Kuldasheva Farida Xoljigitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati sharoitida asalari oilasiga va mahsulotlariga antropogen omillarning ta’sirini ilmiy asoslash”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx276.
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand Davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnolgiyasi universitetining Toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Qaxramon Jurabekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ruziev Raxmon Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asalarilar biologiyasiga, asalari oilalarining mahsuldorligiga va asalarichilik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlariga antropogen omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Toshkent viloyati sharoitida Karpat zotli asalari oilalarining ekster`eri - xartum uzunligiga, old, orqa qanot kengligi va uzunligiga, qanot kubital` indeksiga, qanot ilmoqchalari soniga, asal qopchasining va ishchi asalarilarning umumiy vazni kabi ko‘rsatkichlariga abiotik omillarining ta’sir darajasi aniqlangan;
asalning fizik – diastaza soni, kislotalik darajasi, zichligi kabi ko‘rsatkichlari sanoatlashgan hududdan olingan asal namunasiga qaraganda tog‘ va tog‘ oldi hududlardan olingan asal namunasida diastaza soni o‘rtacha 38% dan 56% gacha yuqoriligi, kislotalik darajasi 2,0% dan 7,0% ga oshganligi, zichligi esa 9% dan 12% gacha yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
Karpat zotli asalari oilalarining mahsuldorligiga va qishloviga sanoatlashgan hududlarning ta’sir darajasini o‘rganish natijasida perga, ishchi asalari organizmida va asal tarkibidagi og‘ir metallarning – kadmiy, mish`yak, rux, qo‘rg‘oshin, nikel`, misning miqdori oshganligi sababli asalari oilalarining qishloviga salbiy ta’sir qilib, qishki chiqim miqdori 7,2% dan 13,3% gacha oshganligi isbotlangan;
asalari oilalarining xo‘jalik foydali xususiyatlariga va asalarichilik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlariga rangi, xushbo‘yligi, quyuqligi, ta’mi, suv miqdori, diastaza soni, kislotalik darajasi, zichligiga antropogen (sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati) omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida asalari oilalarini sanoatlashgan, ishlab chiqarish korxonalaridan kamida 2 km uzoq masofada saqlash va boqish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati sharoitida asalari oilasiga va mahsulotlariga antropogen omillarning ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Toshkent viloyati Qibray tumani May q.f.y “G’ULOMXO’JA ASALCHILIGI” asalarichilik fermer xo‘jaligida antropogen omillar ta’sirida asalari oilalarining xo‘jalik foydali xususiyatlarini oshirish usullari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 25 fevraldagi №02/23-349 sonli ma’lumotnoma). Natijada I tajriba guruhida har bir oila hisobiga 29,4 kg asal mahsuloti olingan bo‘lib, 508 000 so‘m sof foyda hisobiga rentabellik darajasi esa 76,0% bo‘lganligi isbotlangan;
“TOSHKENT BEE AGRO” asalarichilik oilaviy korxonasida Karpat zotli asalari oilalaridan olingan asalarichilik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari yuqoriligi va ekologik toza asalarichilik mahsulotlari etishtirish usullari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 25 fevraldagi №02/23-349-son ma’lumotnomasi). Natijada asalari oilalaridan ekologik toza asalarichilik mahsulotlarini olish iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini ko‘rsatgan. Tanlab olingan tajriba guruhlarida har bir asalari oilasidan o‘rtacha 25,5 kg tovar asal olingan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 472500 so‘m sof foyda hisobiga rentabellik darajasi 86,2% ga oshganligi isbotlangan;
Shahar va shahar hududiga yaqin maydonlarga joylashtirilgan asalari oilalaridan ekologik toza asalarichilik mahsulotlarini olish “BEE HOUSE SHIFO” MChJ asalarichilik xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 25 fevraldagi №02/23-349 sonli ma’lumotnoma). Natijada tanlab olingan tajriba guruhlarida har bir asalari oilasidan o‘rtacha 15,2 kg tovar asal olingan, har bir asalari oilasidan qo‘shimcha ravishda 99500 so‘m sof foyda olingan bo‘lib rentabellik darajasi 19,5% bo‘lganligi isbotlangan.