Toylibaev Sultanbek Muxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy madaniyat fakul`tetlari talabalarining asosiy gimnastika vositalari orqali kasbiy faoliyatini oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1218.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Umarov Djamshid Xasanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat fakul`tetlari talabalarining kasbiy faoliyatini asosiy gimnastika vositalari orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning murakkab akrobatik mashqlaridagi vazifalarni o‘zlashtirishlari uchun harakat faoliyatida (fazo va vaqtni his qilish, mushak kuchlanishini differensiyalash, temp va ritm qobiliyati) belgilangan bekatlar va masofalarini diagonal va perimetr bo‘yicha “Aylanma mashg‘ulot modeli”ga kiritish hisobiga kasbiy faoliyatni egallash malakasi takomillashtirilgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan mashqlarni murakkab harakat xususiyatlarini inobatga olib inersiya kuchi bilan bajariladigan siltanib-sakrashlardagi oyoq, qo‘l va gavda mushaklarni auksotonik (aralash) ish tartibida rivojlantirish hisobiga harakat tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning akrobatik elementlarni bajarishda asosiy komponentlarini mashqning murakkabligi bo‘yicha bir fazadan ikkinchi fazaga o‘tishda individual morfologik (bo‘yi, qo‘li va oyoq uzunligi) va funksional (vestibulyar to‘rg‘inligi) ko‘rsatkichlarini differensiyalash hisobiga gimnastika mashqlarining dastlabki elementlarini o‘rgatish uslubi takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatida o‘rgatish uslubiyatidagi murakkab koordinatsiya mashqlarini bajarishda yiqilishni qaytaruvchi maneken tanasi harakatiga nisbatan gavdaning boshlang‘ich va yakunlovchi holati bo‘yicha to‘g‘ri traektoriyani tanlash va o‘z vaqtida to‘g‘ri va o‘zgaruvchan yo‘nalishi bo‘yicha tezkor reaksiya ko‘rsatish hisobiga jarohatlanishning oldini olish ko‘nikmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
jismoniy madaniyat fakul`tetlari talabalarining murakkab akrobatik mashqlaridagi vazifalarni o‘zlashtirishdan kelib chiqib kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan malakasini takomillashtirishga qaratilgan “Aylanma mashg‘ulot modeli” Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakul`teti talabalarining “Gimnastika va o‘ni o‘qitish metodikasi” o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 03-17-05/5122-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan malakasi 12% ga oshirilgan;
jismoniy madaniyat fakul`tetlari talabalarining kasbiy faoliyatini oshirishda auksotonik ish tartibida siltanib-sakrashlardagi oyoq, qo‘l va gavda mushaklarni inersiya kuchi bilan bukib yozish mashqlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 500-196-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning nazariy, texnik va uslubiy tayyorgarlik darajasi 12,4% ga oshgan;
mashg‘ulotlarda harakatlanishni asosiy komponentlarini algoritmik uslubiy ko‘rsatmalari asosida differensiyalashgan muvozonatni saqlashni talab etuvchi elementlar “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 01-01/05-3509-son dalolatnoma). Natijada o‘quv-tarbiyaviy jarayoni 12,4% ga optimallashtirilgan;
murakkab koordinatsiya mashqlarini bajarishda maneken tanasi orqali yiqilishni qaytaruvchi harakatga nisbatan to‘g‘ri traektoriyani tanlash va o‘z vaqtida tezkor reaksiya ko‘rsatish hisobiga jarohatlanishni oldini olish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar jismoniy madaniyat fakul`tetlari talabalarining “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining 2021 yil 6 avgustdagi 02-16/04-427-son dalolatnoma). Natijada kasbiy va pedagogik mahorat darajasi 11,9 % ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish