Safarova Tumaris Rustamkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Etnomadaniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari”, 09.00.02 – “Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat falsafasi va madaniyatshunoslik)” (falsafa fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal298.
Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukaram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abilov Urol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi etnomadaniy turizmning genezisi, ijtimoiy funksiyalari, iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat ijtimoiy-madaniy rivojining introvertiv va ekstrovertiv mohiyati va xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yuksaltirishda etnomadaniy turizmning inson onggi va tafakkuriga ta’siri, turmush tarzidagi o‘zgarishlar sababli ilmiy-texnikaviy sivilizatsiya bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
etnomadaniy turizmni rivojlantirishda ziyorat va etnoturizmning amaliy jihatdan madaniy kompetentlikka erishishdagi yangi tizimni yaratishdagi roli, tabiatni asrash va saqlashda ekologik va agro turizmni invayromental va koevolyusion jihatdan takomillashtirishning turistik resurslardan intellektual jihatdan maqsadli foydalanishdagi madaniy integrasiyaga asoslangan hayotiy tajribalar orttirishning mental xususiyatlari asoslangan;
etnomadaniy turizmni rivojlantiruvchi qadriyat, merosni aks ettiruvchi aksiologik va inson ehtiyoji kabi antropologik omillarning jamiyat taraqqiyotining in’ikosi bo‘lganligi sababli madaniyatlararo dialog, xalqlarning o‘zaro hurmatni va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish usuli ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy etnologiya va zamonaviy etnointegratsiya bilan uyg‘unligini ta’minlashda tizimlilikka erishish sababli antikvarizm va prezentizm tamoyillariga rioya qilish, dunyo xalqlari uchun milliy demografik xilma-xillikni aks ettirgan yangi madaniy makonni yaratishning ijtimoiy zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Etnomadaniy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy omillari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyat ijtimoiy-madaniy rivojining introvertiv va ekstrovertiv mohiyati va xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yuksaltirishda etnomadaniy turizmning inson onggi va tafakkuriga ta’siri, turmush tarzidagi o‘zgarishlar sababli ilmiy-texnikaviy sivilizatsiya bilan bog‘liqligiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasining ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yo‘l xaritasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 02-16/2473-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining milliy turizmni kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini muvofiqlashtirish, mintaqalarda turizmning yangi yo‘nalishlarini tashkil etish, turizm xizmatlari bo‘yicha rejalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
etnomadaniy turizmni rivojlantirishda ziyorat va etnoturizmning amaliy jihatdan madaniy kompetentlikka erishishdagi yangi tizimni yaratishdagi roli, tabiatni asrash va saqlashda ekologik va agro turizmni invayromental va koevolyusion jihatdan takomillashtirishning turistik resurslardan intellektual jihatdan maqsadli foydalanishdagi madaniy integrasiyaga asoslangan hayotiy tajribalar orttirishning mental xususiyatlariga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» va «O’zbekiston tarixi» telekanallari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 maydagi 01-35-834-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari «O’zbekiston» telekanalining «Munosabat» ko‘rsatuvi va «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Mavzu», «Etno» va «Taqdimot» ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozish va ko‘rsatuvlarning ilmiy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
etnomadaniy turizmni rivojlantiruvchi qadriyat, merosni aks ettiruvchi aksiologik va inson ehtiyoji kabi antropologik omillarning jamiyat taraqqiyotining in’ikosi bo‘lganligi sababli madaniyatlararo dialog, xalqlarning o‘zaro hurmatni va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish usuli ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4307-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturining «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari» nomli V bobning 21-bandi «Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tarixiy yodgorliklarni keng targ‘ib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va ijobiy imidjini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlash» hamda mazkur dasturning «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar» nomli VIII bobining 34-bandi «O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish» mavzularda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 7 apreldagi 02/07-344-son ma’lumotnomasi). Natijada moddiy meros ob’ektlari joylashgan hududlar bo‘yicha kataloglar, gidlarga turizm tarixiga oid ma’lumotlar yig‘ilgan uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning amaliy etnologiya va zamonaviy etnointegratsiya bilan uyg‘unligini ta’minlashda tizimlilikka erishish sababli antikvarizm va prezentizm tamoyillariga rioya qilish, dunyo xalqlari uchun milliy demografik xilma-xillikni aks ettirgan yangi madaniy makonni yaratishning ijtimoiy zaruriyatiga oid ilmiy xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy kengashining turistik infratuzilmasini takomillashtirish, turistik xizmatlar ko‘rsatilishi sohasiga ilg‘or jahon standartlarini joriy etish bo‘yicha shakllantirishga oid loyihalarida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2021 yil 24 martdagi 01-27/266-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning turizmni rivojlantirishdagi tashqi va ichki servis xizmat ko‘rsatish shohobchalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va tadbirkorlarning turizm servisini rivojlantirishga oid tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.