Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeolgik birliklar va ularning milliy-madaniy xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil79.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandon Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini semantik, komponent, kognitiv-konseptual tahlillar orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«Boburnoma»dagi frazeologik birlik, maqol, matallarning tarjimasidagi farq va o‘xshashliklar aniqlangan hamda asliyat mazmunini aks ettiruvchi muqobillari ishlab chiqilgan;
frazeologik birliklar tarjimasining qiyosiy tahlillari asosida tasviriy va funksional ekvivalentlik holati ta’minlangan hamda tarjima takliflari havola etilgan;
inglizcha tarjimalarda semantik, komponent, kognitiv-konseptual qiyosiy tahlillar amalga oshirilgan, frazeologik birliklar konsepti tasniflangan, tarjimonlarning davriy yondashuvlari asoslangan;
«Boburnoma»ning tabdilida milliy-madaniy frazeologik birlik va maqol mazmunining adekvatlikka erishilmaganligi isbotlangan;
milliy-madaniy xususiyatlarning tarjimada aks ettirish muammolari qiyosiy tahlillar asosida yoritib berilgan, frazeologik birlikning tarjimada miqdor ustuvorligi aniqlangan va statistikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Boburnoma»ning inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklarni qiyosiy o‘rganish asosida:
«Boburnoma» asarining inglizcha tarjimalaridagi frazeologik birliklar va ularning milliy-madaniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat adabiyot muzeyida tashkil etilgan «Temuriylar davri va Bobur» mavzusidagi ekspozisiyani shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 12 sentyabrdagi 3/1255-1822-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va tomoshabinlarga asar tarjimalari va frazeologik birlik, maqol, matal va aforizmlarning ekvivalentlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratgan;
«Boburnoma»dagi frazeologik birliklar va paremiyalarning inglizcha tarjimalari va dissertatsiya materiallaridan Bobur nomli xalqaro jamoat fondi faoliyatida hamda «Bobur ensiklopediyasi» kitobining to‘ldirilgan nashrida foydalanilgan (Bobur nomli xalqaro jamoat fondining 2017 yil 14 avgustdagi 147-son ma’lumotnomasi). Ajdodlarimiz merosini xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va chuqur o‘rganishda, frazeologik birliklar, maqol, matallarning inglizcha tarjimalari boburshunoslar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
tabdil, interpretatsiya va tarjima transformatsiyalar to‘g‘risidagi natijalar OT-A1-53 raqamli “Translation in Use” darsliklarini yaratish va nashr qilish» mavzusidagi loyiha doirasida “Writing translation” darsligini yaratishga tatbiq qilingan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 22 noyabrdagi FTA-02-11/1165-son ma’lumotnomasi). Natijada Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Humoyun va Akbar» kitobini ingliz tiliga tarjima qilishda «Boburnoma»dagi frazeologik birliklar va paremiyalarning inglizcha tarjimalari lug‘ati» muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.