To‘ychieva Ra’no Almamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlashda Hindistonning ishtiroki mexanizmlari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ss243.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlashda Hindistonning ishtiroki mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hindiston tomonidan ilgari surilayotgan mintaqaviy xavfsizlik kengashini tuzish va «Sabka saath-sabka vikas-sabka vishvas» («Hamma qo‘llaydi-hamma rivojlanadi-hamma ishonadi») dasturini faollashtirish kabi siyosiy tashabbuslari zaruriyat va proporsionallik xususiyatlariga ko‘ra Janubiy Osiyoda davlatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlarning oldini olishda intellektual, innovatsion va motivatsion indikator ekanligi isbotlangan;
Hindistonning o‘z xavfsizlik tizimini barqarorlashtirish borasidagi strategik yondashuvi uch bosqichda: dastlabki formatsion (ichki va tashqi), sivilizatsion (milliy, mintaqaviy va global xavfsizlik darajalarini baholash) hamda modernizatsion (milliy, mintaqaviy, keng mintaqaviy va global darajada) ko‘rinishlarda rivojlanayotgani asoslangan;
Hindistonning xavfsizlik tizimiga xos qonunchilik asoslarini modernizatsiyalash, yoshlarni mavjud xavf-xatar omillaridan himoyalash hamda jamiyatda nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat funksiyalarini samarali joriy etishida ichki va tashqi tahdid omillariga qarshi «Kooperativ xavfsizlik» konsepsiyasi (harbiylashmagan, hamkorlik, muloqot va o‘zaro ishonch) ga tayanishi dalillangan;
Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining turmush darajasini muntazam oshirib borish yo‘lidagi «Xavfsiz makon» preventiv siyosati konseptual asosiga ko‘ra mintaqa davlatlarining mudofaa va xavfsizlik sohasidagi milliy strategiyalarini muvofiqlashtirishda konstruktiv va destruktiv ta’sir ko‘rsatayotgan omil ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etishda Hindiston Respublikasining rolini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar, nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
Hindistonning mintaqaviy xavfsizlik kengashini tuzish, «Sabka saath-sabka vikas-sabka vishvas» («Hamma qo‘llaydi-hamma rivojlanadi-hamma ishonadi») dasturini faollashtirish va iqtisodiy-siyosiy integratsiyalashuv borasidagi siyosiy tashabbuslari bo‘yicha ilgari surilgan ilmiy va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021 yil 21 avgustdagi 1302–IV son Qarori bilan tasdiqlangan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan bayon etilgan g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 10/1-07-48-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy ishlanmaning amaliyotga tatbiq etilishi konferensiya materiallarini boyitishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
Hindistonning milliy xavfsizlik tizimini barqarorlashtirish borasidagi strategik yondashuvi uch bosqich – formatsion, sivilizatsion hamda modernizatsion shakllanib rivojlanayotgani bilan bog‘liq xulosa va takliflardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Dasturining V bo‘limidagi «Partiyaning xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash sohasidagi vazifalari»da belgilangan «Kuchli armiya – xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning farovon hayotining kafolatidir» hamda «Dinamik va konstruktiv tashqi siyosat» yo‘nalishlarini shakllantirishda qo‘llanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 01-27/732-son ma’lumotnomasi). Natijada, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Dasturining sohaga doir yo‘nalishlarini shakllantirishda xizmat qilgan;
Hindistonning bugungi kunda Janubiy Osiyo mintaqasida olib borayotgan siyosatini har tomonlama o‘rganish va bundan kerakli ilmiy xulosalar chiqarish lozimligi nuqtai nazaridan, mazkur dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining ilmiy va amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 23 dekabrdagi 05-5/1480-son ma’lumotnomasi). Natijada, institutning axborot-analitik materiallarini tayyorlashda xizmat qilgan;
Hindistonning xavfsizlik tizimiga xos qonunchilik asoslarini modernizatsiyalash, yoshlarni mavjud xavf-xatar omillaridan himoyalash hamda jamiyatda nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat funksiyalarini samarali joriy etishida «Kooperativ xavfsizlik» konsepsiyasi (harbiylashmagan, hamkorlik, muloqot va o‘zaro ishonch) ga tayanishi bilan bog‘liq tahlillar va xulosalardan 2021 yilning fevral oyidan Hindiston Elchixonasi La’l Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazida amalga oshirilishni boshlagan «India: Studies in Arts, Sciences and Social Sciences» loyihasida foydalanilgan (Hindiston Elchixonasi La’l Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazining 2021 yil 18 noyabrdagi 08-25/12-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish uchun tashkil etilgan ma’ruzalar mazkur loyiha ishini yaxshilash va rivojlantirishga xizmat qilgan;
Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining turmush darajasini muntazam oshirib borish yo‘lidagi «Xavfsiz makon» preventiv siyosati xususidagi xulosalardan Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdid va xavflarni samarali bartaraf etish bo‘yicha echimlarni taklif qilish bilan bog‘liq tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2022 yil 7 fevraldagi 02/75-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo xalqaro institutining mintaqa davlatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishning strategik dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.