Mamadalieva Gulbaxor Ilxomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘ynining xavfsiz kasalliklarida tashxisot va terapevtik tadbirlarni takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2049.
Ilmiy rahbar: Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining «N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti» federal davlat byudjeti muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial jaroxatlanishi mavjud bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda tashxislash va davolash choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yni patologiyalarini aniqlashda klinik-anamnestik, laborator tadqiqotlari natijalariga ko‘ra xavf omillari aniqlandi, tahlil qilindi. Bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial jaroxatlanish darajasiga xavf omillarining ta’sir kuchi va ular ichida eng muxim xavf omillari: chekish (4,8 marta), 2 yoki undan ortiq abort (3,8 marta), bachadon bo‘ynining nospesifik yallig‘lanish kasalliklari (3,5 marta), 3 va undan ortiq tug‘ruqlar (3,2 marta) CIN yuzaga kelishini oshirishi isbotlangan;
dastlabki tashxislashda va o‘tkazilgan davolash samaradorligini baxolash maqsadida bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial jaroxatlanishlarni aniqlashda kengaytirilgan kol`poskopiya, sitologik uslub bilan qiyoslagan holda, «CIN-DIAG» ekspress-testining aniqligi, sezuvchanligi va o‘ziga xosligi 96,7% - [DI 91,17-97,95], sezgirligi - 96,15% [DI 89,23-98,12] isbotlangan;
tavsiya etilgan bachadon bo‘yni patologiyalarini aniqlash usulining samaradorligi yuzaga keladigan bachadon bo‘yni saratoni chastotasi va og‘irligini kamaytirish, xamda erta tashxislash yordamida ayollarning xayot davomiyligini uzaytirish, test natijalari orqali isbotlangan;
bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial buzilishlarni davolashda vaginal sham sifatida ishlatiladigan kurkuma moyi va borneol moddasi odam pappiloma virusi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, neoplaziya o‘chog‘ini 74% da klinik tiklanishi va jarroxlik davolash chastotasi 2,8 marta kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial displaziyalarni tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollarda bachadon bo‘ynining xavfsiz kasalliklarida diagnostik xususiyatlarga asoslangan ilmiy natijalar asosida «Bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial zararlanishini tashxislashda «CIN-DIAG» sifatli ekspress testini qo‘llash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8n-z/564-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial zararlanish darajalarini aniqlash imkonini bergan;
ayollarda bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial displaziyalarni xavf omillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: «Bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial zararlanishi rivojlanishiga xavf omillarining ta’sirini baxolash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8n-z/564-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial zararlanishi yuzaga kelishida xavf omillarining ta’sirini aniqlash va kasallikning zo‘rayish darajasini oldini olish imkonini bergan;
bachadon bo‘ynining xavfsiz kasalliklarida tashxisot va terapevtik tadbirlarni takomillashitirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi ginekologiya bo‘limi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 maydagi 08–13838-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi sifatli tezkor-test «CIN-DIAG»ning ishonchliligi, sezgirligi, o‘ziga xosligi va aniqligi bo‘yicha standart usullarga (sitologik surtma, kol`poskopiya) solishtirganda, bachadon bo‘yni yassi hujayrali intraepitelial displaziyalarni tashxislashni diagnostik qiymatini baxolashga imkon berdi,ayollarning hayot sifatini yaxshilash va shu orqali iqtisodiy samaradorlikni 2,7 barobar oshirish imkonini bergan.