Asraev Usman Nasirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida jadal texnologiya asosida simmental zotiga mansub yosh qoramollarni mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.RhD/Qx360.
Ilmiy rahbar: Kaxorov Abdusattor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand Davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnolgiyasi universitetining Toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibodullaeva Amina Sagdinbaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simmental zotiga mansub sigirlardan mahalliy sharoitida olingan tanalarni jadal usulda to‘la qiymatli ratsion asosida parvarishlashni, o‘sish va rivojlanishiga hamda sut mahsuldorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tajribadagi issiq iqlim sharoitiga moslashtirilgan simmental zotli tanalar oziqlantirish ratsioni 20-30% ga oshirilganligi natijasida tajribadagi tanalarning tirik vazni birinchi urug‘lantirish davrining
15 oyligida 389,7 kg oshgan, nazorat guruhiga nisbatan 65,4 kg yoki 20,2% ga yuqori bo‘lganligi bilan isbotlangan;
Oziqlantirish darajasini oshirish natijasida tajribadagi tanalarning o‘sish va rivojlanish davrida 1 kg tirik vazn o‘stirish uchun oziqa birligi 6,12 kg va sog‘in davrida 1 kg sut ishlab chiqarish uchun 0,84 ozuqa birligi sarflanganligi aniqlangan;
tajribadagi tanalarning pushtdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhidagi tanalar 50 kun oldin sun’iy urug‘lantirilgan va erta buzoq olish sevis davrini 5 kunga qisqartirishga erishilgan;
simmental zotli tanalarni oziqlantirish darajasini oshirish natijasida birinchi tuqqan sigirlarni 100 kun sut berish davrida nazorat guruhidagi tengqurlariga nisbatan 280 kg ko‘p sut sog‘ib olingan. Tajribadagi erta urug‘lantirilgan 15 oylik g‘unajinlardan olingan sutning tan narxi 2027,2 ming so‘m bo‘lganligi va tajriba guruhida o‘rtacha bir bosh hisobiga, nazorat guruhiga nisbatan 5660,2 ming so‘m ko‘p daromad olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorlik darajasi 21,6 % ga oshganligi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Simmental zotli sigirlar urg‘ochi avlodlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
simmental zotli sigirlar urg‘ochi avlodlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish usuli Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi O‘zbekiston Temir yo‘llariga qarashli “Sardoba” naslchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
2021 yil 27 dekabrdagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning sut miqdori 280 kg-ga, yog‘ chiqimi 8,4 kg-ga, bir bosh g‘o‘najindan olingan daromad 2027,7 ming so‘m so‘m sof foyda olingan;
simmental zotli sigirlar urg‘ochi avlodlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish usuli Toshkent viloyati, Ohangaron tumani “Gulobod-meva” sabzabotchilik, mevachilik va chorvachilik xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil
27 dekabrdagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh g‘unajindan olingan daromad 1987,8 ming so‘m sof foyda olingan;
simmental zotli sigirlar urg‘ochi avlodlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish usuli Toshkent viloyati, Qibray tumani “O‘znaslelita” MChJ xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi 02/23-443-son ma’lumotnomasi). Natijada bir bosh g‘o‘najindan 1950,3 ming so‘m sof foyda olingan.