Agzamova Muxabbatxon Mirtaxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn Jarir at-Tabariyning “Tarix ar-rusul val-muluk” asari islom tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manba”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar49.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxidjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlari doktori (DSc); Muhammadaminov Saidakbar Abdurashidovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Jarir Tabariy “Tarix ar-rusul val-muluk” asarining ilk islom tarixini o‘rganishdagi dastlabki manba ekanligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Ibn Jarir Tabariy “تاريخ الرسل و الملوك” (Tarix ar-rusul va-l-muluk) asarida jahonning qadimiy sivilizatsiya markazlari hisoblangan Vizantiya, Rim hamda Fors tarixiy manbalaridan foydalanib, o‘sha davrda arablardagi “Ayyom al-arab” (أيام العرب), “Nasabnoma” (أنساب), “Siyar va mag‘oziy” (السير والمغازي)lar bilan birga og‘zaki rivoyatlarni ham qayd qilish orqali islom tarixnavisligiga asos solgani isbotlangan;
Odam Atoning yaratilishi (خلق آدم) va erga tushirilishi, Muso (a.s.) va Yusuf (a.s.) singari payg‘ambarlar tarixi bayonida muallifning oyatlar tafsiriga oid hadislar bilan birgalikda ahli kitoblarning (اهل الكتاب) rivoyatlarini ham keltirishi natijasida “Tarix ar-rusul va-l-muluk” asari Qur’onda keltirilgan qissalarni batafsil bilishda muhim manba deb qabul qilinishiga sabab bo‘lgani aniqlangan; 
asarda tarixiy voqealarning izchil va tizimli bayon etilishi uning islom tarixida yangi soha – xronologiya (التسلسل الزمني الاسلامي)ning paydo bo‘lishi va shakllanishiga xizmat qilgani dalillangan;
alloma o‘z davridagi hadis ilmida mavjud bo‘lgan “الإسناد” (roviylar silsilasi)ni islom tarixnavisligiga olib kirish orqali tarixiy kitoblarda roviylar ismlarining to‘liq va uzviylikda keltirilishi bilan bog‘liq yangi uslubning joriy qilinishiga xizmat qilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn Jarir Tabariy “Tarix ar-rusul val-muluk” asari – islom tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manba mavzuida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Ibn Jarir Tabariy “تاريخ الرسل و الملوك” (Tarix ar-rusul va-l-muluk) asarida jahonning qadimiy sivilizatsiya markazlari hisoblangan Vizantiya, Rim hamda Fors tarixiy manbalaridan foydalanib, o‘sha davrda arablardagi “ayyom al-arab” (أيام العرب), “nasabnoma” (أنساب), “siyar va mag‘oziy” (السير والمغازي)lar bilan birga og‘zaki rivoyatlarni ham qayd qilish orqali islom tarixnavisligiga asos solgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 17 yanvardagi 02/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Jarir Tabariyning islom tarixini yoritishga doir metodlarini o‘rganish, ularni tahlil etish va keng jamoatchilikka etkazishga erishilgan;
Odam Atoning yaratilishi (خلق آدم) va erga tushirilishi, Muso (a.s.) va Yusuf (a.s.) singari payg‘ambarlar tarixi bayonida muallifning oyatlar tafsiriga oid hadislar bilan birgalikda ahli kitoblarning (اهل الكتاب) rivoyatlarini ham keltirishi natijasida “Tarix ar-rusul va-l-muluk” asari Qur’onda keltirilgan qissalarni batafsil bilishda muhim manba deb qabul qilinishiga sabab bo‘lgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “Islomshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 20 yanvardagi 02-03/364-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi talabalarda “Tarix ar-rusul val-muluk” asari islom tarixining shakllanishiga oid asosiy manbalardan ekani to‘g‘risidagi tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
asarda tarixiy voqealarning izchil va tizimli bayon etilishi uning islom tarixida yangi soha – xronologiya (التسلسل الزمني الاسلامي)ning paydo bo‘lishi va shakllanishiga xizmat qilgani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosidagi “Islomshunoslik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i). Natijada, talabalarda Ibn Jarir Tabariyning “Tarix ar-rusul val-muluk” asarida keltirilgan ko‘plab ma’lumotlar keyingi davr muarrixlari uchun asosiy manba vazifasini o‘tagani haqida tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
alloma o‘z davridagi hadis ilmida mavjud bo‘lgan “الإسناد” (roviylar silsilasi)ni islom tarixnavisligiga olib kirish orqali tarixiy kitoblarda roviylar ismlarining to‘liq va uzviylikda keltirilishi bilan bog‘liq yangi uslubning joriy qilinishiga xizmat qilgani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 21 yanvardagi 39/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, VIII-IX asrga doir Mavorounnahr tarixini yoritishda “Tarix ar-rusul val-muluk” asari – islom tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manba” ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan keng ommani tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish