Quchqorov Javlon Suyundik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar dialektikasi bosqichlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”, 09.00.04 – Ijtimoiy-falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal496.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar dialektikasi bosqichlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini O‘zbekiston Respublikasi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar dialektikasining inson qadri, xalqparvar davlat, adolat va qonun ustuvorligi kabi huquqiy, milliy iqtisodiyot rivojlantirish kabi iqtisodiy, adolatli ijtimoiy siyosat, inson kapitali, ma’naviy taraqqiyot kabi ijtimoiy, xavfsizlik va mudofaa, ochiq va pragmatik siyosat kabi siyosiy tamoyillari substansional jihatdan bir butunligi, doiraviy aylanishi va demokratik ehtiyojlarning oshib borish qonunlari mavjudligi aniqlangan;
“dialektik madaniy tushunish” konsepsiyasining jamiyat rivojlanishining madaniylashgan hamjamiyatlilik g‘oyasiga asoslangan sivilizatsion yondashuv ekanligi, uning materialistik dialektika prinsiplaridan xoli, rivojlanish qonunlarini ilmiy asoslash xususiyatlarining faqat moddiy ishlab chiqarish, ma’naviy omilning rolini hisobga olmaslik va sinfiy kurash g‘oyasiga asoslangan formatsion yondashuvning xususiyatlaridan farqliligi asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekiston orzusini ro‘yobga chiqarishda milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlarning tinchlik, millatlararo hamjihatlik, inson qadri va huquqi, qonun ustuvorligi va adolat, moddiy va ma’naviy hayotni uyg‘unligi kabi moslashuvchi hamda barqaror rivojlanish maqsadlari, oila, ayollarning huquq va manfaatlari, O‘zbekistonning yangi ma’naviy qiyofasini shakllantirish kabi muvofiqlashtiruvchi potensial imkoniyatlaridan foydalanishning metodologik asosi ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
O‘zbekiston hududida yuz bergan milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar genezisining korrelyasion-funksional va substansional ijtimoiy qonunlari hamda evolyusiyasining qadimgi davr, o‘rta asrlar sivilizatsiyalari davri, Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri, marksizm-leninizm g‘oyalari davri, milliy mustaqillik uchun kurash davri, “taraqqiyotning o‘zbek modeli” davri, “Harakatlar strategiyasi” davri va “Yangi O‘zbekitonning taraqqiyot strategiyasi” davri kabi tarixiy bosqichlari dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar dialektikasi bosqichlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili (O‘zbekiston Respublikasi misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar dialektikasining inson qadri, xalqparvar davlat, adolat va qonun ustuvorligi kabi huquqiy; milliy iqtisodiyot rivojlantirish kabi iqtisodiy; adolatli ijtimoiy siyosat, inson kapitali, ma’naviy taraqqiyot kabi ijtimoiy; xavfsizlik va mudofaa, ochiq va pragmatik siyosat kabi siyosiy tamoyillari substansional jihatdan bir butunligi, doiraviy aylanishi va demokratik ehtiyojlarning oshib borish qonunlari mavjudligiga oid metodologik taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining III bobi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish, ajdodlarga munosib qilib tarbiyalashda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari” yo‘nalishiga oid 20-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 26 avgustdagi 02/08-1050-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni siyosiy, ijtimoiy, tarixiy, ma’naviy savodxonligini oshirishga oid proflaktik tadbirlar va ma’naviy targ‘ibot faoliyatida hamda vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etishda ilmiy metodologik qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
“dialektik madaniy tushunish” konsepsiyasining jamiyat rivojlanishining madaniylashgan hamjamiyatlilik g‘oyasiga asoslangan sivilizatsion yondashuv ekanligi, uning materialistik dialektika prinsiplaridan xoli, rivojlanish qonunlarini ilmiy asoslash xususiyatlarining faqat moddiy ishlab chiqarish, ma’naviy omilning rolini hisobga olmaslik va sinfiy kurash g‘oyasiga asoslangan formatsion yondashuvning xususiyatlaridan farqlariga oid nazariy umumlashma va xulosalardan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining 2020-2025 yillar o‘rta muddatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 1-yo‘nalishidagi  “Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy o‘rganuvchi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvchi tahliliy, ilmiy-o‘quv labaratoriyasini (aql markazi) tashkil etish” nomli 10-bandida va “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha amaliy va fundamental tadqiqotlar o‘tkazish” mavzusidagi 11-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining 2021 yil 23 avgustdagi 43/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi vazifalari ijrosini ta’minlash orqali kelajak istiqbollarini oldindan ratsional ravishda belgilab olish, ularga erishishning ob’ektiv shart-sharoitlarini yaratish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston orzusini ro‘yobga chiqarishda milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlarning tinchlik, millatlararo hamjihatlik, inson qadri va huquqi, qonun ustuvorligi va adolat, moddiy va ma’naviy hayotni uyg‘unligi kabi moslashuvchi hamda barqaror rivojlanish maqsadlari, oila, ayollarning huquq va manfaatlari, O‘zbekistonning yangi ma’naviy qiyofasini shakllantirish kabi muvofiqlashtiruvchi potensial imkoniyatlaridan foydalanish metodologik asosi ekanligiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekistoi Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Buxoro viloyati maxsus “Jayron” pitomnigida ekologik tarbiya va uning faoliyatini targ‘ibot xamda tashviqot qilishga yangicha innavatsion usullarda yondashish tizimini shakllantirish” (2018-2019 yy) ijtimoiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Jonli tabiat” jamoat birlashmasining 2021 yil 26 avgustdagi 19/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning tabiat va nafosat olami to‘g‘risidagi bilimlarini oshishiga, Vatanga muhabbat, yashil siyosat dialektikasining substansional bir butunligi, bir qator targ‘ibotchi yoshlar o‘rtasida milliy g‘oya va ma’naviyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha materiallar tayyorlashga xizmat qilgan;  
O‘zbekiston hududida yuz bergan milliy g‘oya va demokratik o‘zgarishlar genezisining korrelyasion-funksional va substansional ijtimoiy qonunlari hamda evolyusiyasining qadimgi davr, o‘rta asrlar sivilizatsiyalari davri, Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri, marksizm-leninizm g‘oyalari davri, milliy mustaqillik uchun kurash davri, “taraqqiyotning o‘zbek modeli” davri, “Harakatlar strategiyasi” davri va “Yangi O‘zbekitonning taraqqiyot strategiyasi” davri kabi tarixiy bosqichlariga oid xulosalar va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 avgustda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” teleko‘rsatuvi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 avgustdagi 09-02/449-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatiladigan ko‘rsatuvlarni tayyorlash va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini keng aholiga etkazishda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish