Pazilova Meruert Ermekbaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ajdodlarimiz merosini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped253.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor,  Riskulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ajdodlarimiz merosini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari faollikning o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik, mustaqil faoliyatga ko‘rsatishga intilish, topshiriqlarni bajarishga ongli yondashish, o‘qish va o‘rganishning tizimli xarakter kasb etishi, o‘zini shaxsiy darajasini ko‘ra olishga intilishi kabi komponentlari bilan o‘quv faolligining ichki va tashqi yo‘nalishlardagi integratsiyasini real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘qitishning ob’ektiv va sub’ektiv metodlari hamda prinsiplarini  ajdodlarimiz asarlarida shaxsni bilishga undovchi g‘oyalar bilan semantik aloqasini ta’minlash orqali   aniqlashtirilgan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga doir bosqichlar asosida bilish faoliyati va bilish qobiliyati bilan bog‘liq hissiy-irodaviy, refleksiv-baholovchi kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi ta’riflash, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan pedagogik operatsiyalar tizimi ishlab  chiqilgan;
ajdodlarimiz  merosi tavsifi asosidagi tarixiy va zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirgan holda talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi mustaqil ijodiy faoliyat jarayonlarini tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
kredit-modul` tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda ajdodlarimiz merosini o‘rganishga doir mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari bilimlarni kognitiv qabul qilish, refleksiyalash, ruhiy imkoniyatlarini kengaytirish, yondoshuvlarni imitatsiyalash faoliyati tizimlilik, izchillik g‘oyalarini generatsiyalash, aqliy faollikka undash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida vaqt me’yorlari doirasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajdodlarimiz merosini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlariga oid tadqiqot natijalari asosida:
talabalar o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik hususiyatlari faollikning komponentlari bilan o‘quv faolligining ichki va tashqi yo‘nalishlardagi integratsiyasini real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-130-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari ta’lim oluvchilarning bilishga doir qiziqishlari, motivlari va ehtiyojlarini rivojlantirishga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘qitishning ob’ektiv va sub’ektiv metodlari (ishontirish, tushuntirish, ma’lumotlar bilan qurollantirish) bilan prinsiplari (muammolilik, amaliy topshiriqlarni muvofiqlashtirish, tadqiqotlar o‘tkazish, mustaqil ta’lim olish, birgalikda o‘rganish, individual o‘qitish, muvaffaqiyatga undash) ajdodlarimiz asarlarida shaxsni bilishga undovchi asosiy g‘oyalar bilan semantik aloqasini ta’minlash orqali aniqlashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalaridan “Andragogika” darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 106-131-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarda bilimlarni kognitiv qabul qilish, refleksiyalash, ruxiy imkoniyatlarini kengaytirish, yondashuvlarni imitatsiyalash faoliyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kredit-modul` tizimida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishda ajdodlarimiz merosini o‘rganishga doir mustaqil ishlarni tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari bilimlarni kognitiv qabul qilish, refleksiyalash, ruhiy imkoniyatlarini kengaytirish, yondoshuvlarni imitatsiyalash faoliyati tizimlilik, izchillik g‘oyalarini generatsiyalash, aqliy faollikka undash tamoyillariga ustuvorlik berish asosida vaqt me’yorlari doirasida takomillashtirishga oid takliflardan FZ-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modefikatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarish doirasida yaratilgan “Pedagogik ensiklopediya”ning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 15 dekabrdagi 01/15-09/187-son ma’lumotnomasi). Natijada “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Xalq pedagogikasi”, “Andragogika” fanlarini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga doir bosqichlar asosida bilish faoliyati va bilish qobiliyati bilan bog‘liq hissiy-irodaviy, refleksiv-baholovchi kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi ta’riflash, tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan pedagogik operatsiyalar tizimi ishlab  chiqishga oid taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2016-2019 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 15 dekabrdagi 01/15-09/187-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning qiziqishlari, motivlari, axloqiy sifatlarini, madaniy va ma’naviy dunyoqarash va ehtiyojlarini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish