Maxmudova Sadoqat Xolmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida «ostona» konseptining lingvomadaniy xususiyatlari” (Tohir Malik va Said Ahmad asarlari misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.1775.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Muxammad Baqoevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Ra’no Haydarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi ostona konseptining semantik tizimi, uslubiy va lingvokul`turologik xususiyatlarini Said Ahmad va Tohir Malik badiiy asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi «ostona» konseptining milliy madaniyat bilan bevosita bog‘liq kelib chiqish tarixi va rivojlanish jarayoni aniqlanib, uning tug‘ilish ostona, vatan ostona, uy ostonasi kabi lingvokul`turologik xususiyatlari ochib berilgan;
«ostona» konseptual tizimini ifodalovchilar leksik-semantik kategoriya ekanligi hamda uning lisoniy va mental xususiyati bilan ajralib turishi dalillangan;
«ostona» konsepti bilan assotsiativ tarzda bog‘langan xalq madaniyati va ma’naviyatiga xos lingvomadaniy birliklar Tohir Malik va Said Ahmad asarlari asosida aniqlanib, ularning mazkur konsept bilan yuzaga keltirgan munosabatlariga doir assotsiativ aloqa darajasi ochib berilgan;
til va madaniyat birliklarining ichki hamda tashqi tizimi, gradual holati aniqlanib, ularning zamon va makonga nisbatan turli sabablar ta’sirida o‘zgarish darajasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Ostona» konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi «ostona» konseptining milliy madaniyat bilan bevosita bog‘liq kelib chiqish tarixi va rivojlanish jarayoni aniqlanib, lingvokul`turologik xususiyatlari ochib berilganiga doir xulosalardan FA-F1-005-raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 24 dekabrdagi 17.01/302-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili lingvomadaniy birliklarini konsept sifatida xar tomonlama lingvistik tadqiq qilish madaniy qadriyatlarimiz mazmun mohiyatini boyitish imkonini bergan;
«ostona» konseptual tizimi ifodalovchilari maxsus leksik-semantik kategoriya, alohida mental xususiyatli va lisoniy ifoda ekanligi hamda etnomadaniy o‘ziga xoslik bilan ajralib turishi kabi ilmiy xulosalardan F1-XT-0-19919-raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2022 yil 15 fevraldagi 8887-560/04-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvomadaniy birliklar, milliy madaniy qadriyatlar, urf-odatlar, marosimlar, odob va tarbiyaga xos tushunchalar va so‘z ichki ma’no-mazmunini to‘liq aniqlash imkonini bergan;
«ostona» lingvomadaniy birligining ichki ma’nosida tabarruk, ardoqli majoziy ma’nosi ustuvor ekanligi, tabarruk joy ko‘chma ma’nosida milliy qadriyatlarni ifodalashi xususidagi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Buxoro» telekanali tomonidan tayyorlangan «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Assalom, Buxoro» teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesining 2021 yil 21 dekabrdagi 1/329-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilib, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyatini oshirish imkonini bergan.