Djafarova Dildora Ilxomovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fransuz va o‘zbek tillarida tarixiy xotirani ifodalovchi frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil172.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muminova Aziza Arslanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillarida frazeologiyaning xalqlar tarixi bilan umumiy bog‘liqligini izohlash hamda “tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklarni chog‘ishtirilayotgan tillar misolida lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklarning ijtimoiy, lisoniy, madaniy xususiyatlari hamda iboralarga xos bo‘lgan tarixiy mazmun ifodasi bilan bog‘liq til tizimining ijtimoiy-madaniy xarakterdagi omillar xotira turlari asosida isbotlangan;
turli oilaga mansub ikki til doirasida xalqlar tarixi, urf-odatlari, madaniyati va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi “tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklarning paydo bo‘lish sabablari millat aqidalari, marosimlar, an’analar va urf-odatlar, bayramlar, turli o‘yinlar, o‘yin-kulgi, badiiy asarlar, ommabop kinolar, qo‘shiqlar, fol`klor va badiiy adabiyot obrazlari, mifologiya, etnosiyosiy voqelik, ramziylik bilan bog‘liqligi dalillangan;
fransuz tilida o‘zbek tiliga qaraganda mamlakatning siyosiy tarixini targ‘ib qilish, ommaviy chiqishlari tarixiy, yorqin va unutilmas tasvirlar bilan to‘la bo‘lib, shu tasvirlar va voqealar sababli fransuz tilida siyosiy voqealarga bog‘liq “tarixiy xotira”ni ifodalovchi frazeologik birliklarning davlat tashkilotlari va siyosiy institutlarning nomlanishi, davlat boshqaruv shakli, siyosiy tuzumni tavsiflovchi frazeologik birliklar, rasmiy davlat ramzlarining nomlanishiga oid frazeologik birliklarning ko‘p uchrashi isbotlangan;
tarixiy voqealar, tarixiy afsonalar, latifalar, tarixiy shaxslar nomi, toponim komponentli frazeologizmlar, uzoq o‘tmish faktlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idishlar, musiqa, kiyim-kechaklar, ichimliklar, inson ta’na a’zolari, oziq-ovqat, o‘lchov va vazn birliklari, harbiy voqelik, ilmiy texnik ixtirolar va ixtirochilar ishtiroki asosida vujudga kelgan frazeologik iboralar mavjudligi fransuz va o‘zbek tillari doirasida dalillangan;
“tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklar tarkibidagi arxaik leksikaning tarixiy-semantik xususiyatlarini ifodalash, iboralarning paydo bo‘lishida davrlardagi falsafiy va tarixiy an’analarning ijtimoiy-madaniy holatiga oid frazeologik birliklarni shakli va mazmunini tushunishga yordam beradigan tarixiy va madaniy komponentlarni tadqiq qilish, frazeologik birliklarni shakllanish jarayonida tarixiy afsonalar, tarixiy joy nomlari, milliy-madaniy marosimlar, urf-odatlar, an’analar, tarixiy qahramonlar, tarixiy shaxslar nomlari, tarixiy voqealarning rolini tarixiy xotira bilan bog‘lash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz va o‘zbek tillarida “tarixiy xotira”ni ifoda etuvchi frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklarning ijtimoiy, lisoniy, madaniy xususiyatlari hamda iboralarga xos bo‘lgan tarixiy mazmun ifodasi bilan bog‘liq til tizimining ijtimoiy-madaniy xarakterdagi omillar xotira turlari xususidagi xulosalardan Erasmus + dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-983-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada badiiy matn tarjimasining lingvomadaniy jihatlari, shuningdek, madaniyatlararo kommunikatsiyani shakllantirishda badiiy tarjimaning ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy ishlanmalarni boyitishga erishilgan;
turli oilaga mansub ikki til doirasida xalqlar tarixi, urf-odatlari, madaniyati va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi “tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklarning millat aqidalari, marosimlar, an’analar va urf-odatlar, bayramlar, turli o‘yinlar, o‘yin-kulgi, badiiy asarlar, ommabop kinolar, qo‘shiqlar, fol`klor va badiiy adabiyot obrazlari, mifologiya, etnosiyosiy voqelik, ramziylik bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) bakalavriat yo‘nalishida mavjud mamlakatshunoslik o‘quv dasturi asosida yaratilgan “Civilisation avant et aujourd’hui” darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-983-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikda fransuz va o‘zbek tillarida tavsiya etilgan matnlar hamda mashqlarda qo‘llanilgan “tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklar muloqot jarayonida talabalarga chet tilini o‘rgatishda muhim ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qilgan;
fransuz tilida o‘zbek tiliga qaraganda mamlakatning siyosiy tarixini targ‘ib qilish, ommaviy chiqishlari tarixiy, yorqin va unutilmas tasvirlar bilan to‘la bo‘lib, shu tasvirlar va voqealar sababli fransuz tilida siyosiy voqealarga bog‘liq “tarixiy xotira”ni ifodalovchi frazeologik birliklarning davlat tashkilotlari va siyosiy institutlarning nomlanishi, davlat boshqaruv shakli, siyosiy tuzumni tavsiflovchi, rasmiy davlat ramzlarining nomlanishiga oid frazeologik birliklarga oid natijalardan “Alliance-Française” 2019 yil 24 mart kunlari Toshkentdagi Fransuz Al`yansi Fransiyadagi Sorbon Nuvel Parij 3 universiteti hamda Tarjimonlar tayyorlash oliy maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro master klassda foydalanilgan (Toshkent-Fransuz Alyansining 2021 yil 18 oktyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro tarjimonlar bilan tarjima muammolari doirasida o‘tkazilgan masster klassning mukammal bo‘lishiga erishilgan;
tarixiy voqealar, tarixiy afsonalar, latifalar, tarixiy shaxslar nomi, toponim komponentli frazeologizmlar, uzoq o‘tmish faktlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idishlar, musiqa, kiyim-kechaklar, ichimliklar, inson ta’na a’zolari, oziq-ovqat, o‘lchov va vazn birliklari, harbiy voqelik, ilmiy texnik ixtirolar va ixtirochilar ishtiroki asosida vujudga kelgan frazeologik iboralar mavjudligiga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) granti doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-983-son ma’lumotnomasi). Natijada katalog va qo‘llanmalarni tarjima qilishda, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarning samaradorligini oshirishga erishilgan;
“tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklar tarkibidagi arxaik leksikaning tarixiy-semantik xususiyatlarini ifodalash, iboralarning paydo bo‘lishida davrlardagi falsafiy va tarixiy an’analarning ijtimoiy-madaniy holatiga oid frazeologik birliklarni shakli va mazmunini tushunishga yordam beradigan tarixiy va madaniy komponentlarni tadqiq qilish, frazeologik birliklarni shakllanish jarayonida tarixiy afsonalar, tarixiy joy nomlari, milliy-madaniy marosimlar, urf-odatlar, an’analar, tarixiy qahramonlar, tarixiy shaxslar nomlari, tarixiy voqealarning rolini tarixiy xotira bilan bog‘liq tavsiyalardan foydalanilgan (Toshkent-Fransuz Alyansining 2021 yil 18 oktyabrdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda o‘zbek tilining rivoji, o‘zbek millatining urf-odatlari, “tarixiy xotira”ga oid frazeologik birliklar tarkibida mavjud udumlar, an’analarni atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan;
ekstralingvistik omillar ta’sirida fransuz tilida tarixiy joy nomlari, siyosiy voqea nomlari, ramziylik bilan ifodalangan iboralar o‘zbek tiliga qaraganda ko‘p uchrashiga oid xulosalardan 2017-2019 yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha chet tilini o‘rganish baholash sifatining shakl va tamoyillariga zamonaviy yondashuv” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 89-01-983-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima jarayonida frazeologik birliklar, tarixiy xotiraga oid iboralarni tahlil qilish, ularning to‘g‘ri muqobil variantlarini qo‘llash, tahlil qilish hamda milliy va madaniy o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish