Karabaev Aminjon Gadaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizimdagi o‘zgarishlar»14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib517.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Iriskulov Baxtiyor Uktamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xamrakulov Sharifjon. Xashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmet Yasaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5 va 10 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallik davrida gipotalamusning preoptik, arkuat yadrolarida, adenogipofizning b- va d-bazofil hujayralarida morfofunksional o‘zgarishlar mexanizmini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5 va 10 daqiqalik klinik o‘lim jarayonida parasimpatik nerv tizimi tonusi ostida qondagi malondial`degid miqdorining ortishi, gipotalamo-gipofizar tizimda preoptik yadroga nisbatan arkuat yadroda hamda b-bazofil hujayralarga nisbatan d-bazofil hujayralarda morfofunksional faolligining ustunligi asoslangan; 
5 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning I-II-III bosqichlarida simpatik nerv tizimi ustunligi ostida malondial`degid miqdori ortishi, katalaza va glyutationperoksidaza faolligining pasayishi, gipotalamusning proptik yadrosida hamda adenogipofizning d-bazofil hujayrasida sezilarli morfofunksional faolligining yuqoriligi isbotlangan;
10 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning I-II bosqichlarida parasimpatik nerv tizimining tonusi, III bosqichida esa simpatik nerv tizimining tonusi ustunligi, malondial`degidni ortishi, katalaza va glyutationperoksidazaning kamayishi, gipotalamusning arkuat va preoptik yadrolarida hamda adenogipofizning d- va b-bazofil hujayralarida morfofunksional faollikni ortishi hisobiga himoya moslashuv reaksiya hosil bo‘lishi isbotlangan;
5 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning IV bosqichidan boshlab, aralash vegetativ reaktivlik ostida, kasallikning uzoq davrida (3-oyida) simpatik nerv tizimi, lipidlarniing perekisli oksidlanishi, malondial`degid faolligining ko‘rinarsiz kamayishi, antioksidant tizimida katalaza va glyutationperoksidaza mikdorining ortishi ostida gipotalamusning arkuad va preoptik yadrolarida hamda adenogipofizning d-va b-bazofil hujayralarida himoya tiklanish jarayoni isbotlangan;
10 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning III-bosqichidan boshlab, kasallikning uzoq davrida (1-3- oyida) simpatik nerv tizimi tonusining ustunligi, malondial`degid miqdorini kamayishi, katalaza va glyutationperoksidaza miqdorining, gipotalamusning preoptik va arkuat yadrolarida glial hujayralarining faolligi hamda destrukiv neyrosekretor hujayralar miqdorining ortishi, neyrosekretor xujayralar orasida vikar kompensatsiya ostida himoya tiklanish jarayoni gipotalamusning preoptik yadrosiga nisbattan arkuad yadrosida hamda b-bazofil hujayraga nisbatan d-bazofil hujayrada kuchliroq ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizim o‘zgarishlarining patogenezini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizim o‘zgarishlarining patogenezini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Klinik o‘lim jarayonida gipotalamo-gipofizar tizimning buzilish mexanizmini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n–d/56–son ma’lumotnomasi). Natijada 5 va10 daqiqalik klinik o‘lim jarayonida, klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning I-II-III-IV-V bosqichlarida va uzoq davrlarida vegetativ nerv tizimi, lipidlarning periksli oksidlanishi, malondial`degid, antioksidant tizimda katalaza hamda glyutationperoksidaza reaktivligida, gipotalamusning preoptik, arkuat yadrosida, o‘rta do‘nglikning ichki va tashqi qavatida, adenogipofizning b- va d-bazofil hujayralarida funksional o‘zgarishlaridagi neyrosekretor moddalar va glikoproteidning kamayishi toliqish tomonga qarab siljishini baholash orqali  postreanimatsion kasalliklarni tashxislash va oldini olish  samaradorligi isbotlash imkonini bergan;
postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizim o‘zgarishlarining patogenezini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «5 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizimining buzilish patogenezini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n–d/56–son ma’lumotnomasi). Natijada 5 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning IV bosqichidan boshlab, aralash vegetativ reaktivlik ostida, kasallikning uzoq davrida simpatik nerv tizimi, prooksidant tizimida lipidlarniing perekisli oksidlanishi maxsuloti malondial`degid faolligining ko‘rinarsiz kamayishi antioksidant tizimining katalaza va glyutationperoksidaza mikdorining ortishi ostida arkuad va preoptik yadrosida va adenogipofizning d-va b-bazofil hujayralarda himoya tiklanish jarayoniga bog‘liqligi orqali kasalliklarni erta tashxislash, davolash tizimini va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
postreanimatsion davrda gipotalamo-gipofizar tizim o‘zgarishlarning patogenezini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy byurosining Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universitetining birinchi klinikasining fundamental va klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 apreldagi 08-093992–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi 5 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning I-II- III bosqichlarida simpatik nerv tizimi tonusining ustunligi, 10 daqiqalik klinik o‘limdan keyingi postreanimatsion kasallikning I-II bosqichlarida parasimpatik nerv tizimining tonusi ostida, III bosqichida simpatik nerv tizimi tonusida malondial`degidni ortishi, katalaza, glyutationperoksidazaning kamayishi gipotalamusning arkuat yadrosida, adenogipofizning d-bazofil hujayralari faolligi preoptik yadrosi va b-bazofil hujayraga nisbatan ortishi neyrosekretor moddalar va glikoproteidlar sekresiyasining, hamda kariolizisga uchragan neyrosekretor hujayralarni ortishi natijasida himoya moslashuv reaksiyasini shakllanishi orqali bemorlarning hayot faoliyatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish