Siddiqov Ilyosjon Baxromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asr Islom sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning o‘zaro sintezlashuvi: tarixiy-falsafiy tahlil”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fal104.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maxamadilxom Mamayunisovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Baxrievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta asr islom Sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarining o‘zaro sintezlashuvi va uning tarixiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta asrlar Sharqdagi gnoseologik va teologik qarashlar Sharq va G‘arb yondashuvlari asosidagi manbalarning dialogik-argumentar kabi metodologik ahamiyati va ularning tabiiy fanlar taraqqiyoti, aql ustuvorligi va insonparvarlik kabi umumiylik, barqaror taraqqiyotga moyillik, jamoaviylik va hamjihatlik kabi xususiylik, inson ma’naviy-axloqiy kamoloti, milliy qadriyatlarga tayanish va tinchlikni asrash kabi alohidalik tamoyillari ochib berilgan; 
o‘rta asrlar islom Sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, madaniy-ma’naviy, diniy-falsafiy ildizlarining aqlga, mustaqil fikr yuritishga qaratilganligi, metodologik va gnoseologik kategoriyalarning diniy talqini yaratilganligi asosida yunon va hind falsafasi ta’limotlari bilan o‘zaro deterministik ta’sirda ekanligi mantiqiy dalillangan; 
Sharq allomalari gnoseologik va teologik qarashlari sintezi kalom hamda tasavvuf falsafasida vahiy, irfon, ilhom, zavq, mukashofot kabi irfoniy-falsafiy ta’limotlar takomillashuviga hamda aqliy va naqliy bilishning o‘zaro transformatsiyalashuviga xizmat qilganligi ochib berilgan;
o‘rta asr islom gnoseologiyasi va teologiyasining rivojlanishida kalom falsafasining fiqh va tasavvuf ilmi an’analari, aql, ilm, amalning ilmul-kalom (ratsionalizm) bilan uyg‘un va qonunul-islom (apodiktik) bilan qarama-qarshi jihatlari, ularning ash’ariylik (murosasozlik) va moturidiylik (mo‘’tadillik) maktabining shakllanishida tutgan o‘rni hamda Sharq allomalarining mavzuga oid tasavvufiy-falsafiy qarashlarining qiyosiy induksiyasi ochib berilgan; 
o‘rta asrlar gnoseologik-teologik qarashlaridagi diniy va dunyoviy ilmlar yaxlitligi, zamon va makon dialektikasi, tolerantlik tamoyillarini zamonaviy islom dunyosiga tranformatsiyalashda islom ma’naviyatini tiklash, bag‘rikenglik va hamjihatlikni qaror toptirish, yoshlarni zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollantirish istiqbollari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asr islom sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning o‘zaro sintezlashuvi: tarixiy-falsafiy tahlili bo‘yicha tadqiqotning  ilmiy natijalari asosida:
o‘rta asrlar Sharqdagi gnoseologik va teologik qarashlar Sharq va G‘arb yondashuvlari asosidagi manbalarning dialogik-argumentar kabi metodologik ahamiyati va ularning tabiiy fanlar taraqqiyoti, aql ustuvorligi va insonparvarlik kabi umumiylik, barqaror taraqqiyotga moyillik, jamoaviylik va hamjihatlik kabi xususiylik, inson ma’naviy-axloqiy kamoloti, milliy qadriyatlarga tayanish va tinchlikni asrash kabi alohidalik tamoyillariga oid nazariy xulosa va amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufida ochilgan “Tasavvuf ilmiy maktabi” faoliyatida va Mir Arab oliy madrasasining talabalari uchun kataloglar, al`bomlar, ilmiy-metodik manbalar bazasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yil 28 dekabrdagi 3707-son ma’lumotnomasi). Natijada, madrasa talabalari va tasavvuf maktabi tinglovchilariga o‘rta asr islom sharqi allomalarining teologik qarashlarining mohiyati ochib berilib,kalom, tasavvuf, hadis ilmlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchilarga raddiya berishda asosli manba  bo‘lib xizmat qilgan;
o‘rta asrlar islom Sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, madaniy-ma’naviy, diniy-falsafiy ildizlarining aqlga, mustaqil fikr yuritishga qaratilganligi, metodologik va gnoseologik kategoriyalarning diniy talqini yaratilganligi asosida yunon va hind falsafasi ta’limotlari bilan o‘zaro deterministik ta’sirda ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosini ta’minlashda, markaz xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish” dasturining “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” nomli bandida belgilangan “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 3 dekabrdagi 02/02/1560-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz ilmiy xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibot guruhi a’zolarida O‘rta asr Sharq allomalarining gnoseologik va teologik karashlari asosida shakllangan bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini yaratish, ma’rifatli jamiyat barpo etishga oid targ‘ibotlari uchun muhim metodologik-nazariy sifatida xizmat qilgan;
o‘rta asr islom gnoseologiyasi va teologiyasining rivojlanishida kalom falsafasining fiqh va tasavvuf ilmi an’analari, aql, ilm, amalning ilmul-kalom (ratsionalizm) bilan uyg‘un va qonunul-islom (apodiktik) bilan qarama-qarshi jihatlari, ularning ash’ariylik (murosasozlik) va moturidiylik (mo‘’tadillik) maktabining shakllanishida tutgan o‘rni hamda Sharq allomalarining mavzuga oid tasavvufiy-falsafiy qarashlarining qiyosiy induksiyasiga oid nazariy umumlashma va xulosalar hamda amaliy takliflardan 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda, loyiha doirasida chop etilgan “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” nomli monografiyaning (2020 y.) “O‘rta Osiyo mutafakkirlarining fanlararo yondashuvga oid g‘oyalari” nomli 2-bobini tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 28 yanvardagi 04/11-516-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihaning samaradorligi oshishiga, davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishda va ilm-fanni yangi bilimlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
o‘rta asrlar gnoseologik-teologik qarashlaridagi diniy va dunyoviy ilmlar yaxlitligi, zamon va makon dialektikasi, tolerantlik tamoyillarini zamonaviy islom dunyosiga tranformatsiyalashda islom ma’naviyatini tiklash, bag‘rikenglik va hamjihatlikni qaror toptirish, yoshlarni zamonaviy ilmiy bilimlar bilan qurollantirish istiqbollariga oid taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklardan O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” “Millat va ma’naviyat” (2020-2021 yy) turkum ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 dekabrdagi 04-24-1903-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta asr Islom sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning o‘zaro sintezlashuvini yoritish muammolari radiodasturlarda tinglovchilarning kalom falsafasi, fiqh va tasavvuf ilmi an’analari xususidagi bilim va ko‘nikmalarining oshishida xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish