Xasanova Nargizaxon Abdumuxtor qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi rivojlanishida plazminogen faolligini ingibitori va aktivatorining klinik diagnostik ahamiyati va ularni korreksiyalash yo‘llari», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1512.
Ilmiy rahbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Maxmudova Aziza Jumanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIK fonida COVID-19ga chalingan va chalinmagan bemorlarda plazminogeni aktivatori ingibitori (PAI-1) oqsilining diagnostik ahamiyatini baxolash va ularda davolash yo‘llarini samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi fonida COVID-19ga chalingan/chalinmagan bemorlarda plazmin tizimi markeri PAI-1 oqsili baholangan va ushbu oqsil COVID-19ga chalingan bemorlarda sezilarli yuqoriligi aniqlangan;
YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi fonida COVID-19ga chalingan/chalinmagan bemorlarda plazmin tizimi markeri PAI-1 va YuIKning yetakchi xavf omillari o‘rtasida bog‘liqlik baholangan va PAI-1 oqsili bilan havotir-depressiya sindromi, chekish, semizlik va giperxolesterinemiya bilan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini aniqlangan;
ilk bor bo‘lib plazmin tizimi markeri PAI-1 va xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlarda qon tomir-trombotsitlar va renin angiotenzin al`dosteron tizimidagi o‘zgarishlar, bundan tashqari endotelial disfunksiya markeri endotelin bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlandi;
bemorlardagi YuIKning xavf omillarining mavjudligi, plazmin tizimidagi, koagulogramma, renin angiotenzin aldosteron tizimidagi o‘zgarishlar va endotelin miqdori va ularning o‘zaro korrelyasion bog‘liqligini hisobga olgan holda COVID-19ga chalingan bemorlarga antikoagulyant vositalarni tavsiya etish bo‘yicha algoritm taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yurak ishemik kasalligidan aziyat chekuvchi bemorlarda fibrinolitik tizim omili bo‘lgan 1-tip plazminogen aktivator ingibitori va renin angiotenzin aldosteron tizimi omillari, endotelinni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha: 
yurak ishemik kasalligi mavjud bo‘lganbemorlarda kasallik yanada rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak ishemik kasalligini rivojlanishi va kechishi xavfini fibrinolitik tizim omillari yordamida baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8N-R/853-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan ma’lumotlar yurak ishemik kasalligi rivojlanishi va kechishida fibrinolitik tizim omili hisoblangan 1-tip plazminogen aktivator ingibitorining ahamiyati va uning xavf omillari bilan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqan xolda, YuIK va uning trombotik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlariga erta tashxis qo‘yish, bundan tashqari amaliyotda fibrinoliz tizimining molekulyar genetik tahlili imkoni bo‘lmaganda erishilgan natijalarga tayangan holda bioximik tekshiruvni amalga oshirish imkonini bergan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda kasallikning rivojlanishi va uning tromboembolik asoratlarini bashoratlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining “Kardiologiya” bo‘limi va Toshkent viloyati Zangiota tumani 16 sonli oilaviy poliklinika amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8p-7/117-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilishi  yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda kasallikni yanada rivojlanishini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tromboembolik asoratlarni erta tashxislash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish