Jamilova Bashorat Sattorovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkurning yangilanish omillari va tamoyillari)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil311.
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori; Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkur  yangilanishining yetakchi xususiyatlari, ijtimoiy-ruhiy ehtiyoji, muhim omillari, asosiy tamoyillari va davriy bosqichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanishining milliy, madaniy, adabiy, diniy va tarixiy qadriyatlar tiklanishi bilan uzviy bog‘liqligi, uni ehtiyojga aylantirgan ichki va tashqi, ijtimoiy-psixologik, tarixiy-madaniy omillar, badiiy qonuniyatlar, yetakchi tamoyillar aniqlangan;
hozirgi bolalar she’riyatida shakl va mazmunning poetik yangilanishiga olib kelgan janriy-uslubiy izlanishlar, motiv hamda obrazlar takomili, badiiy-estetik vazifalari ignabarglar, ikkiliklar, uchchanoqlar, badiiy detal` darajasiga ko‘tarilgan predmetlar shakliy va grafikli ifodasi misolida dalillangan;
bolalar nasri va dramaturgiyasida poetik tafakkur yangilanishiga zamin yaratgan omillar, avtobiografik va biografik qissalar, bolalarbop hikoyalar, pesalarning badiiy-kompozision hamda uslubiy o‘ziga xosliklari, bayon usuli, narratologiyaning ko‘rinishlari, vazifalari ochib berilgan;
hozirgi bolalar adabiyotida poetik tafakkur tadrijining davriy bosqichlari tasniflanib, bolalar she’riyati, nasri, dramaturgiyasi janrlari kesimida badiiy tafakkur yangilanishiga fol`klor, mumtoz va jahon adabiyotining ta’siri qiyosiy-tipologik jihatdan asoslangan;
bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanishi hodisasining tadrijiy takomil bosqichlari mifologik, epik, badiiy-estetik tafakkur bilan genetik aloqadorligi, xalq tafakkuri bag‘rida shakllangani, ijodkor va bola tafakkuri, ruhiyatining o‘ziga xos jihatlari fol`klorizm, mifologizm, psixologizmlar asosida isbotlangan;
o‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanish bosqichlari XX asrning 10, 30, 60 va 80-yillari, istiqlol davri tarzida davrlashtirilib, shu asosda o‘zbek bolalar adabiyotining bir asrlik tarixidagi poetik tafakkur yangilanishining tarixiy-tadrijiy tamoyillari, ularda qo‘llanilgan tamsiliy ifodalar, janriy xilma-xillikning lingvokreativ, lingvosemantik, lingvopoetik jihatlari belgilab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkurning yangilanish omillari va tamoyillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanishining roli, ahamiyati, uni ehtiyojga aylantirgan ichki va tashqi, ijtimoiy-psixologik, tarixiy-madaniy omillar, badiiy qonuniyatlar, yetakchi tamoyillariga oid ilmiy-nazariy qarashlaridan Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017 – 2020) fundamental ilmiy loyihani  bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 14 dekabrdagi 17.01/43-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyoti va unda poetik tafakkurning bola va ijodkor tafakkuri sifatida namoyon bo‘lishi, yangilanish ehtiyoji, omillari, tamoyillarini aniqlash, o‘zbek bolalar she’riyati, qissachiligida psixologizm, fol`klorizm talqinlarini dalillash, bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanishiga fol`klor, jahon adabiyotining ta’sirini ochish uchun keltirilgan xulosa va natijalar qoraqalpoq bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlarini ham belgilab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan;
bolalar she’riyatida shakl va mazmunning poetik yangilanishiga olib kelgan janriy-uslubiy izlanishlar, motiv hamda obrazlarning takomili, badiiy-estetik vazifalari, ignabarglar, ikkiliklar, uchchanoqlar, badiiy detal` darajasiga ko‘tarilgan predmetlarning shakliy va grafikli ifodasiga oid hamda lingvokreativ, lingvosemantik, lingvopoetik jihatlari belgilab berilgan  materiallaridan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Ilmlar akademiyasi Nasimiy nomidagi Tilshunoslik institutida bajarilgan №1-147 “Ozarbayjon-o‘zbek-turkman tilshunosligining nazariy masalalari” (2016-2020) fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Tilshunoslik institutining 2022 yil 5 apreldagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyotining badiiy-estetik va janr barkamolligini yaratishda poetik obrazlar yangilanishi haqidagi umumiy xulosalar loyihadagi o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot xususiyatlarini tadqiq etishga xizmat qilgan; 
hozirgi davr bolalar adabiyoti taraqqiyotida xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz adabiyoti, jahon bolalar adabiyoti namunalari ijodiy manba bo‘lib xizmat qilgani qiyosiy-tipologik aspektda aniqlangan materiallari va xulosalaridan Buxoro davlat universiteti 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari uchun “Bolalar adabiyoti” darsligi hamda “Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar” o‘quv lug‘atini tayyorlashda va uni vazirlik grifi asosida chop etib, o‘quv jarayoniga joriy qilishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 10 yanvardagi 002-son ma’lumotnomasi). Natijada 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavrlari uchun O.Safarov va R.Barakaev bilan hammualliflikdagi “Bolalar adabiyoti” (vazirlik grifi №356-060. 18.08.2021. – Buxoro: Durdona, 2021) darsligi chop etilgan va o‘quv jarayoniga joriy qilingan, oliy ta’limda boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini o‘qitishning ilmiy-metodik samaradorligini oshirish imkonini kengaytirishga erishilgan; 
hozirgi davr bolalar adabiyotida poetik tafakkur yangilanishlarining tadriji va takomili ijtimoiy-ma’naviy, adabiy-estetik va adabiy aloqalar ta’sirida kechganligi asoslangan materiallari va xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 5 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanish asoslari, taraqqiyot omillari, janrlar tizimi va tarkibi, unda poetik tafakkurning yangilanish bosqichlari, yetakchi tamoyillari, ko‘zga ko‘ringan shoir va yozuvchilarning ijodiy faoliyati, badiiy mahorati haqida to‘garak a’zolarining bilimi oshirilishiga erishilgan;
bolalar shoir va yozuvchilarning asarlari, ijodiy merosi bilan bog‘liq qiziqarli tahliliy materiallaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 yanvardagi 1/3-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlarni tayyorlashda yosh teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Ularning qiziqishi oshirilib, teleko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan hamda ilmiy-ommaboplik xususiyati kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish