Qodirov Qutlug‘ Bekmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Islom madaniyati manbalarida pedagogik-psixologik fikrlar taraqqiyoti”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2021.4.DSc/Ped152.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyomov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori; Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom madaniyati manbalaridagi pedagogik-psixologik fikrlar taraqqiyotining nazariy, ijtimoiy, tarixiy bosqichlarini pedagogik jihatdan ochib berish hamda ulardan pedagogika va psixologiya fanlaridan ta’lim berishda foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika tarixi o‘quv modulida islom madaniyatiga bo‘lgan sog‘lom ilmiy qarash shakllanishida diniy bag‘rikenglikning ijtimoiy mohiyatini anglashda pedagogik fikrlar va qarashlar majmuasi, islom madaniyati manbalarini tarixiy jihatdan kelib chiqish xronologiyasining pedagogik jihatlari va nazariy jihatdan konfessional ahamiyati asoslangan;
oila va jamiyat munosabatlarida din vakillari va donishmandlarning intellektual tarbiyaga xos bo‘lgan ilmlarni targ‘ib etuvchi qarashlarining diniy qoidalarga bog‘liq mazmuni hamda tarbiyaviy maqsadlarning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan pedagogik ahamiyati isbotlangan;
pedagogika tarixi o‘quv modulida islom madaniyati ilmiy merosining empirik mavqeini va aksiologiyasini aniqlashda mazkur manbalarning odob, axloq, madaniyat me’yorlariga oid talablar bo‘yicha shaxs tarbiyasini jamoaviylik hamda ommaviylik asosda olib borishning muhim omillari asoslantirilgan;
islom madaniyatiga oid mavzularni o‘qitishda dars jarayonini tashkil etishning tarixiylik nutqai nazaridan ilmiy mutanosibligi, diniy fikrlar va qarashlarning ijtimoiy mavqei, yoshlarga diniy tarbiya berishning pedagogik sabablari asoslab berilgan;
pedagogika darslarida islom dini allomalari ilmiy merosidan foydalanishda ijtimoiy-qiyosiy, tarixiy, nazariy-psixologik manbalarda mavjud diniy fikrlar hamda tamoyillarning ta’lim-tarbiya jarayoniga antologik ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islom madaniyati manbalarida pedagogik-psixologik fikrlar taraqqiyotini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
oliy ta’lim muassasalarining pedagogika tarixi pedagogika tarixi o‘quv modulida islom madaniyatiga bo‘lgan sog‘lom ilmiy qarash shakllanishida diniy bag‘rikenglikning ijtimoiy mohiyatini anglashda pedagogik fikrlar va qarashlar majmuasi, islom madaniyati manbalarini tarixiy jihatdan kelib chiqish xronologiyasining pedagogik jihatlari va nazariy jihatdan konfessional ahamiyati asoslangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 3 noyabrda taqdim etilgan 89-03-4367-son ma’lumotnoma). Natijada islom madaniyati bilan bog‘liq muammolarni ilmiy jihatdan tadqiq etish birinchidan, talaba yoshlarda tarixiy merosga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishning ortishiga, ikkinchidan, ularga ta’lim-tarbiya berish masalalariga, xususan, “Pedagogika tarixi” o‘quv modulini o‘qitishda yangicha, mazmunan yondashishning metodik va zamonaviy usullarini kengaytirishga va takomillashtirishga xizmat qilgan;
oila va jamiyat munosabatlarida din vakillari va donishmandlarning intellektual tarbiyaga xos bo‘lgan ilmlarni targ‘ib etuvchi qarashlarining diniy qoidalarga bog‘liq mazmuni hamda tarbiyaviy maqsadlarning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan pedagogik ahamiyati oid takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2013-2014 yillarga mo‘ljallangan I1-XT-17222-son “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyiha faoliyatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 26 noyabrda taqdim etilgan 89-03-4946-son ma’lumotnoma). Natijada innovatsion loyiha ishi asosida tadqiqot natijalarining joriy etilishi o‘quvchi yoshlarning shaxsga yo‘naltirilgan ijtimoiy-psixologik qarashlarining zamonaviy fanlar tizimini rivojlantirishdagi tarixiy-nazariy va refleksiv psixologik omillarning konseptual ahamiyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
pedagogika tarixi o‘quv modulida islom madaniyati ilmiy merosining empirik mavqeini va aksiologiyasini aniqlashda mazkur manbalarning odob, axloq, madaniyat me’yorlariga oid talablar bo‘yicha shaxs tarbiyasini jamoaviylik hamda ommaviylik asosda olib borishning muhim omillariga oid takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan A1-XT-92997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha ishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 26 noyabrda taqdim etilgan 89-03-4946-son ma’lumotnoma). Natijada amaliy loyiha ishi asosida dissertatsiya materiallaridan pedagogika tarixi o‘quv modulida foydalanish islom madaniyati ilmiy merosining empirik mavqei va aksiologiyasini aniqlashda, fan nuqtai nazaridan, islom madaniyati manbalarining didaktik hamda akmeologik jihatlarini asoslashga xizmat qilgan;
respublika oliy ta’lim muassasalarida islom madaniyatiga oid mavzularni o‘qitishda dars jarayonini tashkil etishning tarixiylik nutqai nazaridan ilmiy mutanosibligi, diniy fikrlar va qarashlarning ijtimoiy mavqei, yoshlarga diniy tarbiya berishning pedagogik sabablarini tadqiq etish ishlari amalga oshirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 3 noyabrda taqdim etilgan 89-03-4367-son ma’lumotnoma). Natijada mazkur tahlillar pedagogika tarixi o‘quv modulidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda islom madaniyatining yozma manbalarini barcha ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy mavzularni o‘zida jamlagan noyob manbalar ekanligini e’tirof etishga va isbotlashga xizmat qilgan;
respublika oliy ta’lim muassasalarida pedagogika darslarida islom dini allomalari ilmiy merosidan foydalanishda ijtimoiy-qiyosiy, tarixiy, nazariy-psixologik manbalarda mavjud diniy fikrlar hamda tamoyillarning ta’lim-tarbiya jarayoniga antologik ta’sir ko‘rsatishini asoslash jarayoni oliy ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 3 noyabrda taqdim etilgan 89-03-4367-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu jarayon oliy ta’lim muassasalarida islom madaniyatining pedagogik fikrlarni rivojlantirishda tutgan o‘rnini o‘rganish bilan bog‘liq mavzularni darslar, mashg‘ulotlar, davra suhbatlarida tahlil etish asosida ijtimoiy-pedagogik muammolarni talabalarga etkazish yoki tushuntirish uslublarini rivojlantirishga xizmat qilgan.