Xaitov Lazizbek Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hakim Termiziy ma’naviy merosining inson kamolotidagi o‘rni”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal240.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Madaeva Shaxnoza Omanullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hakim Termiziy ma’naviy merosining inson kamolotidagi o‘rni va uning ilmiy-nazariy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hakim Termiziyning “Bayonul-kasb” (Kasbning bayoni) asaridagi halol rizq topish va kasb-hunar egallashga oid bunyodkor g‘oyalarning inson faoliyati, kamolotining ma’naviy asoslariga bog‘liqligi, keyingi davrlarda vujudga kelgan Xojagon-Naqshbandiylik tariqati g‘oyalariga ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
Hakim Termiziyning “Xatm ul avliyo” asaridagi valoyat nazariyasining insonparvarlik tamoyillariga tayanishi, zamonaviy faol shaxsni tarbiyalashda o‘ziga xos substansional asosga ega ekanligi isbotlangan;
Hakim Termiziyning “Bayonul farq bayna as-sadr val qalb val fuad val lub” (“Qalb darajalari”), “Ma’rifatul asror” (“Cirlar ma’rifati”) asarlaridagi qalb, sog‘lom qalb, qalb pokligiga oid inson kamolotining “tavakkul”, “hikmat”, “tabsira”, “shukr”, “ofiyat” va “hayo” kabi mezonlarning inson ma’naviy borlig‘iga aloqador haq va haqiqat, ilm va ma’rifat, aql va idrok hamda g‘arazli kuchlar ta’siriga berilmaslik xususiyatlari mantiqan asoslab berilgan;
Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod min al-iboda” (Bandalarning bandachilikdagi manzillari) asaridagi ma’naviy kamolot manzillarini ko‘rsatuvchi tavba, zuhd, nafsga adovat, muhabbat, hoyu-havodan poklanish, xashiyat (qo‘rquv), qurbat kabi tasavvufiy tushunchalarning insonni ezgulikka da’vat etish, kamolotga erishish, nafsni tiyish, poklanish va mehrga oid irfoniy-falsafiy mazmuni ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hakim Termiziy ma’naviy merosining inson kamolotidagi mohiyatini ilmiy-falsafiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy yangiliklardan:
Hakim Termiziyning “Bayonul-kasb” (Kasbning bayoni) asaridagi halol rizq topish va kasb-hunar egallashga oid bunyodkor g‘oyalarning inson faoliyati, kamolotining ma’naviy asoslariga bog‘liqligi, keyingi davrlarda vujudga kelgan Xojagon-Naqshbandiylik tariqati g‘oyalariga ta’sir ko‘rsatganligiga oid ilmiy natija va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining keng jamoatchiligini xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va metodik o‘qishlarida, allomaning inson kamolotiga oid qarashlari asosida ilmiy-ommabop risolalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02/392-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni ajdodlar ma’naviy-ilmiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga nafs va qalb tarbiyasiga, inson kamolotiga aloqador bo‘lgan halol rizq, halol kasb haqidagi qarashlarining takomillashuviga xizmat qilgan;
“Hakim Termiziyning “Xatm ul avliyo” asaridagi valoyat nazariyasining insonparvarlik tamoyillariga tayanishi, zamonaviy faol shaxsni tarbiyalashda o‘ziga xos substansional asosga ega ekanligiga oid taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 228-son qarorida belgilab berilgan vazifalar (jamiyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash) ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-09/2383-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy, milliy urf-odat va an’analarga sodiqlik, boshqa din hamda millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish, oilaviy qadriyatlarga sodiqlik, sharqona ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolot, vatanparvarlikka oid tasavvur, ko‘nikma va bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan.
Hakim Termiziyning “Bayonul farq bayna as-sadr val qalb val fuad val lub” (“Qalb darajalari”), “Ma’rifatul asror” (“Cirlar ma’rifati”) asarlaridagi qalb, sog‘lom qalb, qalb pokligiga oid inson kamolotining “tavakkul”, “hikmat”, “tabsira”, “shukr”, “ofiyat” va “hayo” kabi mezonlarning inson ma’naviy borlig‘iga aloqador haq va haqiqat, ilm va ma’rifat, aql va idrok hamda g‘arazli kuchlar ta’siriga berilmaslik xususiyatlariga oid ilmiy natijalar va xulosalardan OT-F1-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy) bajarilgan fundamental va 66-12/192-son “Hunar-rizq karvoni” mavzuidagi (2020-2021yy) amaliy loyixasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 25 oktyabrdagi 01-04/01-0504-son hamda Buxoro viloyati hunarmandchiligini rivojlantirish markazi”ning 6-son ma’lumotnomalari). Natijada yoshlar ongida Hakim Termiziy tasavvufiy-falsafiy merosidagi inson kamoloti va ma’naviyati haqidagi g‘oyalarni o‘rganish, yoshlarning barkamol, insonparvar, bag‘rikeng, rostgo‘y bo‘lib etishishi, kasb-hunar egallash, halol mehnat hamda rizq haqidagi dunyoqarashi, ko‘nikmalarini shakllantirish va kuchaytirishga xizmat qilgan;
Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod min al-iboda” (Bandalarning bandachilikdagi manzillari) asaridagi ma’naviy kamolot manzillarini ko‘rsatuvchi tavba, zuhd, nafsga adovat, muhabbat, hoyu-havodan poklanish, xashiyat (qo‘rquv), qurbat kabi tasavvufiy tushunchalarning insonni ezgulikka da’vat etish, kamolotga erishish, nafsni tiyish, poklanish va mehrga oid irfoniy-falsafiy mazmunini aks ettiruvchi ilmiy natija va xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining tadbirlar yillik reja dasturidagi “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Yoshlar vaqti”, “Shukrona” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 1/254-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod ongida Hakim Termiziy tasavvufiy-falsafiy, axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlar asosida o‘rganish, yoshlarning barkamol, insonparvar, bag‘rikeng, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirishga xizmat qilgan.