Reymov Polat Rasbergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yining geoekologik muammolari: kartalashtirish va kosmik monitoring asosida ularni bartaraf etishning metodologik jihatlari», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. DSc/Gr41.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Eshkabul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor; Suyunov Abdusoli Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Adenboev Bahtiyor Embergenovich, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yining geoekologik muammolarini bartaraf etish uchun kosmik monitoring va geoekologik kartalashtirish metodologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
degradatsiya va cho‘llanishni hisobga olgan holda Janubiy Orolbo‘yi ekotizimlari o‘zgarishining fazoviy jarayonlari aniqlangan va ular asosida xududni geoekologik zonalashtirilgan;
masofaviy zondlash ma’lumotlari va GNSS texnologiyalaridan foydalangan holda dala tadqiqotlari asosida transformatsiyalashayotgan hamda cho‘llashayotgan ekotizimlarning mavzuli geoekologik kartalari turkumini yaratish uchun algoritmlar va dasturlar ishlab chiqilgan;
antropogen omillarni hisobga olgan holda landshaft-genetik yondashuv asosida cho‘llashayotgan ekotizimlarning holati dinamikasini baholash (miqdoriy) usuli ishlab chiqilgan va Orol dengizining qurigan tubidagi avandel`ta ekotizimlarining yangi shakllangan sinfi aniqlangan;
o‘tkinchi va beqaror landshaftlarning yangi sinfini shakllantiruvchi fazodagi bir nuqtada bir nechta landshaft hosil qiluvchi jarayonlarning ustma-ust qoplanishidan iborat bo‘lgan geoekologik interferensiya hodisasi aniqlangan;
kosmik monitoring asosida cho‘l hududlarining landshaftini operativ kartalashtirish usuli taklif qilingan va ishlab chiqilgan;
arid hududlar va arid zonalarning o‘zlashtirilgan del`talari uchun maqbul qutblanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va u asosida bioxilma-xillikni saqlash uchun erlardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yining geoekologik muammolarini kartalashtirish va kosmik monitoring asosida bartaraf etishning metodologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbo‘yi hududining zamonaviy holati geoekologik rayonlashtirilgan va ekotizimlarning transformatsiya jarayonlari makon-zamonda modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida geoekologik rayonlashtirish va ekotizimlarni transformatsiyasini monitoring qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 19-apreldagi 01/18-1292-son ma’lumotnomasi). Natijada, rayonlashtirish natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish va cho‘llashishga qarshi kurashish faoliyatini optimallashtirish imkonini bergan;
masofaviy zondlash ma’lumotlari va GNSS texnologiyalaridan foydalangan holda dala tadqiqotlari asosida transformatsiyalashayotgan va cho‘llashayotgan ekotizimlarning mavzuli geoekologik kartalari turkumini yaratish uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturlar Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotida er resurslari meliorativ holatini monitoringini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 20 apreldagi 00014-son ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslarini kartalashtirish metodikasini, amaliyotini takomillashtirish va er resurslari holatini masofadan monitoring qilish yordamida hududning tabiiy resurslar salohiyatini baholash ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
antropogen omillarni hisobga olgan holda landshaft-genetik yondashuv asosida cho‘llashayotgan ekotizimlarning holati dinamikasini baholash (miqdoriy) usuli ishlab chiqilishi va Orol dengizining qurigan tubidagi avandel`ta ekotizimlarining yangi shakllangan sinfi aniqlanishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida cho‘llashayotgan ekotizimlarni holatini va dinamikasini monitoring qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 19-apreldagi 01/18-1292-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodikalar Orol dengizi qurigan qismining barqarorlashishi va ho‘jalik faoliyati ekologik ekspertizasini rivojlantirishni takomillashtirish imkoniyati yaratildi;
Orol dengizining qurigan tubidagi o‘tkinchi va beqaror landshaftlarning yangi sinfini shakllantiruvchi fazodagi bir nuqtada bir nechta landshaft hosil qiluvchi jarayonlarning ustma-ust qoplanishidan iborat bo‘lgan geoekologik interferensiya hodisasini aniqlash natijalari Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotida tuproqlar va qishloq xo‘jaligi erlarini kartalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 20 apreldagi 00014-son ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslarining tasniflash tiplarini kengaytirish orqali tuproq va qishloq ho‘jaligi kartalarining aniqligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Orolbo‘yi cho‘llashayotgan ekotizimlarining landshaftli kartasini ishlab chiqilgan kosmik monitoring asosida operativ tuzish usuli Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi amaliyotida cho‘l-yaylov hududlarining katrtalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2022 yil 20-apreldagi 00014-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l-yaylov hududlari kartalarini operativ tuzish va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida kartalashtirish samaradorligi hamda cho‘l-yaylov kartalarining ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
arid hududlar va arid zonalarning o‘zlashtirilgan del`talari uchun maqbul qutblanish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan bioxilma-xillikni saqlash uchun erdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida alohida muhofaza etiladigan hududlarni tashkil etishda amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 19-apreldagi 01/18-1292-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va boshqa muhofaza qilinadigan hududlarni maqbul joylashtirish imkonini bergan.