Sodiqov Jo‘rabek Sobirboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot ahli-s-sunna” tafsiridagi dinlar va e’tiqodlar tahlili», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Isl58.
Ilmiy rahbar: Sagdiev Habibullo Yodgorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Nigora Jaloliddin qizi, yuridik fanlari doktori; Yulashxodjaev Xaydarxon Xoshimxonovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot ahli-s-sunna” asaridagi turli din va e’tiqodlarga oid ma’lumotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Moturidiy “Ta’vilot ahli-s-sunna” asarida o‘z davridagi dinsizlik ko‘rinishlari har qanday dinni inkor qilish jihatdan bir xil yondoshuvga ega bo‘lsa-da, biroq uslub va qarashlaridan kelib chiqib, ularni uch shakl – Iloh tushunchasini inkor qilish (الإلحاد), olamni azaliy deb bilish (الدهرية) va borliqdagi jarayonlar tabiiy ravishda ro‘y beradi deb ishonish (أصحاب الطبائع) tarzida tasniflagani aniqlangan;
alloma mulhidlarning (الملحدون – Iloh va qiyomatni mavjud emas, deb da’vo qiluvchilar) aqlga tayanuvchi ayrim guruhlari aslida oxiratni to‘liq inkor etmasliklarini ularning “oxiratdagi jazo va mukofot inson tanasiga emas, balki ruhiga berilishi” haqidagi g‘oyalari asosida isbotlagani dalillangan;
Moturidiy o‘zining “Ta’vilot ahli-s-sunna” tafsirini “Kitobu-t-tavhid” (كتاب التوحيد)dan oldin yozganligi “Ta’vilot ahli-s-sunna”da sobiiylik(الصابئون)  dini haqida besh xil taxmin (farishtalar yoki osmon jismlariga sig‘inuvchilar, majusiylar va nasroniylar yoki majusiylar va yahudiylar o‘rtasidagi yoxud zindiqlikka xos e’tiqod) keltirgani, biroq keyinchalik ushbu qarashlarini takomillashtirib, “Kitobu-t-tavhid”da ushbu ta’limotni moniylik asosidagi qo‘shxudolik dini, deb aniq bayon etgani asosida isbotlangan;
alloma Baqara surasidagi “Dinda majburlash yo‘q” oyati tafsirida nafaqat dinga majburlash mumkin emasligi, balki dinni qabul qilganidan keyin ham munofiqlarga o‘xshab qolmaslik uchun amallarni qalb amri bilan bajarish zarurligini ta’kidlagani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot ahli-s-sunna” tafsiridagi dinlar va e’tiqodlar tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Imom Moturidiy “Ta’vilot ahli-s-sunna” asarida o‘z davridagi dinsizlik ko‘rinishlari har qanday dinni inkor qilish jihatdan bir xil yondoshuvga ega bo‘lsa-da, biroq uslub va qarashlaridan kelib chiqib, ularni uch shakl – Iloh tushunchasini inkor qilish (الإلحاد), olamni azaliy deb bilish (الدهرية) va borliqdagi jarayonlar tabiiy ravishda ro‘y beradi deb ishonish (أصحاب الطبائع) tarzida tasniflagani aniqlangani haqidagi ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 16 maydagi 02/246-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Imom Moturidiy tafsirining o‘ziga xos tomonlari hamda undagi turli e’tiqodlarga oid nodir ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlarning alloma ilmiy merosi haqidagi tasavvurlari kengayishiga xizmat qilgan;
alloma mulhidlarning (الملحدون – Iloh va qiyomatni mavjud emas, deb da’vo qiluvchilar) aqlga tayanuvchi ayrim guruhlari aslida oxiratni to‘liq inkor etmasliklarini ularning “oxiratdagi jazo va mukofot inson tanasiga emas, balki ruhiga berilishi” haqidagi g‘oyalari asosida isbotlagani dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan buyurtma asosida chop etilgan “Islom ensiklopediyasi”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 30 maydagi 02-03/4242-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy jamoatchilikning “Ta’vilot ahli-s-sunna”da qayd etilgan turli firqalar, ularni o‘rganishning bugungi kundagi  ahamiyati haqidagi bilimlarining oshishiga erishilgan; 
Moturidiy o‘zining “Ta’vilot ahli-s-sunna” tafsirini “Kitobu-t-tavhid” (كتاب التوحيد)dan oldin yozganligi “Ta’vilot ahli-s-sunna”da sobiiylik(الصابئون)  dini haqida besh xil taxmin (farishtalar yoki osmon jismlariga sig‘inuvchilar, majusiylar va nasroniylar yoki majusiylar va yahudiylar o‘rtasidagi yoxud zindiqlikka xos e’tiqod) keltirgani, biroq keyinchalik ushbu qarashlarini takomillashtirib, “Kitobu-t-tavhid”da ushbu ta’limotni moniylik asosidagi qo‘shxudolik dini, deb aniq bayon etgani asosida isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 26 maydagi 01-07/81-raqamli dalolatnomasi). Buning natijasida kitobxonlar alloma asarlarining qiyosiy tahliliga oid yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirilgan;
alloma Baqara surasidagi “Dinda majburlash yo‘q” oyati tafsirida nafaqat dinga majburlash mumkin emasligi, balki dinni qabul qilganidan keyin ham munofiqlarga o‘xshab qolmaslik uchun amallarni qalb amri bilan bajarish zarurligini ta’kidlagani ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tizimli dasturlari doirasida Imom Moturidiy ilmiy merosiga oid ko‘p qismli eshittirishlar stenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 maydagi 763-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilikning moturidiylikka xos diniy bag‘rikenglik va hurfikrlik g‘oyalari borasidagi bilimlari yuksalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish