Salaev Nodirbek Saparbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish», 12.00.08–Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu28.

Ilmiy maslahatchi: Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.

Rasmiy opponentlar:Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori; Sakari Kristian Melander (Xel`sinki universiteti, Finlyandiya), yuridik fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliyahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotningilmiyyangiligi:

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmasligi lozimligi, bundan odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno ekanligi asoslab berilgan;

axloq tuzatish ishlari jazosining uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarga nisbatan qo‘llanilmasligi asoslab berilgan.

mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkinligi asoslangan.

jazoni ijro etish muassasalarida maishiy shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy etish orqali voyaga etmaganlarni kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan takliflar asoslangan;

penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida mahkumlarni turli korxonalarda mehnatga jalb qilish haqidagi takliflar asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini qo‘llashda istisno tariqasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin emasligi, bundan odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno ekanligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish)ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 13 yanvardagi 06/1-05/1482-vx-son ma’lumotnomasi). Bu jinoyatchilikni profilaktika qilishga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilgan;

axloq tuzatish ishlari jazosini qo‘llashda ushbu jazoning uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarga nisbatan qo‘llanilmasligi to‘g‘rsidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 46-moddasi (axloq tuzatish ishlari)ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 13 yanvardagi 06/1-05/1432-vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkinligi to‘g‘risidagi va boshqa shu kabi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 251-, 252-, 253-, 255- bandlariga qo‘shimchalar kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2016 yil 27 apreldagi 11-191-16-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi qonunlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, jinoyatlarni muayyan darajada kamaytirib, jinoyatlar uchun adolatli jazo tayinlanishiga ko‘maklashgan;

jazoni ijro etish muassasalarida maishiy shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy etish, voyaga etmaganlarni kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga tegishli hujjatlar asosida joriy etilgan (Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 11 noyabrdagi 28/5-1-2-527-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jazoni ijro etish koloniyalarida maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarida umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish