llash imkonini bergan;
sud tibbiy amaliyotida fitagglyutininlarni olish va qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi, Surxondaryo viloyat filiallarning sud-tibbiy biologiya ekspertiza amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13iyundagi 08-16777-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ( uzum «Nimrang», safora «Saphora japonica L» loviya «Phaseolus vulgaris Savi» buzina o‘ti mevasi «Sambucus ebulus L» va rakitnik «Chamaecytisus ruthenicus») urug‘lari ekstraktlaridan olingan fitagglyutininlar sud tibbiyoti amaliyotida qo‘llash maqsadida yaroqli hisoblanib, inson organizmi ajratmalarini so‘lak, maniy, ter, siydikda guruhiy mansubligini baholash natijasida fitagglyutininlar al`fa, beta izozardoblar bilan solishtirish bo‘yicha yuqori titrga ega spesifik, eng avvalo o‘zining tejamliligi bilan qator afzalliklari, inson sochining guruhiy mansubligini va dog‘larda qon guruhlarini aniqlashda fitagglyutininlar ashyoviy dalillarni sud-tibbiy ekspertizasi amaliyotida keng qo‘llanilishi, mazkur fitagglyutininlarning istiqbolligi nafaqat ularninng tejamliligi va ularni o‘simliklardan ajratib olishni texnik jihatdan oddiyligi, zardob agglyutininlarining xususiyatlaridan farqli ravishda ba’zi ijobiy xususiyatlarga ham ega bo‘lish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish