Xodjaev Sardor Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsiya falsafasi va uning ilmiy metodologik asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal424.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08
Rasmiy opponentlar: Saidqasimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsiyaning ilmiy gnoseologik va amaliy empirik voqelik, ijtimoiy taraqqiyotga yo‘naltirilgan yangilanishlarni ijtimoiy-falsafiy nuqtai-nazardan ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsiya insonning bir tomondan, yangilik izlashga oid fundamental xususiyatidan kelib chiqadigan ilmiy gnoseologik qiziqishi va, ikkinchi tomondan, ijtimoiy borliqni takomillashtirishga qaratilgan amaliy empirik faoliyati ifodasi ekanligi asoslangan;
innovatsiyaning ssientiv va ijtimoiy madaniy mohiyati jamiyat, sotsium hayotini ilmiy-texnologik takomillashtirishga, an’anaviy ish usullarini yangilashga xizmat qiluvchi g‘oya, kashfiyot, ishlanmalar ekani, ijtimoiy taraqqiyotning innovatsiyaga qurilayotgani tasdiqlangan;
innovatsion faoliyatning mahsulot ishlab chiqarish, jarayon, marketing, tashkiliy innovatsiyalar kabi iqtisodiy va ilmiy-texnik, inson omilining rolini oshirish, ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni bartaraf etish, ijtimoiy amaliyotda yangiliklarni yaratish va joriy etish kabi ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishlari takomillashtirilgan hamda jamiyat hayotining barcha sohalariga taalluqli voqelik, fenomen sifatidagi xususiyatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish hamda yangi innnovatsion muhitni shakllantirishda intellektual va kreativ faol yoshlarni tarbiyalash(qurilma va loyihalarda ishtirok etuvchilarning odob-axloq normalari, mental xususiyatlarni hisobga olish, innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-psixologik, texnik va texnologik talablarga mos kadrlar tayyorlash)ga oid echimlar falsafiy jihatan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsiya falsafasi va uning ilmiy metodologik asoslariga oid ilmiy xulosa, amaliy tavsiya va takliflar asosida:
innovatsiya insonning bir tomondan, yangilik izlashga oid fundamental xususiyatidan kelib chiqadigan ilmiy gnoseologik qiziqishi va, ikkinchi tomondan, ijtimoiy borliqni takomillashtirishga qaratilgan amaliy empirik faoliyati ifodasi ekanligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan PZ-201709202-raqamli “Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” mavzuidagi (2017-2019 yy) amaliy loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2021 yil 16 avgustdagi 03-184/28-son ma’lumotnomaci). Natijada, yoshlarning innovatsion tafakkurini boyitish, innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini, halol mehnat hamda rizq haqidagi dunyoqarashi, ko‘nikmalarini shakllantirish va kuchaytirishga xizmat qilgan;
innovatsiyaning ssientiv va ijtimoiy madaniy mohiyati jamiyat, sotsium hayotini ilmiy-texnologik takomillashtirishga, an’anaviy ish usullarini yangilashga xizmat qiluvchi g‘oya, kashfiyot, ishlanmalar ekani, ijtimoiy taraqqiyotning innovatsiyaga qurilayotganiga oid ilmiy umumlashmalardan “Globallashuv asoslari” (2020 y) nomli darslikning “Globallashushshig milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari”, “Iqtisodiy jarayoplarning globallashuvi va milliy manfaatlar” va “Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy negizlari” bo‘limlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i va 359-032-son guvohnomasi). Natijada, chop etilgan darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirishga va talaba-yoshlarning O‘zbekistonda kechayotgan innovatsion o‘zgarishlar, innovatsion va modernizatsion jarayonlarning belgilari, ilmiy-texnik va texnologik yangiliklarning ahamiyati xususidagi ilmiy tafakkurini yanada boyitishga xizmat qilgan;
innovatsion faoliyatning mahsulot ishlab chiqarish, jarayon, marketing, tashkiliy innovatsiyalar kabi iqtisodiy va ilmiy-texnik, inson omilining rolini oshirish, ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni bartaraf etish, ijtimoiy amaliyotda yangiliklarni yaratish va joriy etish kabi ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishlari takomillashtirilgan hamda jamiyat hayotining barcha sohalariga taalluqli voqelik, fenomen sifatidagi xususiyatlariga oid ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining O‘zbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturini amalga oshirishda keng foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yil 12 iyuldagi 0790/21-son ma’lumotnomaci). Natijada, mamlakatimiz va xududlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq davlat, sohaga oid va hududiy dasturlarni, davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish hamda yangi innnovatsion muhitni shakllantirishda intellektual va kreativ faol yoshlarni tarbiyalash muammolari (qurilma va loyixalarda ishtirok etuvchilarning odob-axloq normalari; mental xususiyatlarni hisobga olish; innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish; ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-psixologik, texnik va texnologik talablarga mos kadrlar tayyorlash)ga oid echimlariga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Muvafaqqiyat kaliti”, “XXI asr texnologiyalari”, “Yurt kelajagi” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar teleradiokanalining 2021 yil 27 maydagi 14-01-94-son ma’lumotnomaci). Natijada, xalqning innovatsion tafakkurini yuksaltirish, ijtimoiy kreativ faollikni oshirish, ilmiy-texgik va texnologik yangiliklarning ahamiyatini yoritish hamda yoshlar ijtimoiy ongida zamonaviy o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.