Xamedova Firuza Saidovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nofaol gipofiz adenomasining nasliy moyil bemorlarda patologik rivojlanish mexanizmi», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib21.

Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: nofaol gipofizadenomasini oilaviy anemneziga asoslangan holda genetik moyil bemorlarni tashxislash va davolash tizimini optimallashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk marotoba nofaol gipofiz adenomasi bilan xastalangan irsiy moyil bemorlarda NO-tizimining genetik determinatsiyasining haqqoniy  o‘zgarishi isbotlangan;

nofaol gipofiz adenomasiga irsiy moyil qarindoshlarda NO-tizimining genetik ko‘rsatkichlari, jumladan NOS3 darajasini tekshirish, ularni tahlikali guruhlarga ajratish va davolash tizimi takomillashtirilgan;

nofaol gipofiz adenomasiga oilaviy irsiy moyil bemorlarda kasallikning klinik kechish xususiyatlariga qarab kasallikning mendelirlangan va mendelirlanmagan markerlari isbotlangan;

nofaol gipofiz adenomasiga irsiy moyil bemorlarda kasallikning patogenezida NOS3 fermenti orqali organizmni boshqarish faoliyati takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gipofiz nofaol adenomasi rivojlanishining neyroendokrin, funksional-metabolik va genetik tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Nofaol gipofiz adenomasining irsiy bog‘liqligini tashxislash va davolash» uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 21 iyundagi 8n-d\\46-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma nofaol gipofiz adenomalari bilan xastalangan bemorlarni erta tashxislashda neyroendokrin va genetik xususiyatlarni isbotlash hamda kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan;

nofaol gipofiz adenomasi bilan xastalangan bemorlarni erta tashxislash, davolash va kasallik asoratlarini bartaraf etish borasida tavsiya etilgan bashoratlash tizimi Respublika ilmiy-amaliy tibbiy endokrinologiya markazi, Buxoro viloyat endokrinologiya dispanseri, Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 3 noyabrdagi 8N-z\\30-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotning klinik amaliyotga joriy qilinishi  nofal gipofiz adenomasi bilan nasliy moyil bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, kasallikning tarqalishini kamaytirish, nogironlikni oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish