G‘afurov Akmaljon Mavlonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “RDB dastgoxlarida murakkab shakldor detallarga mexanik ishlov berishning unumdorligini oshirish”, 05.02.05–“Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar” ixtisosligi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2666
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor, Po‘latov Toxir Rustambekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kesish jarayonini kompleks diagnostika qilish orqali RDB dastgohlarida murakkab shakldor detallarni frezalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uskunani ishdan chiqquncha ishlash vaqtining davomiyligi va ishdan chiqmasdan ishlash ehtimoliga bog‘liq ravishda real vaqt rejimida tashxislashni hosil bo‘layotgan qirindining o‘lcham va mexanik xossalari asosida ishlab chiqilgan;
silindrik va yuzalarni frezerlash jarayonida frezalarga ta’sir etuvchi kuchlarni tashxislash va yo‘l qo‘yiladigan eng chekka qiymatlarini tanlash hamda hisoblashning matematik modeli ishlov berilayotgan materialning harorat o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
RDB frezerlash dastgoxlarida frezaning eyilishini tashxislash algoritmi freza bilan detal orasida hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarining haroratga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
frezalash jarayonida qarama-qarshi va yo‘l-yo‘lakay frezalashda botiq va qavariq yuzalarga ishlov berishning maksimal ruxsat etilgan qiymatlari keskich ishchi yuzasida hosil bo‘ladigan kuchlarning qiymati asosida aniqlangan;
RDB tizimlari uchun maqbul bo‘lgan chiqib ketish yuzasining geometrik parametrlari hamda chiqib ketish qismining ishlov berilgan yuzaga nisbatan joylashishini va xavfli hududlarga yaqinlashish ko‘rsatkichlari keskichning qoldiq mustahkamlik zaxirasi ko‘rsatgichlari asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. RDB dastgoxlarida murakkab shakldor detallarga mexanik ishlov berishning unumdorligini oshirish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uskunani ishdan chiqquncha ishlash vaqtining davomiyligi va ishdan chiqmasdan ishlash ehtimoliga bog‘liq ravishda real vaqt rejimida tashxislashni «VEN-KON AIR ENGINEERING» XKga joriy qilingan. («O‘zmaxsusmantajqurilish» AJning 9.11.2021 yildagi 01-354/09-11-son ma’lumotnomasi). Ntijada qirqish unumdorligini 5-7% gacha oshgan va yangi uskunani sotib olishga sarflanadigan xarajatlar 8,0-8,2% gacha kamaygan;
silindrik va yuzalarni frezerlash jarayonida frezalarga ta’sir etuvchi kuchlarni tashxislash va yo‘l qo‘yiladigan eng chekka qiymatlarini tanlash hamda hisoblashning matematik modeli «VEN-KON AIR ENGINEERING» XKga joriy qilingan. («O‘zmaxsusmantajqurilish» AJning 9.11.2021 yildagi 01-354/09-11-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berish asboblarining ishlash muddatini 1,2-1,3 martaga oshirish imkonini bergan;
RDB frezerlash dastgoxlarida frezaning eyilishini tashxislash algoritmi «VEN-KON AIR ENGINEERING» XKga joriy qilingan. («O‘zmaxsusmantajqurilish» AJning 9.11.2021 yildagi 01-354/09-11-son ma’lumotnomasi). Natijada frezalarning eyilishga bardoshliligini 25-30% oshirishga imkon bergan.