Tagaev Ganisher Xasanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar estetik dunyoqarashini shakllantirishda etnografik omillarning o‘rni”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal500.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Nishonova Ozoda Jalolitdinovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Yazdonov Zikirillo Shukurilloevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar estetik dunyoqarashini shakllantirishda etnografik omillarning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy badiiy-estetik tarbiya konsepsiyasini shakllantirishda etnoestetik madaniyat va etnografik omillarning transformatsiyasi o‘zgarishi sababli shaxsning milliy mental xususiyatlarini hisobga olish zaruriyati asoslangan;
shaxs estetik dunyoqarashini shakllantiradigan did, his-tuyg‘u, mentalitet, e’tiqod (refleksiya, evokatsiya) kabi qadriyatlar milliy etnomadaniyatning diniy-falsafiy omillari ekanligi dalillangan; 
yoshlarda etnografik dunyoqarashni shakllantirish orqali dunyoning universal etnoestetik manzarasining diniy-mifologik, milliy-etnik, badiiy-estetik asoslarini takomillashtirish hamda etnoturizm madaniyatini rivojlantirish mumkinligi falsafiy jihatdan asoslangan;
yoshlarda estetik obrazli dunyoqarashdan etnografik dunyoqarashgacha bo‘lgan bosqichlarda (turmush tarzi, mehnat sharoiti, madaniyati) borliq, atrof-muhitni anglash orqali yangi badiiy-estetik qadriyat – etnoestetik dunyoqarashning rivojlanishi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar estetik dunyoqarashiga ta’sir etuvchi etnografik omillarning rivojlanishiga doir olib borilgan  tadqiqot natijalari asosida: 
yangi badiiy-estetik tarbiya konsepsiyasini shakllantirishda etnoestetik madaniyat va etnografik omillarning roli asoslab berilganligiga oid taklif va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan “O‘zbekistonda milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirishda falsafiy merosning o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida O‘zbekiston falsafa tarixi (3 tomlik o‘zbek tilida) kitobining III tomini tayyorlash” mavzusidagi PZ-20170930386 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyuldagi 02/08-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, di niy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ularda vatanparvarlik ruhini oshirishda grant loyihasi uchun muhim omil sifatida xizmat qilgan;
 estetik dunyoqarashni shakllantiradigan did, his-tuyg‘u, mentalitet, e’tiqod (refleksiya, evokatsiya) kabi qadriyatlar asosida etnomadaniyatning diniy, falsafiy omillari mantiqiy tamoyillar asosida dalillanganligiga oid taklif-tavsiyalardan 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari” mavzusidagi OT-A1-98-raqamli fundamental grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 7 iyundagi 04/11-2847-son ma’lumotnomasi). Natijada, etnomadaniyatning yoshlar estetik dunyoqarashiga ta’siri bevosita davlat boshqaruvidagi mexanizmlarga amaliy foyda berib, xalqning etnografik omillarni kengroq o‘rganilishiga xizmat qilgan;
yoshlarda etnografik dunyoqarashni shakllantirish orqali dunyoning universal etnoestetik manzarasining diniy-mifologik, milliy-etnik, badiiy-estetik omillari etnoturizm madaniyatiga doir taklif va tavsiyalaridan Respubilka Ma’naviyat va ma’rifat markazida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan “O‘zbekistonda milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorliginini oshirishda falsafiy merosning o‘rinini tadqiq etish asosida O‘zbekiston falsafasi tarixi (3 tomlik o‘zbek tilida) kitobining III tomini tayyorlash” mavzusidagi PZ-20170930386 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 1 iyuldagi 02/08-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning milliy qadriyatlarga estetik dunyoqarash asosida yondashuvlari shakllanib, jamiyatdagi turli millat vakillari, diniy konfessiya a’zolari o‘rtasidagi bag‘rikenglik aloqalari yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
yoshlarda estetik obrazli dunyoqarashdan etnografik dunyoqarashgacha bo‘lgan bosqichlarda (turmush tarzi, mehnat sharoiti, madaniyati) olam, atrof-muhitni anglash orqali yangi badiiy-estetik qadriyat – etnoestetik dunyoqarashning rivojlanishi tarixiy tamoyillar asosida ochib berilganligiga doir xulosa va tavsiyalardan Samarqand viloyat tetradiokompaniyasining 2021 yil 13 may kuni efirga uzatilgan “Qadriyat” ko‘rsatuvini dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 iyundagi 09-09/258-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar estetik dunyoqarashining shakllanib borishida etnografik omillar, milliy urf-odatlar va qadriyatlar tizimidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish