Alautdinova Kamola Shomansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida logistika sohasiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1441.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saidkodirova Dilfuzaxon Saidkodirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida logistika sohasiga oid terminlarning struktur va semantik jihatlarini aniqlash hamda abbreviaturalarning yasalishi, lug‘atlarda berilishi va izohlanishiga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
termin va terminologiyaga oid tadqiqotlar sharhlangan hamda logistika sohasiga oid terminlarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, termin tushunchasiga berilgan ta’rif qo‘shimcha izoh bilan to‘ldirilganligi asoslangan;
logistika sohasi terminologik maydoniga oid 9 ta guruh bilan bir qatorda, kiberlogistika (onlayn logistika) va revers logistika kabi guruhlar mavjudligi zamonaviy yondashuv asosida isbotlangan; 
chog‘ishtirilayotgan tillarda logistika sohasiga oid terminlarning strukturasiga ko‘ra tub, affiksal (ingliz tilida prefiksal-suffiksal, o‘zbek tilida suffiksal) turlari, komponentlar soniga ko‘raga har ikki tilda ko‘p komponetli terminlarning faolligi, ingliz tilida predlogli birikmalardan tashkil topgan terminlarning miqdori ko‘pligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida logistika terminlarining sinonimik munosabatlarida o‘zbek tilida dubletlik holatlari, ingliz tilida funksional sinonimlar va variantlilik, antonimik munosabatlarda konversiv; vektor va gradual ko‘rsatkichli terminlarning mavjudligi, terminlar omonimiyasining sohalararo va sohadan tashqari hamda polisemantik birliklarning har ikki tilda ma’no va son jihatdan bir xilliligi asoslangan;
logistikaga oid abbreviaturalarning kelib chiqish manbalariga ko‘ra mavjud 8 ta guruhiga yangi grafik tavtologik, omofonetik va son komponentli turlarini qo‘shish taklif etilgan hamda sohaga oid terminlarning poligrafik lug‘atlarda alifbo tartibida komponentlarning soniga va terminologik maydoniga asosan, elektron ilovalarda esa alifbo-uyali tartibda joylashtirish maqsadga muvofiqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida logistika terminlarining shakllanishi, rivojlanishi, struktur-semantik va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
termin va terminologiyaga oid tadqiqotlar sharhlangan hamda logistika sohasiga oid terminlarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda termin tushunchasiga berilgan ta’rif qo‘shimcha izoh bilan to‘ldirilganligi, logistika sohasi terminologik maydoniga oid 9 ta guruh bilan bir qatorda, kiberlogistika (onlayn logistika) va revers logistika kabi guruhlar mavjudligi va «O‘zbekiston» nashriyoti tomonidan chop etilgan «INGLIZ-O‘ZBEK-RUS TILLARI LOGISTIKA TERMINLARINING IZOHLI LUG‘ATI»dan «Logistik yondashuvlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish» xo‘jalik shartnoma loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2022 yil 9 martdagi 10-00/1257-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillardagi logistikaga oid birikmalarning ekvivalentlari, tildagi muqobilini qo‘llash usullari, ko‘p komponentli birikmalarning tarjimasidagi yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha semantik-tarkibiy tartiblari tavsifi, moslashtirish usuli orqali soha terminologik birliklarini adekvat tarjima qilish eng maqbul usul ekanligi dalillab berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda logistika sohasiga oid terminlarning strukturasiga ko‘ra tub, affiksal (ingliz tilida prefiksal-suffiksal, o‘zbek tilida suffiksal) turlari, komponentlar soniga ko‘raga har ikki tilda ko‘p komponetli terminlarning faolligi, ingliz tilida predlogli birikmalardan tashkil topgan terminlarning miqdori ko‘pligi va logistika sohasiga oid terminlarning izohli lug‘ati modelida terminlarning joylashish tartibi va izohli lug‘at yaratishda terminlarni talqin qilishda ishlab chiqilgan mezonlarlardan Erasmus+dasturining Project № 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: «Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme» grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 11 maydagi 06-101/12 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materillarida uchragan logistika sohasiga oid terminlar talqini va tarjimasi muammolari hal qilinib, treningda ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi materiallarni ishtirokchilarga tushunarli va ravon tillarda taqdim etilishi ta’minlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida logistika terminlarining sinonimik munosabatlarida o‘zbek tilida dubletlik holatlari, ingliz tilida funksional sinonimlar va variantlilik, antonimik munosabatlarda konversiv, vektor va gradual ko‘rsatkichli terminlarning mavjudligi, terminlar omonimiyasining sohalararo va sohadan tashqari hamda polisemantik birliklarning har ikki tilda ma’no va son jihatdat bir xilliligi jihatlari yuzasidan keltirilgan tavsiyaviy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston tarixi» telekanalining muharririyati tomonidan tayyorlangan «Mavzu» va «Taqdimot» nomli ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2022 yil 29 apreldagi 06-28-431-son ma’lumotnomasi). Natijada logistika sohasiga oid terminlarning turli matnlarda turlicha berilishi, ularning boshqa soha terminlariga o‘xshashligi (omonimligi), ma’nodoshligi (sinonimligi) va ko‘p ma’nolilik jihatlari matn mazmunidan kelib chiqib talqin etilishiga oid tavsiyalardan samarali foydalanilganligi tufayli sohaga oid termin va so‘z birikmalarini to‘g‘ri ifodalanilishiga erishilgan;
logistikaga oid abbreviaturalarning kelib chiqish manbalariga ko‘ra mavjud 8 ta guruhga yangi grafik tavtologik, omofonetik va son komponentli turlarini qo‘shish taklif etilgan hamda sohaga oid terminlarning poligrafik lug‘atlarda alifbo tartibida komponentlarning soniga va terminologik maydoniga asosan, elektron ilovalarda esa alifbo-uyali tartibda joylashtirish maqsadga muvofiqligi taklif va tavsiyalardan «DACH SYNERGY JLT» xalqaro kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan biznes-seminar va kasbiy treningda foydalanilgan («DACH SYNERGY JLT» tomonidan 2021 yil 8 iyulda berilgan DSJLT21-0185-son guvohnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek logistika terminlarini o‘zaro tushunish masalalari, til o‘rganuvchilarning muloqot ko‘nikmalarini oshirishda terminlarning ta’siri hamda ingliz va o‘zbek qisqartmalarining tarjima qilish muammolarini bartaraf etish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish