Zokirova Nargiza Baxodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ona organizmiga pestisidlar surunkali ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlodda gipofizar-tireoid-adrenal tizimning postnatal shakllanishi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib142.
Ilmiy maslahatchi: Tuxtaev Kadir Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Blinova Sof`ya Anatol`evna (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ona organizmiga pestisidlar surunkali ta’sir ettirilgan sharoitda tug‘ilgan avlodda ilk postnatal davrlarda gipofizar-tireoid va gipofizar-adrenal tizim shakllanishining struktur-funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona organizmiga pestisidlar ta’sir etishi sharoitida tug‘ilgan avlodda gipofizar-tireoid-adrenal tizimning endokrin bezlarini postnatal struktur-funksional shakllanish dinamikasi asoslangan;
kam miqdordagi pestisidlarning ona qornida va ilk postnatal davrda ta’sir ettirilgan sharoitda tug‘ilgan avlodda «endokrin-buzuvchi» samaraning rivojlanish konsepsiyasi isbotlangan;
pestisidlar (piretroid pestisid lambda-sigalotrin va benzopirazol pestisid fipronil)ning ona qornida va laktatsion davrlardagi ta’siri avlodda endokrin tizim rivojlanishiga bir xil salbiy ta’sir etishi baholanib, fipronil (vigor)ning salbiy ta’siri, lambda-sigalotrin (titan) ta’siriga nisbatan ancha yaqqolroq ifodalanganligi isbotlangan;
gipotireoz hamda oksidlovchi stress avlod qalqonsimon va buyrak usti bezlari hujayralarida apoptozning kuchayishiga olib kelishi, o‘z navbatida ushbu a’zolarda hujayralar proliferatsiyasi va nobud bo‘lishi jarayonlari orasidagi muvozanat buzilganligini va ularda postnatal shakllanish sur’atlari pasayishining asosiy sabab ekanligi asoslangan;
pestisidlar ta’sirida qalqonsimon va buyrak usti bezlarining postnatal shakllanishidagi aniqlangan struktur-funksional mexanizmlar atrof-muhitning pestisidlar bilan ifloslanish xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda homiladorlar va chaqaloqlarda yashirin zaharli ta’sirlarning oldini olish, tashxislash va davolashning patogenetik tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ona organizmiga pestisidlar surunkali ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlodda gipofizar-tireoid-adrenal tizimning postnatal shakllanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Qalqonsimon bezi faoliyatiga pestisidlarning kam miqdorini toksik ta’sirini samaradroligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 23 apreldagi 8N-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qalqonsimon bezi faoliyatiga pestisidlarning ta’sirini aniqlash va ularning salbiy ta’sirining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Oksidativ stress holatiga pestisidlarning kam miqdordagi toksik ta’sirini baholash» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 23 apreldagi 8N-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma oksidativ stress holatining kelib chiqishida pestisidlar ta’sirini aniqlash va tashxislash hujayralardagi o‘zgarishlarni oldini olish va davolash mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
ona organizmiga pestisidlar surunkali ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlodda gipofizar-tireoid-adrenal tizimning postnatal takomilini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi institutlararo markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 sentyabrdagi 8N-3/21-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi hayotning ilk davrida pestisidlarning toksik ta’sirini erta tashxislash va prognozlash usullarini ishlab chiqishga imkon yaratgan. Bu o‘z navbatida, pestisidlar bilan zaharlanishning ilk ta’sirlarini oldini olish va davolash samardorligini oshirish, nogironlikka olib kelishini 25–35% qisqarishi va davolanishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi hamda homiladorlik yoki ilk bolalik davrida pestisidlar ta’siri sharoitida bo‘lgan bolalarda tug‘ilgandan keyingi uzoq davrda yuzaga keladigan kasalliklarni oldini olish imkonini bergan.