Xudoyqulova Marhabo Ahadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tanqidchiligida bahs: tabiati va taraqqiyoti”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1112.
Ilmiy rahbar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotshunosligida bahs janrining tabiati va taraqqiyotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bahsning kelib chiqishi, fol`klordagi latifa, lof, askiya janrlarida bahs, munozara unsurlari namoyon bo‘lishi, mumtoz adabiyot tarixi bilan bog‘liqligi, adabiyot rivojiga to‘siq bo‘ladigan muammolarni ko‘tarib chiqishi, munaqqid va kitobxonlarning shu masalaga diqqatini tortishi, tortishuvga asoslanish kabi xususiyatlari yoritilgan;
bahs janri taraqqiyoti belgilanib, har bir davrga xos fikriy rang-baranglik, adabiy-nazariy muammo maydonidagi o‘rni, adabiy tanqid janrlaridan biri sifatida bahsning adabiyot rivojidagi tizimli ishtiroki asoslangan;
badiiy matn mukammalligini ta’minlashga xizmat qiladigan bahsning tabiatiga xos munozara, polemika unsurlari, ichki shakllari hamda uning yaratilishiga sabab bo‘lgan bahsga asolangan davra suhbatlari, gazeta yoki jurnalning o‘zi bahs tashkil etishi, bahsu munozaralarga keng o‘rin berilgan alohida to‘plamlar nashr etilishi kabi omillar, kitobxonning ilmiy-estetik tafakkurini o‘stirishga ko‘maklashish, epigraf, tavsiyalar, iqtiboslardan foydalanish, mulohazalarni rad etuvchi dalillarni keltirish, murojaat qilish kabi xususiyatlar ochib berilgan;
munaqqidlarning o‘z nuqtai nazari, konsepsiyasi bahsda zarurligi, munozara jarayonida tahlillardagi aniqlik, ob’ektiv va sub’ektiv qarashlar, tanqidchining bahsdagi pozisiyasi hamda adabiy muammoni hal qilishdagi roli dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek tanqidchiligida bahs: tabiati va taraqqiyoti” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tanqidchiligi janrlari tarkibini boyitishga hissa qo‘shgan adabiy bahsning adabiy jarayonni rivojlantirishga tizimli ishtiroki mavjudligini aniqlash, xususan, adabiy-tanqidiy bahs janri va uning kelib chiqishi, o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish, adabiy-tanqidiy bahs ilmiy va estetik tafakkur namunasi ekanligini asoslash va taraqqiyotini, munaqqidlar ijodini o‘rganish muammolariga oid ilmiy xulosalaridan ilmiy-nazariy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 05 noyabrdagi 17.01/284-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tanqidchiligidagi janrlar tarkibini boyitishga hissa qo‘shgan adabiy bahsning adabiy jarayonni rivojlantirishga tizimli ishtiroki mavjudligini aniqlash imkonini bergan;
o‘zbek tanqidchiligida bahsning kelib chiqishi, fol`klor, mumtoz adabiyot tarixi bilan bog‘liqligi, adabiyotdagi muhim bir muammoni ko‘tarib chiqish, munaqqid va kitobxonlarning shu masalaga diqqatini tortish, tortishuvga asoslanish xususiyatlari yoritilganligiga doir xulosalaridan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 05 noyabrdagi 17.01/284-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tanqidchiligida bahsning kelib chiqishi fol`klor va mumtoz adabiyot tarixi bilan bog‘liqligini asoslash imkonini bergan;
munaqqidlarning o‘z nuqtai nazari, konsepsiyasi bahsda zarurligi, munozara jarayonida tahlillardagi aniqlik, ob’ektiv va sub’ektiv qarashlarning o‘rni, shu orqali tanqidchining pozisiyasi hamda rolining muhimligi haqidagi ilmiy natijalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarida unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 fevraldagi 1/54-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning adabiyot, badiiy matn imkoniyatlari, badiiy adabiyotning o‘ziga xos tomonlari, bahs-munozara muammolari bo‘yicha tasavvur-tushunchalarini boyitish imkonini bergan.