Agzamova Sevara Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Izlov va razvedka quduqlarini o‘zlashtirishda qatlamni gidrokislotali yorish sifatiga ta’sir etuvchi geologik omillar», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/GM97.
Ilmiy rahbar: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ofur, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Umarov Akromiddin Zayniddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: izlov va razvedka quduqlarini o‘zlashtirishda qatlamning kislotali gidravlik yorish sifatiga geologik omillarning ta’sir darajasini aniqlash va usulni samarali qo‘llash uchun mos keluvchi “nomzod” - quduqlarni tanlash mezonini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gazga to‘yingan oraliqlardagi jinslarda gaz oqimining yo‘qligi sabablari aniqlangan, izlov va ravedka quduqlarini sinashda uglevodorod oqimlarini jadallashtirish metodlarini qo‘llash ishlab chiqilgan;
turli metodika va texnologiyalar bilan sinalgan izlov va razvedka  quduqlaridan olingan natijalar taqqoslanib, ularning samarali uslublari asoslangan;
turli geologik-fizik sharoitlardagi konlar qatlamlarini kislotali gidravlik yorishni qo‘llash zaruriyatini asoslash imkonini beruvchi, usulning sifatiga geologik omillarning ta’sir darajasi ishlab chiqilgan;
qatlamga kislotali gidravlik yorish usulini qo‘llash uchun mos keladigan “nomzod”- quduqlar tanlangan va ularning samaradorligini baholash hamda tanlash imkonini beruvchi geologik omillarning yig‘indi “rang” bo‘yicha bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
BXR Beshkent egilmasida depression fatsiya yotqiziqlari rivojlangan zonadagi kon va maydonlardagi izlov va razvedka quduqlarini o‘zlashtirishda qatlamni kislotali gidravlik yorish sifatiga ta’sir etuvchi geologik omillar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Kultak gazkondensat konidagi 1, 3-sonli izlov quduqlarida QKGYo ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiya Muborak NGQOBda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 29 noyabrdagi 05-25-2-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1, 3-sonli izlov quduqlari debitini mos ravishda 87,5 va 88 ming m3/sutkaga orttirish, quduqlarni oqilona ishlatishni va kondan olinayotgan gaz tannarxini kamaytirish imkonini bergan;
Daraxtli neftgazkondensat konidagi tugatilgan 1, 3-sonli izlov quduqlarida QKGYoni o‘tkazib, ularni qayta tiklash bo‘yicha tavsiya “Epsilon Development Company” MChJ XKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 29 noyabrdagi 05-25-2-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1-sonli va 3-sonli izlov quduqlarida mos ravishda 91 va 27 ming m3/sutka sanoat miqyosidagi gaz oqimini olish va sanoat miqyosidagi gaz zahiralarini 15 % ga orttirish imkonini bergan;
Qirqquloch gazkondensat konidagi tugatilgan 1-sonli izlov va 4-sonli qidiruv quduqlarida QKGYo ni o‘tkazib, ularni qayta tiklash bo‘yicha tavsiya  “Epsilon Development Company” MChJ XKda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 29 noyabrdagi 05-25-2-49-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarda mos ravishda 87 va 120 ming m3/sutka sanoat miqyosidagi gaz oqimini olish va sanoat miqyosidagi gaz zahiralarini 25 % ga orttirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish