Qodirov Farxod Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida pul taklifining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt933.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ekonometrik modellar asosida pul taklifi optimallashtirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizda XXI asrda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda monetar va fiskal siyosatning ahamiyati miqdoriy aniqlandi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatda (2026 yil) barqaror rivojlanishi uchun (taugh - qattiq) va (easy - yumshoq) monetar siyosati nisbati prognoz qilingan;
pul taklifi va iqtisodiy o‘sish dinamikasidagi bir tomonlama va ikki tomonlama bog‘lanishlar xarakteri, dinamik qatorlarni statsionarlikka tekshirish (ADF test), Yoxansen kointegratsiya testi, -Greynjer o‘zaro aloqadorlik testi (Granger causality tests), statistik xatolarni tuzatish (ECM estimation method) orqali modellashtirish taklif qilingan;
adekvat ekonometrik modellar yordamida mamlakatimiz iqtisodiyotida pul taklifi bilan iqtisodiy o‘sish orasidagi bog‘liqlikda (supply-led), “pul taklifi yetakchiligi” gipotezasi asoslangan;
pul yetakchiligi gipotezasini amalga oshirishda narxlar indeksi va davlat xarajatlarining muqobil chegaralari, uzoq muddatda pul taklifi ortishining iqtisodiy o‘sishga ta’siri so‘nib borishi prognoz qilingan.
iqtisodiy rivojlanishning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash ssenariylari va amalga oshirish tadbirlari aniqlanib, ularni optimallashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida pul taklifining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ekonometrik modellashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy va uslubiy takliflar asosida:
respublikamizda XXI asrda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda monetar va fiskal siyosatning ahamiyati miqdoriy aniqlandi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatda (2026 yil) barqaror rivojlanishi uchun (taugh – qattiq) va (easy-yumshoq) monetar siyosati nisbati asosida ishlab chiqilgan prognoz bo‘yicha qilingan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 02/10-02-6/6-947-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning yaqin istiqbolida pul taklifi miqdorining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushining chegaralari taklif qilingan;
pul taklifi va iqtisodiy o‘sish dinamikasidagi ko‘p tomonlama bog‘lanishlar xarakteri, dinamik qatorlarni statsionarlikka tekshirish (ADF test), Yoxansen kointegratsiya testi, Greynjer o‘zaro aloqadorlik testi (Granger causality tests), statistik xatolarni tuzatish (ECM estimation method) singari modellashtirish usullari takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 02/10-02-6/6-947-son ma’lumotnomasi). Natijada tizimli tahlilni amalga oshirishda dinamik qatorlarni qayta ishlash, shakllangan tendensiyalarni aniqlash va ular negizida makroiqtisodiy parametrlarni prognoz qilish xatolari o‘rganilgan;
adekvat ekonometrik modellarni tuzish va tahlil etish, sintezlash va prognozlash amaliyoti takomillashtirilgan, mamlakatimiz iqtisodiyotida keyingi yigirma yilda pul taklifi bilan iqtisodiy o‘sish orasidagi bog‘liqlikda (supply – led), “pul taklifi yetakchiligi” gipotezasi ekonometrik modellar yordamida ko‘rsatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 02/10-02-6/6-947-son ma’lumotnomasi). Natijada makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning pul taklifini ortishi, yangi ish joylarining yaratilishi va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish zanjiri sifatida ko‘rsatilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida pul - kredit siyosatning iqtisodiy o‘sishga ta’siri aniqlangan, ular asosida iqtisodiyotni istiqbolda 2025 yilgacha rivojlantirishning ssenariylari tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 02/10-02-6/6-947-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat xarajatlari, pul taklifi massasi va inflyasiya darajasiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.