Burankulova Nigora Mixaylovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Balandlik va o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishlarda sud-tibbiy ekspertizasi» 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib971.
Ilmiy rahbar: Xvan Oleg Innokentievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor, Masharipov Azamat Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi birinchi prezidenti B.N.El`sin nomidagi Qirg‘iziston-Rossiya-Slavyan Universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ziga xos jarohatlarning morfologik belgilari majmuasi asosida balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishlarning differensial diagnostika mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tirik shaxslar va halok bo‘lganlarda o‘z bo‘yi balandligidan tezlanish bilan va tezlanishsiz yiqilish sodir bo‘lganda tananing old, orqaga, chap va o‘ng tamonga yiqilish natijasida yuzaga kelgan jarohatlarning xarakteri, og‘irlik darajasi va joylashuvi bo‘yicha organ va tizimlardagi o‘zgarishlarning farqlanishlari asoslangan;
uch metrgacha bo‘lgan balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yurib yiqilganda yuzaga kelgan tan jarohatlari natijasida tananing tashqi yuzasida va ichki organlardagi morfologik o‘zgarishlarning sud-tibbiy jihatlari hamda uning oqibatida yuzaga keladigan organlarning tuzilmaviy birligining o‘zgarishlarini sud-tibbiy belgilari aniqlangan;
tirik shaxslarda uch metrgacha bo‘lgan balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yurib yiqilish natijasida yuzaga kelgan jarohatlanishlarda tana tizimlaridagi travmatologik va neyrojarroxlik o‘zgarishlarga qarab organ va tizimlarda yuzaga keladigan shikastlanishlarining og‘irlik darajasi aniqlangan;
uch metrgacha bo‘lgan balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yurib yiqilish natijasida yuzaga keladigan jarohatlanishlarning paydo bo‘lish mexanizmini baholashga yo‘naltirilgan o‘n uch koeffsientning musbat va manfiy darajalariga qarab sud-tibbiy tashhisotining belgilari isbotlangan..
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishlarni sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
morfologik o‘zgarishlar asosida shikastlanishlarning differensial diagnostika mezonlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Sud-tibbiy ekspertizalarda balandlikdan va o‘z bo‘yi balandlikdagi yiqilishlarning differensial diagnostika jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 fevraldagi 8n-d/56-son ma’lumotnomasi). Natijada balandlik va o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishning differensial diagnostikasini optimallashtirish, ekspertiza muddatini qisqartishish va sifatini oshirish imkonini bergan;
balandlikdan va o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishlarning jihatlarini sud-tibbiy ekspertizada tashxislash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati filiallari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 martdagi 08-09/8559-son ma’lumotnomasi). Natijada sud-tibbiy ekspert komissiyalar faoliyatini maqbullashtirish va sud-tibbiy ekspertizalar asosliligini oshirish imkonini bergan.