Ermatov Ixtiyor Rizoqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Terminologiya tizimida gipero-giponimik va ekvonimik munosabatlar (tilshunoslik terminlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil205.
Ilmiy maslahatchi: Abduvali Berdialiev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilshunoslik terminlari tizimidagi gipero-giponimik, ekvonimik va ularga yondosh boshqa mantiqiy-lisoniy munosabatlarning mushtarak va farqli jihatlarini ochib berish, terminlar tizimidagi semantik munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida tilshunoslik terminlarining mantiqiy va lisoniy bog‘liqlikdagi tashqi qatlamini tavsiflovchi mikro-, medio-, makroqurilmalar asosida terminlarning gipero-giponimiya, ekvonimiya kabi funksional-semantik jihati aniqlangan;
qarama-qarshi ma’noli lug‘aviy birliklarni terminologik tizimda antonimlar emas, terminning differensial belgisiga ko‘ra ekvonim lug‘aviy birliklar termini bilan nomlash asoslangan;
leksemalarning muayyan denotatsiyasiga xoslangan nominativ ma’nosi tilshunoslik terminlarining gipero-giponimik munosabati asosida mikroqurilma tizimini tashkil etishi asoslangan;
leksik qatlamning medioqurilma xarakteridagi tilshunoslik terminlarining ichki omonimiya, tashqi omonimiya, giperonimiya, giponimiya, graduonimiya, partonimiya kabi funksional-semantik jihatlari hamda ularning lug‘aviy-mazmuniy guruh va lug‘aviy-mazmuniy maydon negizida makroqurilmani tashkil etishi dalillangan;
turli sathdagi tilshunoslik terminlarining o‘zaro tizimli gipero-giponimik, ekvonimik, graduonimik, partonimik munosabatlari hamda ularning ma’no va mazmun mutanosibligi, shakliy birliklar miqdorining ma’noviy birliklar miqdoriga tengligi asoslangan.
tilshunolikda ekvonimiya hodisasi turli sathdagi tilshunoslik terminlarining ekvonimik munosabatlarini yuzaga chiquvchi semantik aloqa ekanligi mikro-, medio- va makroqurilmalar doirasida aniqlangan.
tilshunoslik terminlari misolida terminlarning tur-tur munosabati asosida giponimiya va ekvonimiya hodisalarining kesishuvi yuzaga chiqib, sinkretik birlikka aylanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Terminologiya tizimida gipero-giponimik, ekvonimik va graduonimik munosabatlarni o‘rganish asosida:
o‘zbek tilshunoslik terminlari leksik-semantik bog‘lanishlarining giponim, giperonim, ekvonim hodisalari tavsifi, tahlili, ularning o‘zaro munosabatlari va echimi yuzasidan amalga oshirilgan tahlil natijalari hamda umumiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 14 apreldagi 17-02/88-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari giponim, giperonim, ekvonim, graduonim, partonim kabi yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
tilshunoslikka doir leksik-funksional hodisalarga kiruvchi tilshunoslik terminlarida gipero-giponimik munosabatlar hosil qilishda terminlarning ishtirok etishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzudagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2022 yil 14 apreldagi 17-02/88-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari maqol va matallardagi gipero-giponimik, ekvonimik, partonimik, graduonimik hodisalarga oid ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘zbek tili terminologiyasining leksikografik talqini bilan bog‘liq muammolar echimiga doir taklif-tavsiyalari, o‘zbek tilining maxsus izohli lug‘atida terminologik gipero-giponimiya izohlanishi va uni takomillashtirish hamda termin va so‘z munosabati bilan bog‘liq tavsiya va xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 12 apreldagi 01/4-657-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari giperonimiya, giponimiya, ekvonimiya, graduonimiya, partonimiya kabi leksikologiya uchun ham muhim bo‘lgan yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘zbek tilshunoslik terminlarining qo‘llanishi, tilshunoslik terminlari izohlaridan, ularni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalardan, termin va so‘z, termin va tushuncha munosabati, o‘zbek tilshunoslik terminologiyasida gipero-giponimik va ekvonimik munosabatlarga oid ilmiy xulosalardan Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining «Til bor – millat yashaydi» ruknidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 oktyabrdagi 742-son va viloyat teleradiokompaniyasi Radio bosh muharririyatining 2020 yil 15 oktyabrdagi 741-son ma’lumotnomalari). Tadqiqot natijalarining ma’naviy hayotga tatbiq etilishi bilan ko‘rsatuv va radioeshittirishlar ssenariylarining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.